Yesterday

W I C K E D G A M E 🫟

8-qism 🍁 | #BAHROMIDDIN 🍃

O‘YINNING OXIRGI YURISHI ♟️

2-MAVSUM FINALI ❤️‍🔥

#BAHROMIDDIN 🍃

«Ba’zan inson eng katta jangini dushmaniga qarshi emas, o‘zi ishonishni istagan haqiqatga qarshi olib boradi...» 🥀

I. O‘YIN BOSHLANDI 🎻

Oradan bir necha soat o‘tdi.
Shahar hali uyquga ketmagan, ammo uning eng baland binolaridan biridagi ofisda tun allaqachon o‘z hukmini o‘tkazayotgandi.✨

Min Yoongining rejasiga ko‘ra, bu tun uchta kompaniyaning taqdirini o‘zgartirishi kerak edi. Noutbuk ekranida maxfiy hujjatlar, moliyaviy hisobotlar va ichki yozishmalar birin-ketin ochilardi. Yoongi yaratgan zararli dastur tizimdagi zaifliklardan foydalanib, ma’lumotlarni tashqariga uzatgan, ayrim fayllarning vaqt belgilarini esa ataylab o‘zgartirgan edi.🌒

Endi hech kim qaysi hujjatga ishonish, qaysi dalilni soxta deb hisoblash kerakligini darhol aniqlay olmasdi.🌓

Yoongi stul suyanchig‘iga suyanib, ekrandagi aksiyalar narxining pasayishini kuzatdi.🌑

Uning lablarida sovuq tabassum paydo bo‘ldi.

— Bir haftalik tinchlik... — dedi u o‘zicha. — Shuncha vaqt kerak bo‘ldi, Jungkook. Endi esa hammasini qaytadan boshlaymiz.😏

Telefoniga xabar keldi.

— «Hujjatlar tarqaldi. OAV xabarni e’lon qildi.»

Yoongi xabarni o‘qib, telefonini stolga qo‘ydi.

— Endi ko‘ramiz. Qiyin vaziyatda kim kimga ishonadi?😒

Ekranda uchta kompaniyaning nomi turardi.
KIM TAEOH.🍃
KIM TAEHYUNG. 🐉
JEON JUNGKOOK.🫆

Yoongi ularning har birini alohida mag‘lub etishni istamasdi. U ularning bir-biriga ishonishini imkonsiz qilishni istardi.👥

Chunki u uchun eng katta g‘alaba — dushmanining qulashini ko‘rish emas, uning yonida turishi kerak bo‘lgan insonlardan shubhalana boshlashini tomosha qilish edi.👋🏻

Ammo Yoongi bitta narsani hisobga olmagandi. Bu safar uning qarshisidagi insonlar avvalgidek emasdi. Va ularning har biri o‘z xatolaridan nimanidir o‘rgangandi.☝️🏻

*

II. HAMMA NARSANING NARXI BOR 💻

Ertalab soat 0⃣7⃣:1⃣8⃣

Kim Taeohning telefoniga ketma-ket qo‘ng‘iroqlar kelardi. Jimin allaqachon uning kabinetida edi. Stol ustidagi monitorlarda kompaniya aksiyalari, yangiliklar va favqulodda hisobotlar ochilgan.🌪

— Janob Kim, vaziyat yomonlashmoqda, — dedi Jimin. — Kecha kechqurun maxfiy hamkorlik shartnomamiz internetga joylashtirilgan. Moliyaviy prognozlarimiz ham tarqalib ketibdi. Ayrim OAVlar hujjatlarni noqonuniy bitimlarning isboti sifatida ko‘rsatyapti.‼️

Taeoh ekranga tikildi.

— Bu hujjatlarning aksariyati kontekstdan uzib olingan.🙁

— Bilaman. Lekin odamlar to‘liq hujjatni o‘qishdan oldin sarlavhalarga ishonishadi janob...🌪

Taeoh javob bermadi. Uning ko‘zlari bir sarlavhada to‘xtadi.
— «KIM TAEОH: YANGI HAMKORLIK ORTIDA QANDAY SIRLAR YASHIRIN?»🍃

Keyingi maqolada esa uning o‘tmishdagi munosabatlari haqida yozilgandi. Ba’zi gaplar haqiqat edi. U ilgari bir vaqtning o‘zida bir necha inson bilan munosabatda bo‘lgan, ularga yolg‘on gapirgan va ayrim haqiqatlarni yashirgan edi. Bu uning o‘tmishi edi. U bundan faxrlanmasdi.👨🏻‍💻

Ammo hozir tarqatilgan materiallar shaxsiy hayotidagi eski voqealarni kompaniya hujjatlari bilan aralashtirib, uni har qanday yolg‘onga qodir inson sifatida ko‘rsatishga urinardi.👀

Taeoh ko‘zlarini yumdi.

