DIFFERENT WORLD 🌎 FINAL ✨
Wonyoung asta HaoRanning uyiga kerdi u yer qob qorongʻu uyda hech kim yoʻq...🪽
Wonyoung : naxotki u shunday qildi nega bunday qildi?
Wonyoung asta oʻz uyiga borib yotdi uyqusi kelmadi kungli gʻash edi va qanday uxlab qolganini bilmadi...💔
Quyosh chiqib boʻlgan... Woonyoungni quyosh nurlari koʻziga tushib uygʻotdi. soat allaqachon 11 boʻlayabdi Wonyoung joyidan turdiyu quliga telifonini olib yuz qulini yuvmasdan HaoRanding uyiga chiqdi. U yerda hali ham hech kim yoʻq. HaoRan qaytmagan edi Wonyoung mayus xolda qulida telefon bilan ijtimoyiy tarmoqqa kerdi va jonli efirga koʻzi tushdi u yerda HaoRan ham bor edi va bugungi mavzusi Ularning aynan HaoRan ijtimoiy tarmoqlarga joylagan Fanficlariga edi 🌚
Boshlovchi : Hammaga salom aziz kuzatuvchilar yaxshimiszlar bugun szlar bilan boshlovchi Kang va 1 oylardan beri ijtimoyiy tarmoqda joylangan minglab odamlarding kunglidan joy olgan yaqin orada kitob boʻlib chiqish arafasida boʻlib turgan DARK STORY hikoyasi va aynan muallif bilan suxbat quramiz oʻzizdi tanishtiring...🌚
HaoRan : Hammaga salom aziz obunachilar yaxshimisila menim ismim HaoRan va shu fanifclar egasi boʻlaman🌝
Wonyoung shuyerda qulidan telifon sirgʻalib tushib ketti u yegʻlab yubordi...🥲
Wonyoung : nima qanaqasiga qanday qilib? u hikoyalar meniki ku axir menim hikoyalarim-ku mening mehnatimni qaytib oʻziniki deb aytdi iflos ?😠😡
Jonli efir hanuz davom etardi.
Boshlovchi : Xoʻsh sz bilan tanishganimdan xursandman szga savollarimiz bor..
HaoRan : men ham xursand man mayli bemalol savollarizdi berishiz mumkin🌝
Boshlovchi : Bu hikoyalarni oʻqigan har bir inson undagi qahramonlar tuygʻulariga gʻarq boʻlyapti aytingchi bunday gʻoyalar sizga qayerdan kelgan va nega ularni aynan DARK STORY deb nomlagansiz?🌚
HaoRan : Bilasizmi men uzoq vaqt davomida qorongʻulikda yashagandek edim oʻz hislarimni ohanglar bilan birga qogʻozga tushirishni yoqtiraman har bir satr mening oʻtmishim mening dardu alamlarim mahsuli shuning uchun ham bu hikoyalar odamlarning qalbiga tez yetib bordi deb oʻylayman...🌝
Boshlovchi : Haqiqatdan ham ajoyib yaqinda chiqadigan kitobingiz barcha rekordlarni yangilashiga ishonamiz ijodingizga omad tilaymiz😻
Wonyoung ekran qarshisida oʻtirarkan gʻazabdan butun tanasi titrardi uning yillar davomida koʻz yoshlari hayajoni va kechalari uxlamay yozgan mehnati hozir jonli efirda osongina boshqa birovning oʻtmishiga aylanib qolgandi yigʻlayverib koʻzlari shishib ketgan qiz gʻazab bilan telefonini divanga otib yubordi...💔
U hech qayerga bormadi hech narsa yemadi xonasida yolgʻiz oʻtirib kech boʻlishini kutdi uydagi chiroqlarni ham yoqmadi qorongʻulikda faqat HaoRanni kutdi. har bir oʻtayotgan soat uning ichidagi nafratni yanada alovlantirayotgan edi...💆🏻♀
Kechki payt soat oʻn birlarga yaqinlashganda kalidorda qadam tovushlari eshitildi Qoʻshni eshik ochilib yopildi HaoRan qaytgan edi....🚶🏻♂
Wonyoung oʻrnidan otilib turdi va eshikni shunday qattiq ochdiki u devorga urilib ovoz chiqardi U bir necha soniya ichida HaoRanning uyi ichkarisiga kirdi va yigit ortiga oʻgirilib ulgurmasdan bor ovozi bilan baqirib berdi🤬
Wonyoung : Sen iflossan HaoRan Qanaqasiga bunday qilding Menga qaragin iflos nima uchun bunday qilding🤬
HaoRan qoʻlidagi sumkasini yerga qoʻyib sekin oʻgirildi uning yuzida haligacha oʻsha xotirjamlik bor edi bu holat Wonyoungni yanada jinnilik darajasiga olib keldi....
