October 15

W I C K E D G A M E 🫟

4-qism 🌹 | #BAHROMIDDIN 🍃

Ammo Jungkookning keyingi gapi Kim Taeohni so‘zlarini to‘xtatib qo‘ydi.

— Nega kelding, Taeoh?😏

— Nega deb o'ylaysan? Noxush xabarni eshitdim. Mudxish desam ham to'g'riroq bo'lgan bo'lardi.

— Noxushmi, muxdishmi, menga farqi yo'q. Ketishing mumkun.

— Ha, nima bo'lganda ham senga xamdardlik bildirgani keldim. Bilsang bilarsan do'stim.

— Qaraya. Ko'nglimni ko'tarib yubording eski do'stim.😏

— Bundan xursandman. Har qalay eski do'st yangilaridan sodiqroq bo'ladi degan gaplar ham bor-ku...😌

— Jin ursin, gapga ustasanda Taeoh...🙁

— Mayli, sog' bo'l. Men ketdim.

— Mayli, bora qol endi. Har qalay, unutmayman bunday e'tiboringni.

— Doim e'tiborim ostidasan. Shuni unutma Jungkook...

Jungkook bu gapdan biroz ensa qotirdi. So'ng eshikni yopib ichkariga kirdi. Ichkarida Sena savol ohangida qarab turardi...🍃

— Taeohni ovozi eshitilgandek bo'ldimi? Yoki menga shunaqa tuyuldimi?

— Yo'q, bu rostdan ham Taeoh edi.

— Nega keldi?

— Negaligini bilmadim-ku, meni rostdan qoyil qoldirdi.

— Ha, nima dedi senga?

— Ota-onamizni o'limiga xamdardlik bildirish maqsadida kelgan emish...

— Ha... qara, u dushmaningga sira o'xshamaydi.

— Ha, baxtimga shunaqa ajoyib dushmanim bor.

— Menimcha u bilan do'stlikni tiklasang yaxshiroq bo'lardi. Taehyung bilan ham...

— Qo'ysang-chi — dedida, xonasiga kirib ketdi JK.🫆

# S E N A 🎸

Oradan bir necha oy o‘tdi. Ota-onalarining vafotidan keyingi og‘ir shok va bo‘shliq asta-sekin kundalik hayotning shafqatsiz tartibiga bo‘shatib berdi. Kompaniya boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Jungkook va Sena uchun endi har bir kun yangi jang maydoni edi.

Katta ofis xonasida Jungkook stolga egilib, monitorga tikilib o‘tirardi. Eshik taqillatmay ochildi va ichkariga kompaniyaning bosh yuristlaridan biri — Jun seo shoshilib kirdi.

— Janob Jeon, kechirasiz, bezovta qilayotganim uchun. Ammo Corner Group bilan bo‘lgan shartnoma bo‘yicha jiddiy muammo chiqdi. Ular biz kutmagan shartlarni qo‘yishmoqda.🙁

Jungkook boshini ko‘tardi. Uning nigohidagi sovuqlik va qat’iyat har qanday raqibni cho‘chitishga yetarli edi.

— Qanday shartlar?☹️

— Ular aksiyalarning nazorat paketini o‘z qo‘liga olmoqchi. Agar bu bitim barbod bo‘lsa, otangizning oxirgi yirik loyihasi xavf ostida qoladi.🙃

Jungkook chuqur nafas oldi. U bu kompaniya shunchaki biznes emas, otasining umri va mehnati ekanini yaxshi bilardi.

— Ularga ayting, ertaga ertalab soat o‘n birlarda muzokaralar stoliga o‘tiramiz. Agar ular o‘z shartlarini qaytarib olishmasa, hamkorlikni butunlay to‘xtatamiz.🫆

Jun seo hayron bo‘lib qarab qoldi
— Lekin janob Jeon, ular bozordagi eng yirik sheriklardan biri...😟

— Men aniq aytdim, Jun seo Bajarishingiz mumkin.😕

Seo bosh irg‘ab chiqib ketdi. Jungkook esa kresloga suyangancha ko‘zlarini yumdi. Otasi hayot bo‘lganida bunday vaziyatlarni qanday oson hal qilardi-ya! Endi esa hamma yuk uning yelkasida edi.

*

Binoning boshqa qavatida — onasining sobiq kabinetida Sena o‘zining birinchi yirik mustaqil taqdimotiga tayyorlanayotgandi. Stol usti qalin papkalar va eskizlar bilan to‘la edi.

Eshik sekin ochilib, ichkariga Sena bilan yaqindan ishlayotgan yordamchi qiz kirdi.

— Sena, marketing bo‘limi hisobotini olib keldim. Yangi to‘plam namoyishi uchun tayyorgarlik ko‘rib bo‘ldik, lekin...

— Lekin nima? — Sena boshini ko‘tardi.🙄

— Ayrim investorlar bizning yoshimizga ishonqiramayapti. “Rahbariyat almashgani uchun kompaniya o‘z mavqeini yo‘qotmoqda” degan mish-mishlar tarqalibdi.🙁

Sena qoshlarini chimirdi. Uning ko‘zlarida onasining o‘sha qat’iy nuri chaqnab o‘tdi.