— Jimin, hech narsani yashirmaymiz. Barcha haqiqiy moliyaviy hujjatlarni mustaqil tekshiruvga topshir. Soxta ma’lumotlarni ham aniqlashsin.🍃

— Janob Kim... Bu bizning ichki ma’lumotlarimizni yanada ko‘proq ochishimizni anglatadi.🌪

— Ha.

— Kompaniya bundan zarar ko‘rishi mumkin.🪐

Taeoh unga qaradi.

— Agar haqiqatni yashirib kompaniyani saqlab qolsak, men aslida nimani saqlagan bo‘laman?🍀

Jimin bir zum jim qoldi.
So‘ng bosh irg‘adi.

— Tushunarli, janob Kim.🐨

Jimin chiqib ketdi. Taeoh telefonini qo‘liga oldi. Chaeyoungning ismi ekranda turardi. U qo‘ng‘iroq qildi.

— Taeoh?🪻

— Xabarlarni ko‘rdingmi?🍃

Narigi tomonda qisqa sukut cho‘kdi.

— Ha.

— Chaeyoung, men senga tushuntirishim kerak bo‘lgan narsalar bor. Lekin bu safar o‘zimni oqlash uchun qo‘ng‘iroq qilmayapman. Nima so‘rasang, javob beraman. Nima bilishni istasang, yashirmayman.❤️

— Men hozir senga savollar berishga tayyor emasman, Taeoh.❤️‍🔥

Uning ovozi sokin edi, ammo bu sokinlik ortida og‘riq borligi sezilib turardi.

— Tushunaman.🙂

— Yo‘q, menimcha, hali to‘liq tushunmaysan. Men seni sevaman. Lekin seni sevishim sen qilgan hamma ishni to‘g‘ri deb qabul qilishim kerakligini anglatmaydi.❤️‍🔥

Taeoh boshini egdi.

— Bilaman.🙂

— Menga sening mukammal inson ekaning kerak emas. Menga rostgo‘y bo‘lishing kerak. Hatto haqiqat seni yomon ko‘rsatadigan bo‘lsa ham.🍃

— Endi tushundim.🪻

— Umid qilamanki, bu safar haqiqatan ham tushunding.🪷

Aloqa uzildi. Taeoh telefonni sekin stolga qo‘ydi. U Chaeyoungni yo‘qotishdan qo‘rqardi. Lekin bu safar uni ushlab qolish uchun yolg‘ondan foydalanmaslikka qaror qildi.🌿

Chunki ayrim munosabatlarni saqlab qolishning yagona yo‘li — ularni yo‘qotish xavfiga qaramay, haqiqatni aytish edi.🍀

*

III. UCH KOMPANIYA, BIR DUSHMAN ♟️

Soat 1⃣0⃣:1⃣5⃣

Jungkookning kompaniyasida favqulodda yig‘ilish boshlandi. Jungkook stolning boshida o‘tirar, Sena esa uning o‘ng tomonida hujjatlarni ko‘zdan kechirardi. Lisa katta ekranda tizimga oid ma’lumotlarni ko‘rsatdi.🚻

— Hujjatlar bizning tarmoq orqali ko‘chirilgandek ko‘rsatilgan, — dedi Lisa. — Lekin kirish qaydlarida g‘alati nomuvofiqliklar bor. Ayrim vaqt belgilari o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin.☹️

Sena unga qaradi.

— Demak, kimdir izlarni ataylab bizga olib kelgan.😏

— Shunday ehtimol bor Sena xonim...❤️‍🩹

Jungkook barmoqlarini stolga urdi.

— Bizga taxmin emas, dalil kerak.😒

Sena unga tikildi.

— Unda dalillarni mustaqil tekshirtiramiz. Faqat o‘zimizga qulay bo‘lgan natijani kutmaymiz🙂

Jungkook singlisining, aniqrogʻi endilikdagi juftining yuziga qaradi. So‘ng sekin bosh irg‘adi.