HaoRan : Kelishingni bilardim Wonyoung bir oz tinchlan gaplashib olamiz🙂
Wonyoung : Tinchlanish?! Sen mening bor-budimni oʻgʻirlab ketding.... Butun dunyoga mening hikoyalarimni meniki deb eʼlon qilding. Nashriyot bilan shartnoma imzolading Senda bormi oʻzi vijdon? Men senga ishongandim barcha daftarlarimni senga topshirgandim Sen esa orqamdan pichoq urding....🤬
Wonyoung yigitning koʻksiga urib baqira boshladi koʻzlaridan yoshlar tinmay oqardi u oʻzini boshqara olmayotgandi🥹
Wonyoung : Mening mehnatimni qanday qib oʻzingniki deysan?! Javob ber nega bunday qilding Nega qilding buni🤬
HaoRan qizning qoʻllarini mahkam ushlab qoldi uning koʻzlarida gʻalati bir sovuqqonlik aks etardi...🫳🏻
Wonyoung uning yuziga tarsaki tushirmoqchi boʻldi lekin yigit uning qoʻlini havoda tutib qoldi Urush yanada qizidi ikki yosh qorongʻu uyda bir-biriga nafrat bilan tikilib turishardi...🙂🙂
HaoRan qizni oʻzidan itarib yubordi. Wonyoung muvozanatini yoʻqotib oshxona stoli yaqiniga yiqildi oʻsha lahzada uning koʻzi stol ustida turgan oʻtkir pichoqqa tushdi... ichidagi alam nafrat va yillar davomida kamsitilgan mehnatining ogʻrigʻi uning aqlli ongini butunlay qorongʻulik bilan qopladi...😤
U hech qanday ikkilanishsiz oʻrnidan turdi va pichoqni qoʻliga olib tezlik bilan HaoRanning qarshisiga keldi HaoRan nima boʻlayotganini tushunib ulgurmasdan Wonyoung pichoqni yigitning koʻksiga bir necha bor qattiq urib tashladi...🤬🔪
HaoRanning koʻzlari hayrat va dahshat ichida ochilib ketdi u qoʻllari bilan jarohatini toʻsishga urindi ammo kuchi yetmadi u polga yiqilib qon ichida qoldi uning nafasi asta-sekin boʻgʻilib borardi....🥹
Wonyoung esa yerda yotgan yigitga qarab hech qanday hislarsiz sovuq va vahshiyona bir tarzda kula boshladi...😈
Uning koʻzlarida na pushaymonlik na qoʻrquv bor edi u shunchaki oʻz mehnati va qadrini qaytarib olgandek yengil tortgandi. Hozir oʻzida emasdi alam sababli...👿
U sekin choʻntagidan telefonini oldi va birinchi boʻlib tez yordam raqamini terdi oʻzini juda xotirjam tutgan holda uyni manzilini berib tez yordam chaqirdi...😶
Telefonni oʻchirgach u oʻsha millionlab obunachilari boʻlgan DARK STORY sahifasiga kirdi va hamma koʻrishi uchun yangi post joyladi post matniga esa shunday soʻzlarni yozdi....🙌🏻
DARK STORY sahifasi aslida menga tegishli yillar davomida yozilgan har bitta satr har bitta obraz mening mehnatim mahsuli HaoRan esa shunchaki mening ishonchimga kirib daftarlarimni oʻgʻirlagan bitta iflos oʻgʻri xolos hozirgina men uni oʻz qoʻllarim bilan pichoqlab tashladim chunki mening hayotimni va mehnatimni oʻgʻirlagan xiyonatkorlar faqat va faqat shunga loyiqdir...💯
Wonyoung postni yuklab boʻlgach telefonini stol ustiga qoʻydi va kalidorda kelayotgan sirena ovozlarini eshitib jilmaygancha polga oʻtirdi😅
Tez yordam va politsiya mashinalarining ovozi tunda butun mahallani boshiga koʻtardi 🚑🚓
Chiroqlari lip-lip oʻchib-yonayotgan mashinalardan tushgan shifokorlar uydan HaoRanni zambilga solib shoshilgancha olib chiqib ketishdi...🚑