— Mish-mishlar bilan shug‘ullanishga vaqtim yo‘q. Ularga mening yoshim emas, mening ish natijalarim muhimligini tushuntirib qo‘ying. Ertangi ko‘rgazmaga hamma narsa mukammal tayyor bo‘lsin.😏

— Xo‘p bo‘ladi

Yordamchi chiqib ketgach, Sena chuqur xo‘rsinib, stulga o‘tirdi. Unga og‘irlik qilayotgan narsa yolg‘iz ish emasdi. Har gal shu xonaga kirganda, onasining atir hidi va iliq tabassumi yodiga tushardi.

«Men buni uddalay olamanmi?» degan savol har kuni uning miyasida aylanar, ammo ortga yo‘l yo‘q edi.🎸

*

Kechqurun. Uydagi holat.

Odatdagidek jimjitlik. Jungkook va Sena kechki ovqat stolida o‘tirishar edi. Stol boshida har doim otasi o‘tiradigan joy bo‘sh qolgandi. Ikkalasi ham bu mavzuda gap ochishmasdi, ammo bu bo‘shliq barchasini aytib turgandek edi.

— Bugun Corner Group bilan muammo chiqdi-a? — dedi Sena qahvasidan ichib.☕️

Jungkook singlisiga qaradi.

— Qayerdan bilding?🙃

— Ofisdagi qizlardan eshitdim. Sen ularni o‘zingga bo‘ysundirmoqchisan-a? Ehtiyot bo‘l, ular sening qattiqqo‘lligingdan foydalanib, boshqa kompaniyalarni ham qarshi qo‘yishlari mumkin.😅

Jungkook yengil kulimsiradi. Oxirgi oylarda ularning munosabatlari o‘zgargandi. Sena endi undan qo‘rqmas, aksincha, ochiqchasiga fikr bildirar, Jungkook ham buni hurmat qilardi.

— Ular boshqa tanlov qoldirishmayapti, Sena. Otamning kompaniyasini hech kim oyoqosti qilishiga yo‘l qo‘ymayman.😒

— Bilaman, — Sena uning ko‘zlariga tikildi. — Lekin hamma narsani yolg‘iz o‘zing hal qilishing shart emas. Esingda bo‘lsin, bu yo‘lda faqat dushman orttirib qo‘yma. Bizga hozir dushmanlar emas, ishonchli ittifoqchilar kerak.😊

Jungkook bir zum jim qoldi. Singlisini bu gapi uning qalbida qandaydir iliqlik uyg‘otdi. Ilgari u hech qachon birovning fikriga quloq solmasdi. Hamma narsani o‘zi biladi, o‘zi to‘g‘ri qaror qiladi deb o‘ylardi. Ammo hozir... uning yonida unga tengma-teng fikr beradigan inson bor edi.🫆🎸

— Xo‘p, — dedi Jungkook sekin. — Ertangi muzokarada sening ham fikringni inobatga olaman.😅

Sena biroz hayron qoldi, so‘ng yengil jilmaydi.

— Ko‘ramiz, mening maslahatim senga qanchalik kerak ekan.😉

*

Ertalabki muzokaralar zali.
Corner Group direktorlar kengashi vakillari o‘zlariga ishongan holda stol atrofida o‘tirishardi. Ularning fikricha, yosh Jeon Jungkook otasining o‘rnini bosa olmaydi va tez orada taslim bo‘ladi.

Eshik ochilib, Jungkook va uning yonida qat’iy qadamlar bilan Sena kirib keldi. Ular stol boshiga kelishganda, xonadagi havo o‘zgargandek bo‘ldi. Jungkookning nigohidagi muzdek sovuqlik va Senaning o‘tkir ko‘zlari qarshidagilarni bir lahza jim bo‘lishga majbur qildi.

— Xo‘sh, janoblar, — dedi Jungkook o‘ziga xos vazmin ovozda, — shartlarimizni ko‘rib chiqishga tayyormisiz yoki yana o‘ylab ko‘rishingiz kerakmi?😄

Corner Group vakillaridan biri kinoyali jilmaydi

— Janob Jeon, yoshligingiz sababli shoshilyapsiz. Bozorda omon qolish uchun bizning yordamimizsiz hech narsa qila olmaysiz.🧐

Sena o‘rnidan turib, oldidagi papkani ochdi va stoldagilarga birma-bir qarab chiqdi.

— Bizning yoshimiz haqida qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi, — dedi u aniq va qat’iy ohangda. — Lekin shuni unutmangki, agar siz hozir bu shartnomani imzolamasangiz, ertagayoq sizning eng yirik raqiblaringiz bilan hamkorlikni boshlaymiz. Va o‘shanda bozorda qaysi kompaniya qolishini o‘zingiz ko‘rasiz.😒

Xonada keskin sukut cho‘kdi. Corner Group vakillari bir-biriga qarab qo‘yishdi. Ular bu aka-singil shunchaki ojiz vorislar emasligini, aksincha, otalaridan ham o‘zib ketishga qodir ekanini tushunib yetishgandi.