— To‘g‘ri.🫆

Bu kichik javob Senani hayratga soldi. Ilgari Jungkook bunday vaziyatda hamma narsani o‘zi nazorat qilishga urinardi. Endi esa u boshqa insonning fikrini qabul qilishni o‘rganayotgandi.🫀

Eshik ochildi. Taeoh va Taehyung kirib kelishdi. Taehyungning yuzidan jahli chiqib turgani bilinardi.🐉

— Demak, yana bir bor hamma narsani birgalikda hal qilamizmi? — dedi u.🕸

Jungkook unga qaradi.

— Agar xohlamasang, ketishing mumkin. Oʻzi muammolarimiz yetarli...🫤

— Men ketmoqchi emasman. Men shunchaki bu safar kimga ishonayotganimni bilmoqchiman.☹️

Xona jimib qoldi.
Taeoh o‘rtaga chiqdi.

— Biz bir-birimizga ishonishimiz shart emas. Hozircha. Biz dalillarga ishonishimiz kerak.🍃

Taehyung unga qaradi.

— Agar dalillar Jungkookning kompaniyasini ko‘rsatsa-chi?🙃

— Unda Jungkook javob beradi.🙂

— Agar dalillar seni ko‘rsatsa-chi?😏 - dedi Jungkook oʻzining keskin ohangi bilan.

Taeoh bir zum ham ikkilanmadi.

— Unda men javob beraman.🙂

Jungkook ko‘zlarini pastga tushirdi. U bu so‘zlarni eshitishga haqli ekanini bilardi. Chunki o‘tmishda aynan u boshqalarning ishonchini buzgan, ularning hayotiga aralashgan va o‘z qarorlarini to‘g‘ri deb hisoblagan edi.🍃

— Men sizlardan menga darhol ishonishingizni so‘ramayman, — dedi Jungkook. — Faqat haqiqatni topgunimizcha, bir-birimizni aybdor deb e’lon qilmaylik.😑

Taehyungning nigohi biroz yumshadi, lekin shubha hali ham bor edi.

— Bu faqat birinchi qadam, Jungkook.😄

— Bilaman.🙃

Sena hujjatlarni yopdi.

— Unda boshlaymiz. Bizning dushmanimiz aynan biz bir-birimizga ishonmay qolishimizni kutayotgan bo‘lsa, unga bu imkoniyatni bermaymiz.😕

Taeoh bosh irg‘adi.

— Lisa, Jimin bilan bog‘lan. Ular yangi xavfsiz ma’lumot almashish tizimini ishlab chiqishayotgandi. Barcha kirish qaydlarini bir joyga yig‘ishimiz kerak.👌🏻

Lisa darhol telefonini oldi.
O‘yin endi faqat moliyaviy kurash emasdi.
Bu kim birinchi bo‘lib haqiqatni topishi haqidagi poygaga aylangandi.🙌🏻

*

IV. O‘TMISH BILAN SO‘NGGI SUHBAT 🌙

O‘sha kuni kechqurun Taehyung uzoq vaqt mashinasida o‘tirib qoldi.🏎

Uning telefonida Juri ismi turardi.
Bir vaqtlar shu ismning o‘zi uning butun kayfiyatini o‘zgartirishga yetardi. Juri uning hayotidan ketganida, Taehyung uzoq vaqt nima uchun bunday bo‘lganini tushunishga uringandi.🌙

Endi esa u o‘zidan boshqa savol so‘rardi. Men uni hali ham sevamanmi yoki o‘sha paytdagi o‘zimni sog‘inyapmanmi? U telefonni ko‘tardi va qo‘ng‘iroq qildi.💫

— Alo?

Juri ovozini darhol tanidi.

— Taehyung?

— Gaplashishimiz mumkinmi?

Qisqa sukutdan so‘ng Juri manzil yubordi. Bir soatdan keyin ular konsert zalining bo‘sh sahnasi yonida uchrashishdi. Juri repetitsiyadan keyin qolgan, atrofda faqat sahna chiroqlarining xira nuri bor edi.🌸

Taehyung uni ko‘rganida, yuragida eski og‘riq uyg‘ondi. Ammo bu safar o‘sha og‘riq uni ortga qaytarishga yetmadi.✨

— Uzoq vaqt bo‘ldi, — dedi Juri.🌸

— Ha.🐉

— Seni ko‘rganimda nima deyishni bilmayman deb o‘ylagandim.🌸

Taehyung achchiq jilmaydi.