Politsiya xodimlari esa qonli pichoq yonida hech qanday hislarsiz jimgina oʻtirgan Wonyoungning qoʻllariga kishan taqishdi. Qiz oʻrnidan turarkan oʻzini xuddi yengil tortgandek his qilar yuzidagi oʻsha sovuq jilvasi hamon yoʻqolmagandi.🚓
Ertasi kuni tongda shifoxonadan mudhish xabar keldi HaoRan olgan ogʻir jarohatlari sababli hayotdan koʻz yumdi uning oʻlimi butun internet olamini larzaga keltirdi...💔
Politsiya surishtiruv ishlari va sud jarayonlari juda tez fursatda boʻlib oʻtdi Wonyoung joylagan oʻsha oxirgi post barcha dalillarni yuzaga chiqardi. 📝
Tergov davomida yigitning uyidan Wonyoungning oʻz qoʻli bilan yozilgan asl qoʻlyozma daftarlari nashriyot bilan yashirincha tuzilgan soxta shartnomalar va Wonyoungni ruhan ezgan boshqa isbotlar topildi. 📚
HaoRanning xiyonati oʻgʻriligi va qizning mulkini zoʻravonlik bilan tortib olgani sud zalida toʻliq tasdiqlandi Advokatlar va ekspertlar Wonyoungning oʻsha paytdagi ruhiy holatini kuchli affekt va oʻzini himoya qilish deb baholashdi...❤️🩹
Natijada sud adolatli qaror chiqardi va barcha ayblovlarni HaoRanning ustiga qoʻyib Wonyoungni katta jarimaga tortdilar...💔
Biroq bu oqlanish Wonyoungga baxt keltirmadi U ozodlikka chiqqan boʻlsa-da ichidagi hamma narsa oʻlgan edi. U shundan keyin odamlardan butunlay koʻngli qolib yanada qattiqroq oʻz qobigʻiga oʻraldi va yolgʻiz boʻlib qoldi...🖤
Internet olamida esa millionlab insonlar har kuni uning sahifasiga kirib minglab izohlar qoldirishar barcha uning qaytishini soʻrardi Odamlar haqiqatni bilishgandi va endi chinakam muallifni qoʻllab-quvvatlashayotgan edi...❕
Wonyoung DARK STORY sahifasini oʻchirmadi u oʻsha holaticha qoldirdi Faqat sud binosidan chiqib oʻz uyiga qaytgach telefonini qoʻliga oldi va oʻsha tinimsiz kelayotgan xabarlarga qarab turib sahifasiga oxirgi bitta postni joyladi🌐
— Agar bir kun kelib oʻzimni yaxshi his qilsam ruhan tiklansam balki yana qaytarman unga xiyonat qilmaslik sharti bilan sizlarga rahmat....🙂
Shu postdan keyin Wonyoung ijtimoiy tarmoqlardan butunlay uzildi u boshqa hech narsa yozmadi qoʻliga ruchka ham olmadi U oʻzining mutloq yolgʻizligiga gʻarq boʻlib odamlardan uzoqlashib ketdi...🙌🏻
Vaqt oʻtdi ammo Wonyoung yozgan asarlar oʻlmadi Aksincha uning oʻsha mashhur DARK STORY va boshqa barcha fanficlari nihoyat eng nufuzli nashriyotlar tomonidan uning haqiqiy mualliflik nomi ostida kitob boʻlib chop etildi...📙
Bugun shaharning eng katta kitob doʻkonlari peshtaxtalarida Wonyoungning kitoblari eng oldi qatorda turardi...📒
Odamlar uning asarlarini oʻqib hamon hayratlanishar muallifning qaytishini intizorlik bilan kutishardi..📕
Wonyoung esa oʻsha shahar chekkasidagi kichkinagina tinch uyda mutloq yolgʻizlikda yashardi Kuz hovlisidagi daraxtlardan sargʻaygan barglar yerga toʻkilar salqin shamol esardi Wonyoung deraza yonida oʻtirgancha qoʻlidagi yangi chop etilgan kitobiga tikilib turardi...📗
Kitob muallifi qismida uning oʻz ismi gʻolibona porlab turardi ammo qizning yuzida baribir oʻsha sokin va sovuq yolgʻizlik aks etgan edi. U yozishni toʻxtatgan boʻlsa ham uning asarlari butun dunyoni zabt etishda davom etayotgandi....📙