— Xo‘p... — dedi ularning boshlig‘i oxiri taslim bo‘lib. — Shartlarni kelishib olamiz.

Muzokara tugagach, ular ofisdan chiqishdi. Yo‘lakda Sena chuqur nafas olib, yengil tortdi.

— Ko‘rdingmi? Men ham senga yordam bera olaman.😄

Jungkook unga qarab jilmaydi — bu uning yuzida juda kam ko‘rinadigan samimiy va iliq taassurot edi.

— Ha, tan olaman. Sen haq eding, Sena.😅

— Albatta, haq edim. Men doim haq bo'lib chiqaman Jeon Jungkook...👌🏻

Aka-singil o‘rtasidagi eski jarohatlar hali to‘la bitmagan bo‘lsa-da, ular endi haqiqiy kuchga aylanishgandi. Ota-onalarining xotirasi va ularning merosi uchun kurash endigina boshlanayotgandi Ammo bu safar ular yolg‘iz emasdilar.❤️

#BAHROMIDDIN 🍃

🏢 1. Yangi rahbarlar, eski muammolar 💆🏻‍♀🤷🏻‍♂

Jung Tae va Kim Minaning vafotidan keyin bir necha oy o'tgan bo'lsa-da, Jungkook va Sena hali ham o'zlarini yangi hayotga moslashtirishga urinardi. Ularning yelkasiga nafaqat ota-onasidan ayrilish azobi, balki ikkita yirik kompaniyaning kelajagi ham tushgandi.🧚🏻🧚🏻‍♀

Jungkook otasining kompaniyasini boshqarishni boshlagan, Sena esa onasidan qolgan kompaniyaning rahbarlik vazifalarini o'z zimmasiga olgandi.👸🏻🤴🏻

Ammo biznes dunyosi motam tutib o'tirmasdi.

— Janob Jeon, bugungi savdo natijalari yana pasaydi, — dedi

Lisa, qo'lidagi hisobotni stol ustiga qo'yarkan.
Jungkook hujjatlardan ko'z uzmadi.

— Qanchaga?

— O'tgan haftaga nisbatan aksiyalarimiz qariyb o'n ikki foizga tushdi. Yirik investorlarning bir nechtasi ham o'z mablag'larini qaytarib olish haqida o'ylayotganini bildirdi.😐

Jungkook sekin boshini ko'tardi.
— Ular nimani xohlaydi? Men kompaniyani tashlab ketishimnimi?😤

— Ular yangi rahbariyatga ishonch hosil qilishni istashyapti. Janob Jung Tae kompaniyani uzoq yillar boshqargan. Sizning tayinlanishingiz esa bozorda noaniqlik tug'dirdi.👀

Jungkook achchiq kuldi.
— Demak, otamning o'limi ular uchun shunchaki foydali imkoniyat ekan-da?😏

Lisa indamadi.
Jungkook deraza oldiga bordi. Pastda shahar odatdagidek yashardi. Kimdir shoshardi, kimdir kulardi, kimdir kelajagini rejalashtirardi. U esa bir necha hafta ichida ham ota-onasidan, ham avvalgi xotirjam hayotidan ayrilgandi.❤️‍🩹

— Sena kompaniyasida ham vaziyat shundaymi? — so'radi u.

— Ha. Ularning aksiyalari ham pasaymoqda. Yangi rahbar tayinlangani va kompaniyaning kelajak strategiyasi hali aniq emasligi investorlarni xavotirga solyapti.🙃

Jungkook ko'zlarini yumdi.
— Ikki kompaniya. Ikki yangi rahbar. Va ishonch yo'q.

— Hozir bizga katta investitsiya kerak, janob. Aks holda, vaziyat yanada og'irlashishi mumkin.

— Investorlar bilan uchrashuvlarni belgilang. Hech kimga kompaniyamizni osonlikcha berib qo'ymayman.🙁

Lisa bosh irg'adi.
— Tushunarli.

U chiqib ketgach, Jungkook telefonini oldi. Bir necha soniya ekraniga tikilib turdi. So'ng Sena raqamini terdi.

— Eshitaman, — dedi Sena charchagan ovozda.

— Bizning aksiyalarimiz yana tushibdi.🙂

— Bilaman. Menda ham xuddi shunday vaziyat.

— Investitsiya topishimiz kerak.

— Jungkook, men hammasini tushunaman. Lekin bizga shunchaki pul emas, bizga ishonadigan hamkor kerak.🙂

Jungkook javob berishga shoshilmadi.

— Topamiz, — dedi u oxiri. — Qanday bo'lmasin, topamiz.😒

— Umid qilaman.

Qo'ng'iroq tugadi.
Jungkook stol ustidagi otasining suratiga qaradi.

— Men uddalayman, dada. Lekin bu safar hammasini yolg'iz hal qilishimga to'g'ri keladi...