— Men esa ko‘p yillar davomida senga aytadigan gaplarimni tayyorlab yurgandim.🐉

Juri nigohini undan uzmadi.

— Endi-chi?🌸

— Endi ularning ko‘pi ahamiyatini yo‘qotgan.🐉

Juri sekin nafas oldi.

— Men o‘sha kuni ketganimda, seni qanchalik ranjitganimni bilardim. Lekin baribir ketdim. O‘zim tanlagan yo‘lni yo‘qotishdan qo‘rqdim.🌸

— Men buni tushunishga ko‘p urindim, — dedi Taehyung. — Ba’zan seni aybladim. Ba’zan o‘zimni. Ba’zan esa, agar o‘sha kuni boshqacha gapirganimda, hammasi o‘zgararmidi, deb o‘yladim.🐉

— O‘zgargan bo‘larmidi?🌸

Taehyung uzoq sukut saqladi.

— Balki. Lekin biz o‘sha paytdagi qarorlarimiz bilan bugungi hayotimizga keldik. Men endi butun umr «balki» bilan yashashni istamayman.🍀

Juri ko‘zlarini yumdi.🌸

U bu suhbatdan qo‘rqardi. Chunki bir paytlar Taehyungning hayotida o‘zi uchun ajratilgan o‘rinni hech kim egallay olmaydi, deb o‘ylagandi.❄️

Ammo hayot davom etgandi.

— Hayotingda boshqa inson bormi? — deb so‘radi u nihoyat.🌙

Taehyung bir oz jilmaydi.

— Bor.✨

Juri uning yuzidagi ifodani kuzatdi.

— Uni sevasanmi?⚡️

— Hali bu so‘zni aytishga shoshilmayman. Lekin uning yonida bo‘lganimda, o‘zimni kimlargadir nimanidir isbotlashga majbur his qilmayman. Men shunchaki o‘zim bo‘la olaman.🪷

Juri ko‘zlarini pastga tushirdi.

— Demak, sen ham oldinga yuribsan.🌼

— Men harakat qilyapman.🌗

Bir necha soniya ular jim turishdi.
So‘ng Juri unga qo‘lini uzatdi.

— Men seni bir paytlar chin dildan sevganman, Taehyung. Buni tan olishga kechikkan bo'lsam ham. Bu haqiqatni bilishinga endi ancha kech bo'lsa ham. Buni shunchaki senga bildirishni istadim.🫴🏻

Taehyung uning qo‘lini ushladi.

— Men ham seni.🤝

Ular bir-biriga qarab jilmayishdi. Bu tabassum ortida alam bor edi, ammo endi ularni ushlab turadigan umidsiz kutish yo‘q edi.😊

— Baxtli bo‘l, — dedi Juri.😅

— Sen ham, Juri.🙂

Taehyung zalni tark etdi.
Bu safar u ortiga qaramadi.
Tashqarida telefoniga xabar keldi.
Jisoo:
— «Ishlaringiz qanday? Bugun sizga biroz dam olish ham kerakdir.»🫢

Taehyung bir zum ekranga qarab turdi. So‘ng javob yozdi.

Taehyung:
— «Bugun bir sahifani yopdim. Agar vaqtingiz bo‘lsa, qolgan kechani siz bilan o‘tkazishni istardim. Ish haqida emas.»🌝

Jisoo tezda javob qaytardi.

Jisoo:
— «Unda bu safar telefoningizni stolga teskari qo‘ying, janob Kim.»😁

Taehyung beixtiyor kulib yubordi.

Taehyung:
— «Kelishdik.»😍

U mashinasini ishga tushirdi.
Ba’zi hikoyalar qayta boshlanish uchun emas, insonni yangi hikoyaga tayyorlash uchun tugaydi....🐉🪷

*

V. CHAЕYOUNGNING TANLOVI 🥀

Taeoh va Chaeyoung kechqurun daryo bo‘yidagi sokin kafeda uchrashishdi.🌊

Chaeyoung deraza yonida o‘tirgan, qo‘llarini issiq piyola atrofida tutib turardi. Taeoh uning qarshisiga kelib o‘tirdi.☕️

— Nixoyat kelding, — dedi Chaeyoung.😇

— Kelmaslikka haqqim yo‘q edi.🙂

— Bu uchrashuvda hamma narsani hal qilamiz deb o‘ylama.🌝

— O‘ylamayapman.🌚

Taeoh sumkasidan hujjatlar solingan papkani chiqardi.

