AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸
7-QISM 🍃 | UMRGA TATIGULIK TUN ❤️
Iyun oyining ilk kunlari edi. Havoda yozning ilk iliqligi, biroq yuragimda hanuz may oyidan qolgan og‘irliklar bor edi. Ha, qiziqman-a? Ularni unutib bo'larmidi?😅
Kunlar o‘tib, hayot asta davom etar, lekin ichimdagi bo‘shliq ketmasdi. Bir kuni ko‘nglimni chalg‘itish uchun multi olamga kirib, shunchaki:
— "Ufff Zerikdim..." — deb yozdim.☹️
Shunda birdan Inho akam paydo bo‘ldi. U o‘sha ondagi dangalligi va samimiy ohangida:
— "Unday bo‘lsa, kettik uchrashamiz," — deb yozdilar.😳
O‘qiganimda yuragim beixtiyor tez ura boshladi. Bir zum jim bo‘lib qoldim. Axir bunday taklifni kutmagandim. Chunki shu kunga qadar multi olamda Taeohdan boshqa hech kimni real hayotda uchratmagan edim... Inho aka esa men uchun yangilik edi.❄️
Ammo ichimdagi nimadir meni “ha” deb yozishga majbur qildi. Shunday qilib, bizning ilk uchrashuvimiz belgilandi. Men ota-onam ishdaligidan yaxshi foydalana bildim va Inho akaga "Ho'p" deb aytdim...🫀
Uchrashuv kuni men biroz hayajonlanib, kiyim tanlashga ko‘p vaqt sarfladim. Uchrashuvga yo‘l olar ekanman, yuragimda g‘alati tuyg‘u — qo‘rquv va hayajon aralashib ketgan edi. Chunki bu inson multiolamdagi eng jiddiy va eng jaxldor yigit edi. Uni hamma shu harakteri bilan yodda saqlab, hayqishar edi. Shuningdek hamma Inho akamdan qo'rqardi...🫣
Ammo Inho akamni ko‘rgan zahoti ichimdagi hamma qo‘rquv birdan yo‘qoldi. U meni xuddi allaqachon tanigandek, o‘ziga xos samimiy tabassum bilan qarshi oldi. Tasavvur qilishingiz uchun aytaman, bu yigitni tabassum qildiraman deb tepa sochiz oqarib ketishi aniq...🫠
— "Sen charchagandek ko‘rinyapsan, Juri," dedi u qo‘lida kichkina kofe bilan... Yana egnidagi kastyum-shim unga ideal darajada yarashib turardi...😍
— "Ha, biroz... Ammo hozir yaxshi," - dedim jilmayib, uyalib.🤭
Biz daryo bo‘yida sayr qildik, suhbatlashdik. U mening gaplarimni e’tibor bilan eshitardi, go‘yo men aytayotgan oddiy so‘zlarda ham qimmatli narsani topgandek. Shunda ichimdan o‘tdi: “Qanchalik sokin, qanchalik beg‘ubor...” Insonlar ko'ringanidek emas, ular o'qilmagan kitob deb bejiz aytishmaganiga yana bir bor guvox bo'ldim...🙂↔️
Kunlar birin-ketin o‘tib borardi. 18-iyun kuni kechqurun telefonim jiringladi. Taeoh edi. Bilardim, bu suhbat oson bo‘lmaydi... Shu sababli o'chirib qo'ydim va multi olamga qaradim...🍃
Unga yozishni istamasdim, ammo shunchaki oddiy stiker tashladim. U esa menga darxol yozib ketdi... Shu kechasi tuni bo‘yi uxlamadik. Yozishdik, gaplashdik, jim qoldik, yana qayta gaplashdik. Ichimda necha oylik og‘irliklar birin-ketin yuzaga chiqayotgandek edi...🍁
— "Juri, men seni qiynab qo‘ydim," dedi u bir mahal.🌊
— "Siz o‘zgardingiz, Taeoh... Men sezdim, boshidanoq seza boshladim o'zgarganingizdayoq. Meni tashlab ketishingizni juda yaxshi tushuna boshladim..." - dedim men ham bo'sh kelmay...🦋
Uzoq jimlikdan keyin u so‘zlarini topib oldi:
— "Men seni sevishni juda xohlardim, ammo... ha mayli. Qanchalik og‘ir bo‘lsa ham, bu haqiqat. Ammo senga doim hurmatim, do‘st sifatidagi qadriyatlarim bor, buni juda yaxshi bilasan..."😊
Bu so‘zlarni o‘qiganimda ko‘zlarimdan yosh chiqib ketdi. Ha, men buni allaqachon his qilgandim. Ammo bevosita undan eshitish... yuragimni tilka-pora qildi. Shu bilan birga, g‘alati yengillik ham his qildim. Go‘yo ichimdagi tugun yechildi.🌸
Aynan o'sha kecha, yangi bir kun kirib keldi... Biz hamon yozishardik. Tong otganda men oynadan chiqayotgan yorug‘likni ko‘rib, ichimdan o‘tdi: “Hammasi tugadi. Endi boshqa yo‘l kutadi meni.” ❄️
Taeoh menga Inho aka haqida gap ochib qoldi....