U hali bilmasdi: ba'zan eng kutilmagan yordam insonning o'zi uzoqlashtirgan odamlardan keladi.🍃

☕️ 2. Kafe oldidagi uchrashuv

Bir necha kun o'tdi.
Taeoh va Chaeyoung shahar markazidagi ko'chada birga ketishardi. Chaeyoung qo'lidagi kichik qog'oz xaltani ko'tarib olgan, Taeoh esa uning gaplarini tinglab, vaqti-vaqti bilan jilmayardi.😇

— Men senga aytgandim-ku, o'sha tortni olmasligimiz kerak edi, — dedi Chaeyoung kulib. — Hozir o'zimni aybdordek his qilyapman.🙃

— Nega? Uni men yedim.😁

— Lekin seni to'xtatishim kerak edi.🤣

— Demak, keyingi safar ikkalamiz birgalikda aybdor bo'lamiz.😌

Chaeyoung uning yelkasiga yengil urdi.
— Sen bilan jiddiy gaplashishning iloji yo'q!😁

— Men jiddiyman. Faqat sen yonimda bo'lganingda hayot biroz yengillashadi.🌝

Chaeyoungning yuzidagi tabassum mayinlashdi.🫀

— Taeoh...

— Nima?

— Hech narsa. Shunchaki, ba'zan sening shunday gaplaringga hali ham ishonolmayman.🤭

Taeoh uning qo'lini ushladi.
— Unda men senga har kuni takrorlayman.🤩

Ular kafe oldiga yetib kelishganida, eshik yonida turgan kishiga ko'zlari tushdi. Qora palto kiygan, telefonini qo'lida aylantirib turgan Jungkook...✨

U ham ularni ko'rdi.
Bir lahzaga uchovining nigohlari to'qnashdi. Jungkookning yuzi darrov o'zgarmadi, lekin uning ko'zlarida charchoq va nimadandir xavotirlanish sezilardi.🫥

— Jungkook? — dedi Taeoh.

— Taeoh. Oxirgi payt koʻp koʻrishib qolyapmiz. Yaxshilikka boʻlsin...🫤

Ularning orasida bir necha soniyalik noqulay sukunat paydo bo'ldi. Chaeyoung vaziyatni sezib, Taeohning qo'lini sekin qo'yib yubordi.

— Men ichkarida kutib turaman, — dedi u muloyimlik bilan.

Taeoh unga minnatdor nigoh tashladi.
— Hozir boraman.

Chaeyoung kafega kirgach, Taeoh Jungkook tomon yurdi.

— Seni bu yerda uchrataman deb o'ylamagandim.

— Men ham, — dedi Jungkook.

— Ish yuzasidan uchrashuvim bor edi. Lekin bekor qilishdi.

— Ishlaring yaxshimi?

Jungkook kulimsiradi. Ammo bu kulgi quvonchdan yiroq edi.

— Rostini aytishimni istaysanmi?

— Ha.

— Unchalik emas.

Taeoh uning yuziga sinchiklab qaradi.
— Nima bo'ldi?🤔

Jungkook bir zum ikkilanib qoldi. Ilgari u Taeohga zaifligini ko'rsatishni istamasdi. Har qanday vaziyatda o'zini kuchli ko'rsatishga odatlangan edi. Ammo endi hammasi o'zgargandi.🍃

— Otamning kompaniyasini boshqarishni boshlaganimdan beri aksiyalarimiz tushyapti. Senaning kompaniyasida ham xuddi shunday. Investorlar yangi rahbarlarga ishonmayapti. Bizga katta investitsiya kerak, aks holda ikkala kompaniya ham jiddiy zarar ko'rishi mumkin.😤

Taeoh indamay tingladi.
— Buni hal qilish uchun boshqa imkoniyatlar bormi? — so'radi u.🤔

— Bir necha investor bilan gaplashyapmiz. Ammo ular bizdan kompaniya boshqaruviga aralashish huquqini talab qilishyapti. Men otam qurgan narsalarni shunchaki birovning qo'liga topshirmoqchi emasman. Sena ham onasining mehnatini yo'qotishni istamaydi.🙁

Jungkook nigohini chetga burdi.
— Lekin hozir bizning tanlovimiz ko'p emas🙃
.
Taeoh bir muddat jim qoldi.
U Jungkookning so'zlarini shunchaki eshitibgina qolmay, ularning ortidagi ma'noni ham anglayotgandi. Bu odam bir paytlar uning do'sti bo'lgan. Ular birga kulishgan, birga orzu qilishgan, keyin esa yolg'onlar va xatolar sabab bir-biridan uzoqlashishgan.❤️‍🩹

Endi esa Jungkook qarshisida yordam so'rashni istamasa-da, vaziyatini ochiq aytayotgan edi.
Taeohning xayolida bir fikr paydo bo'ldi.🍃

— Agar men investitsiya taklif qilsam-chi?

Jungkook unga qaradi.
— Nima?

— Kompaniyangga investitsiya kiritishimiz mumkin. Senaning kompaniyasini ham shu hamkorlikka qo'shish haqida o'ylab ko'ramiz.🌚

Jungkookning yuzida hayrat paydo bo'ldi.

— Nega?