— Bular mening o‘tmishimga oid barcha ma’lumotlar emas. Lekin sen bilishing kerak bo‘lgan narsalarni tartiblab chiqdim. Men haqimda boshqa insonlardan eshitishingni istamayman.😅

Chaeyoung papkaga qaradi, ammo uni darhol ochmadi.

— Nega buni oldin qilmaganding?😁

Taeoh javob berishga shoshilmadi.

— Chunki sen meni qanday ko‘rishingdan qo‘rqdim. Men o‘zimni o‘zgartirganman deb o‘ylardim. O‘tmishimni aytsam, sen faqat avvalgi insonni ko‘rasan deb qo‘rqdim.🍃

— Lekin men haqiqatni bilmasam, seni qanday tanlashim mumkin edi, Taeoh?🪻

Bu savol uning yuragiga og‘ir botdi.

— Tanlay olmasding, — dedi u nihoyat. — Men senga bu imkoniyatni bermadim. Bu mening xatom.🌿

Chaeyoungning ko‘zlari namlandi.

— Men seni sevaman. Shu sababli bu menga bunchalik og‘ir botyapti. Agar sen men uchun hech narsa anglatmaganingda, balki bu qadar ranjimasdim.🍂

Taeoh qo‘llarini birlashtirdi.

— Men sendan bugunoq meni kechirishingni so‘ramayman.🌱

— Unda nimani istaysan?🍀

— Haqiqatni bilishingni. Keyin esa o‘zing uchun to‘g‘ri deb bilgan qarorni qabul qilishingni.🍁

Chaeyoung uzoq vaqt unga qarab turdi. U Taeohni mukammal deb o‘ylamagandi. Ammo uning ko‘zlarida birinchi marta o‘z xatolaridan qochmayotgan insonni ko‘rayotgandi.💐

— Men sen bilan qolishni istayman, — dedi u nihoyat. — Lekin bu hammasi avvalgidek bo‘ladi degani emas.😊

Taeohning ko‘zlarida umid paydo bo‘ldi.

— Bilaman.😄

— Ishonchni qaytadan qurishimiz kerak. Sen menga faqat yaxshi kunlarda emas, noqulay haqiqatlar oldida ham rost gapirishing kerak.☺️

— Va’da beraman.😄

Chaeyoung boshini chayqadi.

— Va’da berish oson. Men amallaringni ko‘rmoqchiman.🌝

— Unda amallarim bilan ko‘rsataman.🌚

Chaeyoung uning qo‘lini sekin ushladi.

— Men ham o‘tmishingni unutishga majbur emasman. Lekin seni faqat o‘tmishing bilan o‘lchashni ham istamayman.❤️

Taeohning ko‘zlari namlandi.
U Chaeyoungning qo‘lini mahkam siqdi, ammo bu safar hech narsani tezlashtirishga urinmadi.
Ular kafedan birga chiqishdi.
Tashqarida mayin yomg‘ir yog‘ardi. Chaeyoung soyabonni ochdi va Taeohga yaqinroq turdi.☔️

— Taeoh?🍃

— Ha?🪻

— Meni yana ranjitsang, bu safar o‘zingga o‘zing tushuntirish berasan.🍃

Taeoh kulib yubordi.

— Bu juda qo‘rqinchli ogohlantirish ekan.🪻

— Shunday bo‘lishi kerak.🍃

Ular birga yurib ketishdi.
Bu hali mukammal muhabbat emasdi.
Bu — haqiqatni bilgan holda davom ettirishga qaror qilingan muhabbat edi.❤️‍🔥

*

VI. HAQIQATNING IZLARI 🖥️

Ertasi kuni ertalab Lisa va Jimin kompaniyalararo xavfsiz tizimning tekshiruv natijalarini ko‘rib chiqish uchun uchrashishdi.👥

Ular so‘nggi haftalarda ishlab chiqqan yangi platforma aynan shunday vaziyatlarda ma’lumotlarning o‘zgarishini va kirish tarixini taqqoslash uchun mo‘ljallangan edi.👤

Jimin monitorni Lisa tomonga burdi.

— Mana bu yerga qarang. Hujjatlar tashqariga uzatilgan vaqt bilan tizimda ko‘rsatilgan vaqt bir-biriga mos kelmaydi.👀

Lisa qoshlarini chimirdi.

