AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸
May kunlari issiqroq bo‘la boshlagandi. Daraxtlar yashillikka burkangan, atrofni qushlarning chiroyli sayrashlari to‘ldirardi. Ammo men uchun tabiatning bu go‘zalligi hech qanday ma’no kasb etmasdi. Chunki kunlar o‘tgan sayin Taeoh bilan munosabatimiz tobora sovuqlashib borayotgandi...❄️
Har kuni bir xil: kichkina gapdan tortishuv, yozganimga sovuqqon javob, uchrashuvlarda esa sukunat…🌙
— "Nega bunday bo‘lyapti? Nega endi u menga boshqacha qaraydi? Avvalgi shirin gaplari, mehribon nigohlari qani?" — ichimda shu savollar aylanardi...🧐
15-may kuni esa hammasi oxiriga yetdi.🫀
Biz universitet hovlisida, ko‘pchilikdan biroz chetroqda o‘tirardik. Bahoriy shamol yuzimizni silardi, lekin yuragimda shamol emas, bo‘ron bor edi.🌪
— Taeoh, — dedim past ovozda, — men so‘nggi paytlarda sizni umuman tushunmayapman. Siz menga juda sovuq bo‘lib qoldingiz...?😑
U nigohini qochirdi. Telefoniga qarab, keyin menga ko‘z yugurtirdi.
— Sen juda ko‘p narsani o‘ylab yuboryapsan Juri. Hamma narsa joyida aslida...🙁
— Yo‘q! — dedim qat’iy ohangda. — Hamma narsa joyida emas. Men sizni tany olmayapman. Nega bunchalik uzoqlashib ketyapsiz mendan?😠
U chuqur nafas oldi, so‘ng birdan keskin ohangda gapirdi:
— Sen meni bo‘g‘yapsan! Har kuni shikoyat qilasan, har kuni bir xil gap. Men charchadim.😡
So‘zlari yuragimga xanjardek sanchildi. Ammo men ham sukut saqlay olmadim:
— Men sizni bo‘g‘yapmanmi?.. Men faqat sizni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqyapman xolos. Shu uchun ko'p harxasha qilyapman. O'zingizga ham o'zgarib qolgan inson yoqmaydiku to'g'rimi? Sizga bo'lgan sevgim og‘irlik qilyaptimi?😖😡
Taeoh ko‘zlarini yumib, birdan baqirib yubordi:
— Men seni sevmayman, Juri!🤬
Atrof bir zum jimib qolgandek bo‘ldi. Bizni sal nariroqdagi talabalar ham eshitdi... Quloqlarimda faqat yuragimning og‘ir urishi eshitilardi. Men bu so‘zlarni ichimda ming bor his qilgandim, ammo og‘zidan chiqishini eshitish... bu mutlaqo boshqacha og‘riq edi...🥶
Ko‘zlarimdan yosh otilib chiqdi. Ammo ovozimni titratmay gapirishga urinardim:
— Demak, shundaymi?.. Demak, men uchun yuragizda hali ham sevgi yo‘q? Demak men sizni sevdira olmadim shuncha mehr berib ham? 😢
Taeoh qo‘lini yuziga qo‘ydi, ohista dedi:
— Menda senga nisbatan har qanday tuyg‘ular bor, Juri. Men seni hurmat qilaman, minnatdorman ham. Sen men uchun eng muxim insonsan. Senga mehrim bor… Senga bo'lgan mehrim sevgidan ham ustun... Lekin bu baribir sevgi emas! Men seni alday olmayman ortiq. Kechir meni. Men sevgi bo‘lmasa, chiday olmayman ekan...😶
O‘sha payt ichimda hamma narsa qulab tushdi. Shunday bo‘lishini bilardim, lekin baribir og‘ir edi. Men yuzimdagi yoshlarni artib, so‘nggi jasoratimni yig‘dim:
— Demak, endi hammasi tugadi. Men szini ozod qilaman, Taeoh. Siz baxtingizni boshqadan topishingiz mumkin. Menimcha Chongah yaxshi variant... Men esa… sizlarning yo‘lingizda ortiq mavjud emasman.😊🥲
Oramizda uzun sukut cho‘kdi. Atrofdagi qushlarning sayrashi menga masxara qilayotgandek eshitilardi.🗣
Men asta o‘rnimdan turdim. Qadam tashlar ekanman, yuragimning bir bo‘lagi ortimda qolgandek edi. “Balki bu mening oxirgi sinishim emasdir. Balki sevgi meni boshqa yo‘lga boshlayotgandir…” degan xayolni o‘zimni yupatish uchun takrorlardim. Ammo bu foydasiz edi...💔
Shunday qilib, men va Taeoh yo‘llarimizni ajratdik.😊
Agar batafsil tafsilotlari kerak bo'lsa Leaffly nomli fanfic yozmoqda Taeoh. Uni fanficidan bilib olasiz degan umiddaman...🦋