— Chunki bu biznes uchun mantiqli qaror. Sizlarda tajriba, mavjud infratuzilma va kuchli bozor aloqalari bor. Bizda esa yangi loyihalar, rivojlanish rejalari va investitsiya imkoniyatlari mavjud. To'g'ri kelishuv tuzsak, uchala kompaniya ham yutadi.

— Sen buni shunchaki menga achinganliging uchun taklif qilmayapsanmi?😏

Taeohning nigohi jiddiylashdi.
— Men senga achinmayapman, Jungkook. Men senga imkoniyat taklif qilyapman. Bu ikkalasi boshqa-boshqa narsa. Biznesda sheriklar boʻlishni nimasi yomon?

Jungkook javob bermadi.
Taeoh biroz yaqinlashdi.

— Va yana bir narsa bor.

— Nima?

Taeoh chuqur nafas oldi.
— Balki do'stligimizni tiklarmiz. Kompaniyalarimiz hamkorligi bunga ramz bo'lib xizmat qilsin.😁

Jungkookning nigohi o'zgardi. Uning yuzida hayrat bilan birga, uzoq vaqt yashirib kelgan armon ham namoyon bo'ldi.

— Sen hali ham men bilan do'st bo'lishni xohlaysanmi?

— Men o'tmishda qilgan ishlaringni unutdim, demayman. Ishonch bir kunda qaytmaydi. Lekin odam o'zgarishi mumkinligiga ishonaman. Agar sen hammasini boshqatdan boshlashga tayyor bo'lsang, men bu imkoniyatni berishga tayyorman.🌚

Jungkook pastga qaradi.
— Men seni juda ko'p marta ranjitganman. Taehyungga ham bu yoqmasa kerak...🙃

— Bilaman.

— Senga qarshi ham chiqqanman.

— Buni ham bilaman.

— Unda nega?

Taeoh yengil jilmaydi.
— Chunki men ham xatolarim bo'lganini bilaman. O'tmishimizni o'zgartira olmaymiz. Ammo kelajagimizni qanday qurishimiz o'z qo'limizda.🍃🌚

Jungkook uzoq vaqt jim turdi. Keyin qo'lini uzatdi.
— Men bu imkoniyatni qadrlayman, Taeoh. Lekin seni yana bir marta aldash niyatim yo'q. Bu safar hech qanday oʻyinlar boʻlmaydi...😐

Taeoh uning qo'lini mahkam siqdi.
— Unda bu safar bir-birimizga rost gapiramiz.🤝

Ularning qo'llari birlashdi.
Bu hali eski do'stlik qaytdi degani emasdi. Ammo uzoq vaqtdan beri bir-biriga qarshi turgan ikki inson nihoyat bir yo'nalishda qadam tashlashga qaror qilgandi.🫆

📑 3. Yangi kelishuv

Ertasi kuni Taeoh o'z kompaniyasining majlislar zalida yig'ilish o'tkazdi. Jimin hujjatlarni stol ustiga joylashtirar ekan, Taeoh katta ekranda uchta kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlarini ko'rsatdi.🫀

— Jungkookning kompaniyasi hozir bozor bosimi ostida, — dedi Taeoh. — Senaning kompaniyasida ham rahbariyat almashgani sabab investorlar ishonchi pasaygan. Ammo ularning asosiy aktivlari va uzoq muddatli loyihalari hali ham juda qimmatli.🤔

Jimin ekranga qaradi.
— Demak, biz investitsiya orqali ularning moliyaviy vaziyatini barqarorlashtiramizmi?😅

— Ha. Lekin faqat pul kiritish bilan cheklanmaymiz. Uchala kompaniya o'rtasida strategik hamkorlik tashkil qilamiz. Yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqamiz, resurslarimizni birlashtiramiz va bozorimizni kengaytiramiz.😊

— Bu biz uchun ham katta imkoniyat. Ammo boshqaruv va moliyaviy javobgarlik shartlarini aniq belgilashimiz kerak.🌚

Taeoh mamnuniyat bilan bosh irg'adi.
— Aynan shuni xohlayman. Men Jungkookka yordam berish uchun kompaniyamizni xavf ostiga qo'ymayman. Biz ularga imkoniyat beramiz, lekin hamkorlik ikkala tomon uchun ham adolatli bo'lishi kerak.😁

— Tushunarli. Men huquqiy va moliyaviy shartlarni tayyorlayman.
Taeoh bir zum o'ylanib qoldi.

— Jimin, yana bir narsa. Bu kelishuv faqat Jungkookning kompaniyasi bilan emas, Sena boshqarayotgan kompaniya bilan ham tuziladi. U ham bu qarorda teng huquqli hamkor bo'lishi kerak.🙂

— Albatta, janob.