— Demak, qaydlar o‘zgartirilgan.👁👁

— Shunday ko‘rinadi. Bundan tashqari, zararli dastur eski xizmat hisobidan foydalanibdi. O‘sha hisob yangi tizim o‘rnatilgandan keyin ham o‘chirilmagan.🫀

— Ammo bu hisob kim tomonidan ishlatilganini hali bilmaymiz.👨🏻‍💻

— To‘g‘ri. Shuning uchun serverdagi asl nusxalarni va zaxira qaydlarini tekshirishimiz kerak.🙆🏻‍♀

Lisa bosh irg‘adi. Ular bir necha soat davomida ishlashdi. Nihoyat, Jimin alohida saqlangan zaxira qaydlaridan birini ochdi.📝

Uning yuzidagi ifoda o‘zgardi.

— Lisa... Bu oddiy ma’lumot sizib chiqishi emas.😟

Ekranda bir nechta kirish urinishlari, o‘zgartirilgan vaqt belgilari va ma’lumotlarni uzatish yo‘llari ko‘rinardi.💻

Lisa fayllarni birma-bir tekshirdi.

— Kimdir bizni bir-birimizni ayblashga majbur qilmoqchi bo‘lgan.🎻

— Va bu odam tizimning zaif tomonlarini yaxshi biladi.🎻

Ular barcha natijalarni nusxalab, mustaqil kiberxavfsizlik ekspertlariga yuborishdi. Tekshiruv davomida zararli dastur izlari va ma’lumotlar uzatilgan manbalar o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi.🌬

Biroq eng muhim dalil hali yetishmasdi: hujumni aynan kim boshqarganini tasdiqlovchi ma’lumot.📄

Jimin Taeohga qo‘ng‘iroq qildi.

— Janob Kim, bizda jiddiy dalillar bor. Hujum ataylab uch kompaniya o‘rtasidagi ishonchni buzish uchun uyushtirilgan. Hozircha aybdorning shaxsini mustaqil tekshiruvsiz tasdiqlay olmaymiz.🙂

— Barcha ma’lumotlarni saqlang. Hech narsani o‘chirmang yoki o‘zgartirmang.😏

— Tushunarli.🙃

— Va Jimin... yaxshi ish qilding.😁

Jimin bir zum jim qoldi.

— Rahmat, janob Kim.😄

Qo‘ng‘iroq tugadi.
Lisa unga qarab jilmaydi.

— Demak, bu safar biz haqiqatan ham biror narsani o‘zgartirdik.🌝

Jimin monitorni yopdi.

— Hali ish tugamadi.🌚

— Bilaman. Lekin endi bizda taxmin emas, dalil bor.🌝

Lisa qo‘lini uzatdi.

— Hamkorlik davom etadimi yoqimtoy Park ?🤝

Jimin uning qo‘lini siqdi.

— Ha. Bu safar yanada ehtiyotkorroq bo'lamiz goʻzal Manobal...🤝

Ularning oldida hali ko‘p ish bor edi. Ammo endi ular shunchaki ma’lumot almashayotgan ikki xodim emas, bir-biriga ishongan hamkorlar edi.😻

*

VII. MIN YOONGI — OXIRGI UCHRASHUV 🥶

Shahar chetidagi tashlandiq omborxonada Min Yoongi deraza yonida turardi.🎻

Uning rejasi kutilganidek ishlagandi, ammo voqealar nazoratidan chiqib ketayotgandi.🎻

Telefonida yangi xabar paydo bo‘ldi.

— «Tizimdagi buzilishlar aniqlandi. Hujjatlarning asl nusxalari tiklanmoqda.»🎭

Yoongining jag‘i taranglashdi.

— Yo‘q...😏

U noutbukni ochib, ma’lumotlarni o‘chirishga urindi. Ammo ayrim nusxalar allaqachon mustaqil tekshiruv uchun saqlab qo‘yilgan edi.👤

Telefon yana jiringladi. Bu safar Jungkook qo‘ng‘iroq qilayotgandi. Yoongi bir necha soniya ekranga qarab turdi-da, javob berdi.

— Nima bo‘ldi, Jungkook? Meni sog‘indingmi?😈

— Qayerdaligingni bilaman, — dedi Jungkook sovuq ohangda. — Bu safar qochib qutulmaysan😵‍💫.

Yoongi kuldi.

