November 9, 2025

🍓SᴛʀᴀᴡʙᴇʀʀY MᴏᴏN🌙

10-qism 🏞 | #Bahromiddin 🍃

“Charchoq soyasida” 🌧

Shifoxonaning sokin oni. Derazadan tushayotgan quyosh nuri oq devorlarni iliq yoritardi. Havo xushbo‘y dorilar hidi bilan to‘lgan edi. Sangtae asta ko‘zini ochdi... Yonida Jisoo o‘tirardi — ko‘zlari qizargan, lablari titrardi.

— Hm... nima bo'ldi? — dedi Sangtae xira ovozda.😕

Jisoo boshini ko‘tardi, jilmaymoqchi bo‘ldi, lekin ko‘zlari yana yoshlanib ketdi.
— Kechir uyg'otib yubordim, — dedi u sekin. — juda ham uzr...🥲

Sangtae boshini chayqadi.
— Bo‘ldi, o‘tmish haqida o‘ylama. Endi hammasi joyida... Seni deb bo'lmadi bular.🌙

Jisoo asta o‘rnidan turdi, yigitning ko‘rpasini to‘g‘riladi.
— Yaxshi dam ol. Men darsga ketishim kerak.🥹🍓

— Rahmat... — dedi Sangtae, jilmayib. — Kechirasan, seni bunchalik qo‘rqitib qo‘yganim uchun.🌙

Jisoo unga so‘nggi bor qaradi.
— Sen o‘zingni ehtiyot qil. Endi... iltimos, urushma hech kim bilan. Taeohdan nari bo'lish kerak. 🌸

U chiqib ketgach, palatada jimlik cho‘kdi. Faqat yurak urishi apparati sekin “bip” etardi ora-chorada....

* * *

Oradan uch kun o‘tdi. Shifokor chiqish uchun ruxsat berdi, lekin to‘lov varag‘ini ko‘rgan Sangtae ko‘zlariga ishonmadi.😳

— Bu... bu qadar qimmatmi? Men atigi uch kun turdim-ku... — dedi u hayratda.😟

Hamshira yelka qisdi.
— Shifoxona narxi ham uch kunga emas, xizmatlarga qarab hisoblanadi.😊

Sangtae jim qoldi. Yuragidan sovuq narsa o‘tdi. U o‘sha joyda turgancha o‘ylab qoldi: “Endi nima qilaman?..”🍂

* * *

Yozda ishlagan pullaridan bir qismini ishlatib yurgan edi. Keyingi oydan ish topaman degan maqsadda shu pulni ishlatib yurardi Sangtae. Ammo uni deyarli hammasini shifoxonadagi atigi uch kun uchun to'lab yubordi...🌊

Bir necha kundan so‘ng u ish izlay boshladi. E’lonlarga ko‘z yugurtirdi, telefon qildi, yurdi... nihoyat kichik koreys restoranida ish topdi. 🍜

Chajangmyon tayyorlovchi joy. Kunduzi oshxonada yordamchi, kechqurun esa kuriyer va afitsant. Ish og‘ir edi, lekin u jim bo‘ldi va shu ishni qabul qildi...🌙

Oshxona issiq, bug‘, moy hidi, charchoq... qo‘llari kuyar, yuragi toliqardi. Kechasi soat o‘n ikki bo‘lsa ham u mototsiklda buyurtma yetkazardi. 😣

— Tezroq! — deya baqirardi bosh oshpaz. — Mijoz kutyapti!😟

Sangtae bosh irg‘ab yugurdi. Yuragi toliqsa ham, iloji yo‘q edi. Pul kerak edi.🌎

* * *

Maktabda esa u o‘zgargan edi. U endi ko‘p gapirmasdi. Darsda uyqusirab o‘tirar, ko‘zlari qizarib, diqqatini to‘play olmasdi. O‘qituvchi bir necha bor tanbeh berdi unga. Jisoo buni payqadi. U orqadan unga qarab, yuragi siqildi. “Nima bo‘lyapti unga?” degan savol yodidan chiqmasdi. 🍓

Bir kuni tanaffusda unga yaqinlashmoqchi bo‘ldi, ammo Taeohni esladi. To‘xtadi shu zaxot. Faqat uzoqdan qarab qo‘ydi Sangtaega. 🌙

Sangtae esa uni ko‘rib jilmaydi. Lekin Jisoo tez orada yuzini burdi. Shu lahzada Sangtaening yuragi siqilib ketdi.💔

Kechqurun u ish joyida yana charchoqdan yiqilay dedi. Shunda o‘zicha pichirladi:
— Qiziq... nega yuragim og‘riyapti?..

* * *

Ertasi kuni Jungkook sinfdan chiqarkan, yonida Hyekyoni oldiga borib dedi:
— Ey, Chajangmyon yegani boramizmi do‘stim? — dedi kulimsirab.😅

Hyekyo telefoniga qaradi.
— Kechirasan Jungkook oshna, bugun bandman. Boshqa kuni, xo‘pmi?😊

— Mayli, — dedi Jungkook yelka qisib. — Uyda yeyman unda.😄

U yo‘lga chiqdi. Qorong‘u Seul ko‘chalarida chiroqlar yonar, yomg‘ir tomchilari sekin tushardi. 🌧 U uyiga kirib, telefonda buyurtma berdi: “Bitta Chajangmyon"

Oradan yarim soat o‘tdi. Qo‘ng‘iroq eshitildi.
Jungkook eshikni ochdi — va qarshisida Sangtae turardi...................................... 🍜

U formadagi kuriyer kiyimida, charchagan, ammo jilmayib turardi.
— Chajangmyon... sizga janob, — deb Jungkookga ovqatni uzatdi.

Jungkookning nigohlari kengaydi.
Sangtae uni yuziga qaradi va "Bu yigitni qayerdadir ko'rganman" degan hayol o'tdi ichida.........🌙