Yig'ilish tugagach, Taeoh oynaga yaqinlashdi. Shahar manzarasiga qarab, ichida g'alati yengillik his qildi.🌙

U bu qarorni faqat o'tmishdagi do'stlik uchun qabul qilmagandi. Bu uning kompaniyasi uchun ham foydali strategiya edi. Ammo eng muhimi, u bir vaqtlar buzilgan munosabatlarni qayta tiklashga imkon berayotgan edi...🍃🫆

🤝 4. Uch kompaniya — bitta maqsad

Bir necha kundan so'ng uch kompaniya vakillari muzokara stoliga o'tirishdi. Jungkook qora kostyumda, odatdagidek jiddiy ko'rinishda edi. Uning yonida Lisa hujjatlarni tayyorlab turardi. Sena ham o'z kompaniyasining vakillari bilan kelgan edi. U kamgap bo'lsa-da, barcha shartlarni diqqat bilan kuzatardi.
Taeoh Jimin bilan birga zalga kirdi.👀

— Boshlashimiz mumkinmi? — dedi u.😄

Jungkook bosh irg'adi. Muzokaralar bir necha soat davom etdi. Investitsiya miqdori, aksiyalar ulushi, yangi loyihalardagi javobgarlik, foyda taqsimoti va kompaniyalarning mustaqil boshqaruv huquqlari batafsil muhokama qilindi.
Sena bir nuqtaga alohida e'tibor qaratdi.👀

— Men onam asos solgan kompaniyaning boshqaruv huquqi saqlanib qolishini istayman. Investitsiya bizga yordam berishi kerak, lekin kompaniyamizning o'zligini yo'qotishiga sabab bo'lmasligi lozim.

Taeoh darhol javob berdi:
— Bu talabingizni tushunaman. Bizning maqsadimiz sizning kompaniyangizni egallab olish emas. Biz barqaror hamkorlik qurmoqchimiz. Shartnomada boshqaruv vakolatlaringiz aniq ko'rsatiladi.😁

Sena uning yuziga tikildi. Keyin sekin bosh irg'adi.

— Yaxshi. Unda davom etamiz.

Jungkook esa Taeohga qarab turardi. U ilgari bu odamning har bir harakatidan yashirin ma'no izlagan bo'lardi. Hozir ham ehtiyotkor edi, ammo Taeohning taklifi faqat chiroyli so'zlardan iborat emasligini ko'rib turardi.
Nihoyat, kelishuvning asosiy shartlari tasdiqlandi.
Uch kompaniya o'rtasida strategik hamkorlik va investitsiya shartnomasi imzolandi.
Jungkook ruchkasini qo'yib, Taeohga qaradi.🍃

— Bu hamkorlik muvaffaqiyatli bo'lishiga umid qilaman doʻstim.

Taeoh uning qo'lini siqdi.
— Biz uni muvaffaqiyatli qilish uchun ishlaymiz.🤝

Sena ham ularga qo'shildi.
— Unda bir-birimizni yarim yo'lda tashlab ketmaylik.😊

Taeoh jilmaydi.
— Kelishdik.😁

Ular birgalikda suratga tushishdi. Surat biznes yangiliklari orasida tez tarqaldi: uchta yirik kompaniya yangi strategik hamkorlikni boshlagandi.
Ammo bu hamkorlikning ortida faqat raqamlar va shartnomalar emas, uch insonning kelajagi ham turardi.
Sena uchun bu onasidan qolgan merosni saqlab qolish imkoniyati edi.
Jungkook uchun esa kompaniyasini qutqarish bilan birga, o'tmishda yo'qotgan do'stligini qayta tiklash yo'lidagi birinchi qadam edi.
Taeoh uchun bu yangi biznes imkoniyati va eski yaralarni davolashga urinish edi.
Biroq bu yangilikni eshitgan hamma ham birdek xursand bo'lmadi.🐉

⚡️ 5. Taehyungning noroziligi

Kechqurun Taeoh va Taehyung kompaniya ofisida uchrashishdi.
Taehyung qo'lidagi yangiliklar sahifasini stol ustiga tashladi.😒

— Bu rostmi?
Taeoh unga qaradi.

— Nimani nazarda tutyapsan?

— Jungkook bilan hamkorlik qilayotganingni! Uning kompaniyasiga investitsiya kiritibsan. Senaning kompaniyasi ham shu kelishuvda. Buni mendan yashirishni qachon boshlading?😤

Taeoh xotirjam javob berdi:
— Men sendan hech narsa yashirmadim. Muzokaralar endigina yakunlandi.😄

— Ammo qaror qabul qilishdan oldin men bilan maslahatlashishing mumkin edi!

Taeohning yuzidagi tabassum yo'qoldi.
— Bu mening kompaniyamning strategik qarori, Taehyung. Lekin men sening fikringni eshitishga tayyorman. Shuning uchun gaplashyapmiz.😊

Taehyung o'rindiqqa o'tirdi, ammo uning g'azabi bosilmagandi.

— Sen Jungkookni unutdingmi? U bizga nimalar qilganini esingdan chiqardimi? U bizni bir-birimizga qarshi qo'ygan. Yolg'on gapirgan. Bizning hayotimizni boshqarishga uringan. Endi esa sen unga qo'lingni uzatyapsan.😏

— Men uning qilgan ishlarini unutganim yo'q.