— Juri, oxirgi bir necha haftada Inho aka ancha o'zgarganlar. Sezdingmi?
— Ha sezdim, nima edi?
— Menimcha seni sevib qolganlar...
— Ha....
— Shundaymi?
— Men ham shunday taxmin qilyapman, - deb yozdim.
— Ho'sh, agar u kishi senga sevgi izxor qilsa qabul qilgan bo'larmiding?
— Inho aka tubdan o'zgarib qolganidan so'ng bu savol meni ko'p bor qiynadi. Bilmadim Taeoh. Axir ularni sevmayman-ku...
— Lekin, u kishi ideal inson. Ota-onasidan ortiq hamma narsasi bor...
— Ha... shu tomonini ham o'yladim. Meni ota-onam... ehh shunday yigitga berisharmikin?
— Menimcha berishadi. Inho aka harakat qilishi kerakda.
— Ha...
— Ho'sh, hozir hal qilamiz. Inho akani sevgisini bugun men bilan qabul qilasan. Inho aka hozir uxlayapti. Yettinchi tushuni ko'ryaptilar. Biz esa Inho va Jurining sevgisini hoziroq boshlaymiz - deb aytib qolsa bo'ladimi Taeoh... 😳
— Voy tentakmisiz? O'zi ko'rib qolsa, o'qib qolsa, nima bo'ladi?
— O'qishi uchun shu yerga belgi qo'yib ketaman. Ertaga kelib aynan shu yerni o'qib chiqadi va bilib oladi, - dedi Taeoh...
— Voy..
— Ishon, bu eng noodatiy munosabat boshlanuvi bo'ladi.
— Ehh Taeoh, nimalar qilyapsiz?
— Menga ishonasanmi?
— Ha...
— Unda Inho akam uchun Ha deysanmi, yo'q deysanmi? Xolisona javobingni ayt..😌
— Taeooh!!!
— Ayt....
Shu tarzda tinmay tortishdik. Bu payt asta sekin qolganlar ham uyg'onib suxbatimizga bir-bir qo'shila boshladi. Jungkook akam qo'shildilar, Hvan Yunjil singlim ham ko'proq qo'shildi. U o'z maslahatlarini berdi. Har bir munosabatlarim boshlanishi oldida doim Yunjil paydo bo'lardi suxbat uchun. Bu gal ham singiljonim o'z maslahatlarini mendan ayamadi...🌹
Yunjil:
— Ho'sh opajon?😍
Taeoh:
— Javob bera qolsang-chiiiii🙂↔️
Men esa o'z qarorimni "Ha" degan so'z bilan bildirdim.😅
Soat sakkizlarga borganda esa Inho akam uyg'ondilar va guruhdagi hamma xabarlarni birma bir o'qiy boshladilar.
