JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 14-qism 🍃
Kvartirada bahor hali to‘liq sezilmasa-da, yuraklar asta-sekin iliqlashib borayotgandi. Taeoh va Suhon hanuz shu uyda yashardi. Ularning yashash muddati uzoq edi, shuning uchun yangi kelgan mehmonlar doim vaqtinchalik ko‘rinardi. Bir kelib, bir ketishardi. Yana bir mehmon keldi. Ketgan mehmon o‘rnini tezda egalladi.❄️
Bu yigit... Nam Shinyu edi. Katta gavda, jiddiy nigoh, sokin yurish — bular uni ilk ko‘rishda o‘zga sayyoralikdek ko‘rsatardi. Taeoh va Suhon ham boshida u bilan til topishish qiyin bo‘lishidan xavotirda edilar. Ammo Shinyu ularning hayollarini darrov yo‘qqa chiqardi. U sergak, xushmuomala, ko‘ngli toza yigit edi. Birinchi kuniyoq Suhon u bilan hazil qila boshladi. “Kichik bodyguard topib oldik shekilli,” deb kuldi u.😁
Shu orada fakultetda katta xabar tarqaldi. Taeohlarning Ansu ismli kursdoshlari Yaponiyaga maxsus grant yutib olgandi. Bu yo‘llanma orqali u o‘qish, stipendiya, yotoqxona kabi barcha xarajatlardan ozod bo‘lardi. U ketishidan avval, u kafeda kichik ziyofat uyushtirdi. Taxsirlar Jamiyati, Park Jimin va Kim Ako — barchasi yig‘ildi. ✨
Kafedagi joy yetmay, Taeoh va Inho boshqa stolga o‘tirishdi. Jimjimador chaqchaqlar, ortiqcha shovqinlardan yiroq o‘sha stol orqasida, ikki introvert suxbatni boshlashdi. Mavzu... yurak haqidagi edi. Qizlar, sevgi, rad etilish...🦋
Taeoh bir qarorga keldi. Inhoga ishonish mumkinligini his etdi. Inho sukutni yaxshi ko‘rardi. U eshitishni bilardi. Shu bois Taeoh diltori chetidan so‘zlay boshladi. U sevgisining tarixini so‘zlab berdi. Qisqacha, ammo ta’sirli. So‘ngida Kim Jisoo haqida gapirdi. Undan bir necha bor rad javobi olganini, yuragidagi og‘riqni, unutishga harakat qilayotganini...❤️🩹
Inho unga tik qaradi. So‘ng sukutni yorib:
— Siz uni unutishga urinmang. Siz uni... haligi, qo'lini so‘rashingiz kerak. U siz uni sevishingizni endi biladi ekan allaqachon. Siz bu sevgiga rasmiy qadam tashlashingiz kerak. Sovg‘a oling, u bilan yuzma-yuz gaplashing. Yuragingizdagi gaplarni ayting. Natijasi nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zingizni azoblamang. Qizni qo'lini so'rang do'stim! — dedi.🌼
Taeohning yuragi chayqaldi. Ichki ovozlar g‘ovur-g‘ovur edi. “Yana rad etilsam-chi?” deb faryod solar, boshqa tomondan esa umid tomchilatib: “Bu safar... balki boshqacha bo‘lar...”💓
Keyingi kunlarda Inho uni har kuni shu ishni qilishga undab yurdi. “Qani, taxsir, bu safar jasorat bilan yondashamiz. U sizga kerak bo‘lsa, kurashishdan qo‘rqmang.”😈
Taxsirlar Jamiyati ham bu voqeadan boxabar bo‘ldi. Jin aka ham qat’iy aytdi:
— Bir marta urinib ko‘rish zarar qilmaydi. Ko‘nglingda armon bo'lib qolmasin, taxsir.🎯
Chorshanba kuni Inho butun jamiyatni bir joyga to‘pladi.
— Darsdan keyin Jisooga sovg‘a olamiz. Tayyor bo‘linglar, — dedi.😎
O‘sha kuni yigitlar do‘konga borishdi. Gul do‘konida chiroyli buketga buyurtma berishdi. Guldasta, och pushti, oq va yashil ranglardan iborat edi. Har bir gulda nimadir bor edi — ifor, estetik go‘zallik, va... aytilmagan so‘zlar.💐
Suvinerlar do‘konidan esa kichik, ammo beqiyos romantik sovg‘a tanlandi. Ko‘ngildan joy oladigan turkumda. Bu sovg‘alar juma kuni olib ketilishii kerak edi.💫
Ammo chorshanba va payshanba kechalarida Taeohning ruhi notinch edi.🌙
“Men buni eplay olmayman. Uning ota-onasi menga rozi bo‘lmaydi. U mendan katta. Biz boshqa-boshqa dunyolarda yashaymiz. Balki... bu bo'lmag'ur g‘oyadir. Lekin... balki bu mening yagona imkonimdir? Agar kuch topib unga ayta olsam va u ho'p desa nima bo'ladi? Biz birga bo'la olamizmi chindan ham? Bu juda yoqimli-ku, ammo men shuni bilaman-ki katta ehtimol bilan bu safar ham meni rad etadi...”🌗
U yuragini ikki eshik orasida topshira olmay azob chekardi.🔥🫀💧
Juma kuni tong. Inho xabar yozdi:
— Qayerdasiz, taxsir? Sovg‘alarni olishga boramizmi?👀
Taeoh xonadon devorlariga tikilib o‘tirdi. So‘ng, qattiq nafas oldi va javob yozdi:
— Inho... men bir qarorga keldim. Jisooni qo‘lini so‘ramaslikka. Afsusdaman...🙂
Inho uni darrov telefonga chaqirdi. Telefon go‘shagidan shoshilgan ovoz eshitildi:
— Taxsir, iltimos, qayta o‘ylang. Bu sevgining ohangiga quloq tuting. Yuragiz nimani xohlaydi? Jisooni! Yana rad bo‘lish ehtimoli bo‘lsa ham... siz baribir urinib ko‘rishingiz kerak! O'z baxtiz uchun bir marta kurashing jigarim!😐
Ammo Taeoh qat’iy edi.
— Men hozir sizga tushuntiraman, Inho. U mendan bir yosh katta. Uning oilasi... bizga qarshi bo‘ladi. Chunki meni uyim unikidan ancha olisda... Undan tashqari qo'lini so'raydigan darajada bunday jur’atga ega emasman.🙁
Inho sukutga cho‘mildi. So‘ng:
— Ha mayli, bu sizning qaroringiz, taxsir. Lekin... ichingizda bu his tugamagan bo‘lsa, bir kun bu qaroringizni pushaymon qilishingiz mumkin.😄
Taeoh derazaga qaradi. Osmonda oppoq bulutlar suzardi. O'sha do'kondagi guldasta tayyor, sovg‘a tanlangan. Ammo yurak... hali tayyor emas edi. U sevgan insoni oldida ichidagilarni aytishga, jur’at qilishga hali tayyor emas edi.❤️🩹
Ammo sukunat... bu sevgi oxirlaganini bildirmasdi. Balki bu... sevgining yangi bobiga jim kirish bo'lishi mumkindir. 🍃🍓