— Unda nega unga ishonayapsan?😒

Taeoh chuqur nafas oldi va stolning narigi tomoniga o'tirdi.
— Chunki men unga ko'r-ko'rona ishonayotganim yo'q. Men unga imkoniyat beryapman. Bu ikkalasini farqlashimiz kerak.😌

Taehyung boshini chayqadi.
— Odamlar o'zgarmaydi, Taeoh. Ayniqsa Jungkookga o'xshaganlar.🙃

— Balki. Lekin odamlar o'zgarishga urinishi ham mumkin. Biz uning o'zgarishiga kafolat bera olmaymiz. Shuning uchun shartnomada hamma narsani aniq belgiladik. Meni bilasan kechirimli odamman. Har kim ikkinchi imkoniyatga haqli deb bilaman. Kompaniyamizning manfaatlari himoyalangan. Barcha moliyaviy shartlar ochiq. Biz uning va'dalariga emas, kelishuvga tayanamiz.🤓

Taehyung indamadi.
Taeoh davom etdi:
— O'zing o'ylab ko'r. Ularning kompaniyalari bizga nima bera oladi? Tayyor infratuzilma, tajriba, bozor aloqalari, yangi loyihalar uchun imkoniyat. Biz ularga investitsiya kiritamiz, ular esa bizning rivojlanishimizga hissa qo'shadi. Bu faqat Jungkookka yordam berish emas. Bu bizning kompaniyamiz uchun ham foydali qaror.😸

— Men uning yana seni aldashidan qo'rqyapman, — dedi

Taehyung nihoyat. Bu safar ovozi avvalgidek keskin emasdi.
Taeoh uning ko'zlariga qaradi.

— Men ham bunday ehtimolni inkor qilmayman. Ammo bu safar vaziyat boshqacha. Biz endi maktabdagi bolalar emasmiz. Har birimiz o'z kompaniyamiz, o'z qarorlarimiz va o'z mas'uliyatimizga egamiz. Agar u yana xato qilsa, uning oqibatlarini ham biladi. Uni xuddi jarlikdan yiqilishdan ushlab qolayotganimizni yaxshi biladi. Va bizga pichoq sanchmaydi deb o'ylayman...🍃

Taehyung qo'llarini birlashtirib, pastga qaradi.
— Men shunchaki yana o'sha kunlarga qaytishni istamayman.🐉

Taeohning ovozi yumshadi.
— Men ham istamayman. Lekin o'tmishdagi xatolarimiz butun kelajagimizni belgilashiga yo'l qo'ysak, hech qachon oldinga yurolmaymiz. Men Jungkookni oqlamayapman, Taehyung. Men o'zimizga ham, unga ham yangi imkoniyat beryapman.🍀

U biroz to'xtadi.
— Biz u bilan hamkorlik qilsak, bu biz uchun ham foyda keltiradi. Bizning maqsadimiz uning do'sti bo'lib qolish bilangina cheklanmaydi. Biz kuchli kompaniya qurmoqchimiz. Men bu qarorni yuragim bilan ham, aqlim bilan ham qabul qildim.
Taehyung uzoq sukut saqladi.
So'ng yangiliklar sahifasini yig'ishtirib, stolga qo'ydi.🪽

— Men hali ham unga ishonmayman.

— Buni tushunaman.

— Lekin sen aytganlaringni o'ylab ko'raman. Faqat bitta narsani unutma, Taeoh. Agar u yana senga qarshi ish qilsa, bu safar jim turmayman.🌱

Taeoh yengil jilmaydi.
— Men ham jim turmayman.

Taehyung o'rnidan turdi. Eshik oldiga yetgach, to'xtadi.

— Chaeyoung bu qaroringni qo'llab-quvvatlayaptimi?🫤

Taeoh kulib yubordi.

— U menga qarorimni shoshmasdan, barcha tomonlarini o'ylab qabul qilishim kerakligini aytdi. Shartnomani uch marta o'qib chiqishimga ham sababchi bo'ldi.🪻

Taehyung beixtiyor kulimsiradi.
— Demak, hech bo'lmaganda birimizning yonimizda aqlli odam bor ekan.🤨

— Taehyung!

— Mayli, mayli. Men ketdim.

U chiqib ketdi, ammo bu safar eshikni g'azab bilan yopmadi.
Taeoh uning ketidan qarab qoldi. Taehyung hali Jungkookni kechirishga tayyor emasdi. Balki bu uchun unga ko'proq vaqt kerakdir.🐉🫆

Taeoh esa bir narsani yaxshi bilardi: yangi hamkorlikning haqiqiy sinovi shartnoma imzolangan kun emas, qiyin qarorlar oldida bir-biriga qanday munosabatda bo'lishlarida namoyon bo'lardi.🍃

🌙 6. Birinchi qadam

O'sha kecha Jungkook kompaniyasining yuqori qavatidagi kabinetida yolg'iz o'tirardi. Uning oldida yangi hamkorlik shartnomasi turardi.
Telefoniga Sena xabar yubordi.

— “Bugun yaxshi ish qildik. Onamning kompaniyasini saqlab qolishimiz mumkinligiga yana bir bor ishondim. Rahmat.”