— Meni qo‘lga olmoqchimisan? Buning uchun daliling bormi?😆

— Bor. Va uni tekshiruvchilarga topshirdik.😁

Yoongining tabassumi asta so‘ndi.

— Sen hali hammasini tushunmading, Jungkook. Men faqat kompaniyangni qulatmoqchi emasdim.🙂

— Bilaman. Sen bizni bir-birimizga qarshi qo‘ymoqchi eding.😏

— Chunki sizlarning do‘stligingiz doim yolg‘on edi! — Yoongining ovozi birdan ko‘tarildi. — Bir-biringizga xiyonat qildingiz, sirlaringizni yashirdingiz, o‘zingizni oqlash uchun boshqalarni aybladingiz. Men shunchaki hammangizga asl yuzingizni ko‘rsatdim!😑

Jungkook bir muddat jim qoldi.

— Balki bizning do‘stligimizda yolg‘onlar bo‘lgandir. Men ham xato qilganman. Senaga ham, Taeohga ham, Taehyungga ham zarar yetkazganman.🫆

Yoongi istehzo bilan kuldi.

— Nihoyat tan oldingmi?💀

— Ha. Lekin men xatolarimni tan olganim uchun boshqa odamlarning hayotini barbod qilishim shart emas.👁👁

— Sen ham o‘zingni qahramon deb o‘ylaysanmi?🤒

— Yo‘q. Men shunchaki qilgan ishlarim uchun javob berishni o‘rganyapman. Sen esa hali ham hamma narsaga boshqalarni ayblayapsan.🤨

Aloqa uzildi. Yoongi telefonni yerga tashladi. Uning ko‘zlarida g‘azab chaqnadi. U hamma narsani yo‘qotgandek his qilardi. Ammo o‘zini jabrlangan deb bilishi uning qilgan ishlarini oqlamasdi.😡

Omborxonaning temir eshigi ochildi. Jungkook ichkariga kirdi. Uning ortidan Taeoh, Taehyung va bir nechta huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar ko‘rindi.👥👥

Yoongi joyidan qimirlamadi.

— Demak, hammangiz birga kelibsizlar.😆

Taeoh unga tikildi.

— Biz haqiqatni topish uchun keldik...🍃

— Haqiqat? — Yoongi achchiq kuldi. — Har biringiz o‘zingizga qulay bo‘lgan haqiqatni tanlaysiz!🎻

Taehyung bir qadam oldinga chiqdi.

— Balki avval shunday bo‘lgandir. Lekin bu safar hujjatlar gapiradi.🐉

Xodimlardan biri Yoongiga yaqinlashdi.

— Min Yoongi, kompaniyalar ma’lumotlariga noqonuniy kirish, maxfiy hujjatlarni tarqatish va tekshiruvga aloqador boshqa ehtimoliy qonunbuzarliklar yuzasidan siz bilan birga borishimiz kerak.🙂

Yoongi Jungkookka qaradi.

— Sen meni yutdim deb o‘ylayapsanmi?😏

Jungkookning yuzida na g‘alaba tabassumi, na qasos istagi bor edi.

— Yo‘q. Men faqat bu o‘yinni davom ettirmaslikni tanlayapman.🫆

Yoongi unga uzoq tikildi. So‘ng xodimlar bilan birga tashqariga chiqdi. Taeoh chuqur nafas oldi. Taehyung esa Jungkookning yelkasiga qo‘l qo‘ydi.🫳🏻

— Hammasi tugadimi?🤨

Jungkook bir oz o‘ylanib turdi.

— Yo‘q. Biz yetkazilgan zararni tuzatishimiz, kompaniyalarni tiklashimiz va qilgan xatolarimiz bilan yuzlashishimiz kerak.☹️

— Demak, hali ishimiz ko‘p, — dedi Taeoh.🍃

Jungkook bosh irg‘adi.

— Juda ko‘p.🫆

Ular omborxonadan birga chiqishdi. Bu safar hech kim g‘alaba haqida gapirmadi. Chunki ular tushunib yetishgandi: ayrim janglarda g‘alaba — raqibingni yerga yiqitish emas, o‘zing yana kimga aylanishni tanlashdir.🦁

*

VIII. YANGI BOSHLANISH 🌅

Oradan uch hafta o‘tdi.