Taeohni bu qilgan ishi uchun urushib berdilar keyin. Men esa uni yonini oldim. "O'zingiz ham shu yo'lni tutardingiz. Qachondir sevgi izxor qilardingiz-ku, to'g'rimi" deb vaziyatni yengillashtirdim...❄️
Inho:
— Hammasini rasvo qilibsizlar, bu uchun alohida uchrashuv uyushtiramiz Juri. Ertaga ko'rishamiz va izxorimni o'zim aytaman.... - dedi menga Inho akam.❤️
🌙 Ikkinchi part — Sevgi izhori 🌙
19-iyun kechasi yozishib chiqqanimizdan keyin yuragimda g‘alati yengillik va shu bilan birga hayajon qolgan edi. Ertasi kuni esa Inho aka menga alohida yozdi:
— “Juri, bugun uchrashsak bo‘ladimi?”❤️
Ko‘nglim beixtiyor titrab ketdi. Shoshilinch “ha” deb yozib yubordim. Chunki yuragimda bir narsani his qilar edim — bugun nimadir o‘zgaradi.🫶🏻
Uchrashuv joyimiz yana o‘sha ilk uchrashgan kafemiz edi. Inho aka odatdagidek tartibli, chiroyli kastyumda edi. Lekin bu safar uning ko‘zlarida boshqacha yaltirash bor edi. U yonimga kelganda yuragim qattiq urib ketdi. 😍
U bir zum jim turdi, menga sinchkov qarab, sekin gap boshladi:
— “Bilasanmi, Juri... men odamlarni ko‘p ko‘rdim. Ammo sen... sen boshqacha bo‘lding. Sen bilan gaplashsam, hayotim eng og‘ir kunlarida ham kulishga sabab topaman. Sen meni tinchlantirasan. Hatto jimliging ham menga yoqadi. Xattoki Miani ham bu qadar sevib qolmagan edim...” 😅
Men esa uyalib, yerga qaradim. Qo‘limni beixtiyor titrayotganimni his qildim.🙈
U asta davom etdi:
— “Balki bu gaplarni senga aytish uchun kechikdim. Balki vaqtim noto‘g‘ri bo‘ldi. Yaramas Taeohni deb shunday bo'ldi. Ha, mayli... Lekin hozir men seni qo‘yib yuborolmayman. Men seni yaxshi ko‘rib qoldim, Juri. Ha, men seni sevaman. Juda ham qattiq sevaman...” ❤️
Bu so‘zlarni eshitganimda ko‘zlarim beixtiyor yoshga to‘ldi. Chunki ichimda yillar davomida yig‘ilib qolgan og‘irliklar, qo‘rquvlar, ishonchsizliklar bor edi. Ammo hozir... hozir men yana bir bor ishonishni xohlardim. Garchi juda ko'p bora sevgidan kuygan bo'lsam ham, baribir yana ishonchim ortib bordi qarshimdagi insonni deb...🌊
Men sekin boshimni ko‘tardim va unga qarab jilmaydim:
— “Inho aka... bilasizmi, men sevgidan qochdim. Chunki u meni juda og‘ritdi. Endi sevgiga ancha vaqtga qadar murojat qilolmayman deb o'ylagan edim. Lekin siz... sizga qaraganimda yana ishonishni xohlayman. Agar meni chin yurakdan sevsangiz... men ham sizni sevishga tayyorman. Ammo, shuni biling... Taeohni unutishim uchun bir muddat kerak bo'ladi. ”🥲
Uning ko‘zlari yanada jilvalanib ketdi.
U qo‘llarimni asta ushlab, pichirladi:
— “Demak, bu safar haqiqiy bo‘ladi bu sevging. Men seni asrayman, Juri. Doim meni nazoratimda bo'lasan. So‘nggi marotaba ishon. Va bu ishonching oqlanadi. Men seni hech qachon xafa qilmayman. Taeohni unutishinga kafolat beraman...” 🍃
Men esa chuqur nafas olib, “Ho‘p...” dedim. Oddiy, qisqa, ammo butun yuragimni qo‘shib aytilgan so‘z edi bu.❤️
Shu on... osmon yanada yorqin ko‘ringandek bo‘ldi. Go‘yo butun olam biz uchun quvonayotgandek edi.🫶🏻