Wonyoung oʻsha sovuq va jimjit xonada kitobni stol ustiga qoʻydi uning koʻzlari xonaning burchagida eski javon ustida turgan narsaga tushdi bu oʻsha uch yil davomida chang bosib yotgan qalin daftar va uning yonidagi qadrdon ruchkasi edi...🫶🏻
Qiz sekin javon yoniga bordi daftarni qoʻliga olib ustidagi qalin changni puflab yubordi sahifalarni varaqlarkan yuragida allaqachon muzlab boʻlgan tuygʻular birdan qimirlab ketgandek boʻldi bu daftarda u tugatmay tashlab ketgan eng oxirgi hikoya SaRang va Youngning taqdiri yozilgan edi..🫴🏻
Wonyoung chuqur nafas oldi u oʻz hayotini qorongʻulikka topshirgan boʻlsa ham oʻzi yaratgan qahramonlarni bu azobda qoldirishni istamadi ular baxtli boʻlishga loyiq edi qiz stulga oʻtirdi ruchkani qoʻliga oldi va uch yillik tanaffusdan keyin ilk bor daftarga yangi satrlarni tusha boshladi....✍🏻
SaRang ich-ichidan qon yigʻlab Young aytganidek oʻsha chiroyli osma chiroqlar bilan bezatilgan va mayin musiqa taralib turgan xiyobon oʻrtasida turardi u yigit soʻragan barcha ssenariyni taklif shartlarini mukammal tayyorlagan edi biroq atrofda hech qanday boshqa qiz koʻrinmasdi....
Young unga yaqinlashib keldi yigitning koʻzlarida oʻsha kuni SaRang koʻrgan gʻalati va samimiy mehr porlab turardi.
SaRang : Young Hamma narsa tayyor siz aytgan oʻsha qiz qani nega u hali ham kelmadi?
Young mayin jilmaydi choʻntagidan oʻsha koʻzni qamashtiradigan goʻzal uzukni chiqardi va kutilmaganda SaRangning qarshisida tiz choʻkdi. SaRang hayratdan qotib qoldi yuragi shunday tez urardiki nafas olishni ham unutgandek edi...
Young : U qiz allaqachon shu yerda turibdi SaRang men oʻsha kuni taʼriflagan har doim kulib yuradigan yomgʻirda soyabonsiz yura oladigan gʻayrioddiy qiz bu sensan men olti oy davomida faqat senga qarab yashadim faqat seni sevdim men aynan sening didingga ishonib sening oʻzingga taklif kiritmoqchi edim Will you Marry me SaRang? Menga turmushga chiqasanmi?
SaRangning koʻzlaridan oqayotgan oʻsha alamli yoshlar bir soniyada baxt yoshlariga aylandi u yigʻlab shu bilan birga dunyodagi eng goʻzal tabassumi bilan bosh irgʻadi....
SaRang : Ha Albatta roziman!!!
Young oʻrnidan turib uzukni qizning barmogʻiga taqdi va uni bagʻriga mahkam bosdi. Qizning lablaridan mayin boʻsa oldi.
Xiyobondagi mayin musiqa va chiroqlar yogʻdusi ostida ikki yosh bir-biriga mahkam bogʻlangandi ularning hikoyasi eng goʻzal va baxtli yakun topgan edi...♡
Wonyoung oxirgi soʻzni yozdi-da ruchkani daftarning ustiga qoʻydi uning yuzida uzoq yillardan keyin ilk bor juda mayin va samimiy bir tabassum paydo boʻldi.😊
U oʻz qahramonlariga baxt bera olgandi va bu baxt tafti uning oʻz qalbini ham sekin-asta isita boshladi...👌🏻
Ertasi kuni Wonyoung koʻchaga chiqdi u bozordan yangi va chiroyli gullar sotib oldi va shahar chekkasidagi sokin qabristonga yoʻl oldi..🪦
U HaoRanning qabri yoniga keldi qabr toshiga tikilib bir muddat jim turdi uning ichida nafrat ham gʻazab ham qolmaggandi faqat oʻtmishning sovuq xotiralari bor edi.🪦
Wonyoung qoʻlidagi gullarni qabr ustiga sekin qoʻydi bu uning oʻtmish bilan soʻnggi vidolashuvi edi u ortiga oʻgʻrilgancha qabrni va oʻsha qorongʻu xotiralarni abadiyga tark etdi....💐