February 18

“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️

6-Qism 🪃 | #BAHROMIDDIN 🍃

🖤 2-BO‘LIM

6-QISM: “Tan Olingan Sevgi” 💗

Eshik ochilgan joyda hammasi muzlab qolgandek edi. Atmofsera ham shunga mo'tadillashdi.
Jungkook qo‘lida dorilar bilan turardi. Nigohi Jennie va Lisa o‘rtasida almashdi.

— Nima bo‘lyapti bu yerda?

Hech kim darrov javob bermadi.
Jennie birinchi bo‘lib gapirdi. Ovozi tinch, lekin ichida keskinlik bor edi.

— Hech narsa....

Lisa kulimsiradi, ammo ko‘zlari nam edi.

— Hech narsa emas, deysanmi?😅

Jungkook asabiylashdi.

— Kimdir menga tushuntiradimi o‘zi?😟

Jennie chuqur nafas oldi. Bir soniya Lisa tomonga qaradi.
Keyin…
U gapirdi.

— Jungkook, men seni sevaman.❤️

Xona bu so'zlar yangraganidan so'ng jim bo‘lib qoldi.
Jungkook qotib qoldi. Ammo uncha hayron bo'lmadi. Chunki "Seni Xohlayman" degan bundan battarroq so'zni ham eshitgan edi Jenniedan.
Lisa esa bir qadam orqaga chekindi.🙃💔

Jennie davom etdi, ko‘zini uzmay:

— Sen menikisan. Bizning shaxsiy ishlarimizga boshqalarni aralashtirib o‘tirma. Umuman boshqalar o'rtamizda tushishini xohlamayman. O'lib qoladigan bo'lsam ham hech kimni suqma o'rtamizga!😏

Bu so‘zlar ataylab aytildi.
Lisa esa buni Jennie istaganidek his qildi.
Ularning orasida nimadir bor deb o‘yladi.
Va shu lahzada yuragi og‘ridi.💔
Lisa past ovozda kuldi.

— Demak… shunaqami?

U Jungkookka qaradi.
Ko‘zlarida alam bor edi.

— Tabriklayman!😊

Jungkook nima deyishni bilmay qoldi.

— Lisa, bu unday emas! To'xta...

— Yo‘q, — dedi u bosh chayqab. — Hammasi aniq va ravshan. Hammaga hayr!

U eshik tomon yurdi.
Bir zum to‘xtadi.
Orqasiga qaramadi.

LISA POV:
— Bilasanmi, Jungkook… men seni maktabdan beri yaxshi ko‘raman. Lekin kechikibman tuyg'ularimni namoyon qilishga...🍁 Hech qachon aytmaganman. Kerak ham emas deb o‘ylagandim. Menimcha adashmagan ekanman!💔

Jungkookning yuragi siqildi.
Lisa eshikni ochdi.
Va chiqib ketdi.🚪

🖤 Ko‘cha

Jungkook darrov ortidan yugurdi.

— Lisa! To‘xta!

Lisa ko‘chaga chiqib qo‘l ko‘tardi.
Taksi to‘xtadi.
Jungkook yetib kelguncha u eshikni ochib o‘tirib bo‘lgandi.

— Lisa, iltimooos!

— Kech bo‘ldi, — dedi u past ovozda.💔

Eshik yopildi.
Mashina harakatlandi.
Jungkook yo‘l o‘rtasida qolib ketdi.

*
*
*

... 🖤 Ichki urush

Shu paytda boshqa joyda…
Qorong‘i xonada bir erkak stolga musht urdi.

— Uni toping dedim! Yerni tagidan bo'lsa ham menga uni yoki tirigi yoki o'ligi yetib keeelsin!🫨

O'sha mudxish kundagi to‘qnashuv tasodif emas edi. Bu ikki katta guruh o‘rtasidagi kelishmovchilik natijasi edi. Seulning ikkita katta klanlari o'rtasidagi murosazilik yoxud tushunmovchilik edi.

Jennie boshchilik qilayotgan tarmoq Seul porti orqali noqonuniy yuklarni nazorat qilardi. Qurol, soxta hujjatlar, yashirin tranzit yo‘llari — hammasi uning nazoratida edi. 🫀

Ammo yaqinda yangi guruh paydo bo‘ldi.
Ular portdagi yuklardan ulush talab qildi.
Jennie rad etdi.💔

— Bu hudud bizniki, — degan edi u muzdek ohangda. ❄️

Raqiblar esa kelishuv taklif qilgandek ko‘rsatib, tuzoq qo‘yishdi.
O‘sha ombordagi jang — ochiq urushning boshlanishi edi.💣

Endi ular faqat biznes emas, obro‘ uchun ham kurashardi.
Va Jennie noma'lum tarzda yo‘qolgan.
Ko'pchilik uni o'ldiga chiqarib bo'lgandi ham.
Bu esa vaziyatni yanada xavfli qilgan edi. 🚀

*
*
*
🖤 Uyga qaytish

Jungkook og‘ir qadamlar bilan uyga qaytdi.
Eshikni yopdi.
Xona jim-jit.

Jennie hali ham divanda, tik o‘tirgandi.
Uning nigohi Jungkookda edi.
Bu safar Jungkook jim turmadi.

— Sen kimsan o‘zi?!

Jennie qimirlamadi.

— Nimalar bilan shug‘ullanasan? Mana bu jarohatlarni qanday orttirding?🙄

Sukunat.

— Nega birovning yonida menga bo‘lgan tuyg‘uyingni ochiqchasiga tan olding?!😠

Ovozi balandroq chiqdi.

— Nega meni bularning ichiga tortyapsan?!😡

Jennie asta o‘rnidan turdi. Og‘riq sezilsa ham, ko‘rsatmasdi.
U Jungkookka yaqinlashdi.
Juda yaqin.

— Chunki bu haqiqat. — dedi Jennie.🤍

— Qaysi haqiqat?! 😤

— Men seni sevaman. ❤️

Jungkookning nafas olishi tezlashdi.

— Bu sevgi emas, Jennie. Bu bosim.😏

Jennie ko‘zlarini toraytirdi.
Bir qadam yana yaqinlashdi.
Ovozi past, ammo qat’iy:

— Sen menikisan.😍❤️

Sukut.
Havo og‘irlashdi.
Jungkook ortga chekinmadi.
Jennie esa ko‘zini uzmadi.

Va qism shu yerda tugadi
Davomi qiziq bo'lsa aktiv bo'lingda xay....?!