Jungkook xabarni o'qib, qisqa javob yozdi.

— “Bu faqat boshlanishi. Endi ikkalamiz ham mas'ulmiz.”

U telefonini chetga qo'yib, otasining suratiga qaradi.

— Men kompaniyangizni saqlab qolishga harakat qilyapman, dada. Lekin bu safar hammasini kuch bilan hal qilmayman🍃.

Uning xayoliga Taeohning so'zlari keldi.
— “Balki do'stligimizni tiklarmiz.”
Jungkook ko'zlarini yumdi.

U Taeoh bilan yana avvalgidek bo'la oladimi? Taehyung uni hech qachon kechirmaydimi? Sena bir kun kelib unga to'liq ishonadimi?
Bu savollarning javobini u bilmasdi.🫆

Ammo endi uning oldida yangi imkoniyat bor edi. Va bu safar u o'sha imkoniyatni o'z xatolari bilan yo'qotishni istamasdi.🍃

# Y U N J I L 🌹

Jimin:
— Janob Taeoh bugun taqdimotimiz bor. Jeon Jungkok kotibasi Lisa Manoban menga qoʻngʻiroq qildi...💫

Taeoh:
— Ular juda tez harakat qilishyapdi.🌚

Jimin:
— Biz allaqachon jahon bozorlarida ham kotta mavqeyga egamiz. Jungkokni kompanyasi ham biz bilan hamkorlik qilsa yanada koʻproq sarmoyaga ega boʻlamiz. Taqdimotga ham yarm soat qolibdi. Jungkok kotibasi ham taklif qilingan.😊

Taeoh:
— Bizning shartlar birinchi oʻrinda boʻladi. Ularni bu hamkorligi kompanyasi uchun eng kotta yutuqlardan biri.😄

Jimin:
— Albatta...

Jimin kechagi qoʻngʻiroq haqda oʻylardi. Lisaning ovozi uning qulogʻi ostida jaranglar. Yuragini tezroq urushga majbur qilardi. Hali shaxsan koʻrmagan boʻlsada, unga nisbatan qandaydir simpatiya his qilayotgandi..🌪

Taeoh:
— Men Chaeyoungni oldiga borishim kerak Jimin...

Jimin:
— Yaxshi janob Kim...🫧

Taeoh:
— Jimin...Jimin

Jimin oʻz hayollari bilan Taeoh ovozini anglamasdi. Taeoh Jimin yelkasiga qoʻlini biroz yonidan oʻtib ketti. Jiminning telefoni jiringlayotgandi.

Jimin:
— Alo. Eshitaman...

Lisa:
— Salom,Park Jimin!
Men Lisa Manobanman Jeon Jungkok kotibasi. Men ham taqdimotda ishtirok etish uchun kelgandim.👀

Jimin:
— Salom Lisa kelganizdan hursandman. Sizni shaxsan oʻzim kutib olaman. 😄

Lisa:
— Iltifot uchun katta rahmat.😊

Jimin qoʻngʻiroqni yakunlagach,lift tomon qadam bosdi. Lift tezda 1-etajga kelgach liftning eshiklari ochildi. Pastda Lisa uni kutib turardi...🌹

Jimin Lisa tomon yurib kelarkan.
Lisaning hushboy atiri uning dimogʻiga urulgandi.Jiminning qarshisida did bilan kiyingan,nigohi oʻtkir,oʻziga ishongan. Och jigarrang boʻynida atirgulli boʻyinbogʻi bor hushbichim kiyimdagi bir qiz turardi.....🌪

Jimin:
— Salom Lisa, vau u bunchalar goʻzal qiz huddi malikalardek.🫠

Lisa:
— Salom... Park Jimin :)

Jimin:
— Menga Jimin deb murojat qilavering. Juda intizomli qiz ekansiz. Oʻz vaqtidan oldin taqdimotga vaqt topib kelibsiz...😉

Lisa:
— Maqtov uchun tashakkur Jimin😊

Jimin:
— Qani marhamat sizni aktivni zalimizga boshlab boraman.🌘

Lisa:
— Hop

Lisa uning ortidan ergashib bordi, ba'zan yonma-yon ba'zan orqada qolardi. Lisani kayfiyati yoʻqligi, nmadandur havotirdaligi allaqachon Jiminga ham sezilgandi.🌪

Endi tanishgani uchun Jimin undan hech narsani soʻray olmadi.🌹

Jimin:
— Lisa bu yer bizning aktivni zalimiz.Taqdimotga 2 minut qolibdi. Men oʻz joyimga borishim kerak. Sizga oldi qatordan joy olganman.🌚

Lisa:
— Rahmat Jimin,e'tibor uchun tashakkur..😊

Jimin Lisaga tabassum qilgancha Taeoh yoniga bordi. Taqdimot paytida ham Jimin Lisaga tez tez qarab qoʻyardi.👀

Taqdimot tugagach Lisa u yerni tezda tark etti. Jimin Lisa bn hayrlashishga ulgurmadi.... Chunki uning qiladigan ishlari bor edi...🌪