Kompaniyalar faoliyati asta-sekin tiklana boshladi. Mustaqil tekshiruv natijalari tarqatilgan hujjatlarning bir qismi soxtalashtirilgani va ma’lumotlar tizimdagi zaifliklardan foydalanib olib chiqilganini tasdiqladi.🌃

Jungkook va Sena kompaniyalarini saqlab qolish uchun ko‘p ishlashdi. Ular ota-onalaridan qolgan merosni davom ettirishga, shu bilan birga o‘z qarorlarini mustaqil qabul qilishga harakat qilishdi.🌄

Bir kuni kechqurun Sena Jungkookning kabinetiga kirdi.
Jungkook deraza yonida turib, shahar chiroqlariga qarardi.

— Hali ham ishlayapsanmi? — so‘radi Sena.😊

— Hujjatlar tugamayapti yagonam...🫆

Sena uning stoliga ikki piyola qahva qo‘ydi.

— Sen har doim hamma narsani yolg‘iz ko‘tarishga urinarding. Buni doim sezganman yaramas yigitcha...🎸

Jungkook unga qaradi.

— Bilaman.⚡️

— Endi bunday qilma. Men sening singlingman. Lekin bu men hech narsani o‘zim hal qila olmayman degani emas.✨

Jungkookning lablarida charchoq aralash tabassum paydo bo‘ldi.

— Sen haqsan.🌚

Sena hayrat bilan qoshlarini ko‘tardi.

— Buni yana ayt. Yozib olishim kerak.🌝

Jungkook kulib yubordi.

— Haddan oshma qizaloq....😄

Ular birga kulishdi.
Bu kichik lahza ularning hayotida katta o‘zgarish borligini ko‘rsatardi. Ular ota-onalarini qaytara olmasdi. O‘tgan og‘riqlarni ham o‘chirib tashlay olmasdi.❤️

Ammo ular bir-birini yo‘qotmaslikni o‘rganishayotgandi.❤️‍🔥

Boshqa tomonda, Taeoh va Chaeyoung daryo bo‘yida sayr qilishardi. Chaeyoung uning qo‘lidan tutdi.👐🏻

— Taeoh?

— Ha?

— Men seni darhol kechirdim deb ayta olmayman.😍

Taeoh bosh irg‘adi.

— Buni kutmayman.😄

— Lekin men sen bilan davom etishni istayman.🌝

U Taeohga qarab jilmaydi.

— Faqat bir shart bilan.🌝

— Yana qo‘rqinchli ogohlantirishmi?🌚

— Har doim haqiqat.🌝

Taeoh uning qo‘lini mahkam ushladi.

— Har doim haqiqat.🌚

Bu safar u so‘zlarini chiroyli eshitilishi uchun aytmagandi.
U ularga amal qilishga qaror qilgandi. Shu kuni Taehyung Jisoo bilan kichik bir restoranda uchrashdi. Ish haqida gaplashishmadi. Jisoo undan bolalikdagi orzularini, nimadan qo‘rqishini va qanday hayot kechirishni istashini so‘radi.🪷

Taehyung uzoq vaqtdan beri hech kim bilan bunday suhbatlashmagandi.🐉

— Men ilgari o‘tmishimni unutishim kerak deb o‘ylardim, — dedi u. — Endi esa uni unutish shart emasligini tushunyapman.🌚

Jisoo jilmaydi.

— O‘tmishingiz sizning bir qismingiz. Lekin u sizning butun hayotingiz emas.🌝

Taehyung uning qo‘liga qaradi. So‘ng ehtiyotkorlik bilan qo‘lini uzatdi. Jisoo uning qo‘lini ushladi. Ular bir-birlariga katta va’dalar berishmadi. Hozircha shu yetarli edi. Ba’zan yangi boshlanish uchun butun dunyoni o‘zgartirish shart emas. Ba’zan faqat bir insonning yonida qolishni tanlash kifoya.❤️

*

IX. OXIRGI UCHRASHUV ♟️

Yakshanba kuni kechqurun Taeoh, Taehyung, Jungkook va Sena bir paytlar ko‘p vaqt o‘tkazgan eski kafeda uchrashishdi.🫀

Ular uzoq vaqt bir stol atrofida o‘tirishmagandi. Dastlab suhbat biroz noqulay kechdi. Har birining xayolida aytilmagan gaplar, eski xotiralar va hali to‘liq bitmagan yaralar bor edi.🫶🏻

Nihoyat, Jungkook qo‘lidagi piyolani stolga qo‘ydi.

— Men sizlardan bir narsani so‘ramoqchiman.😄

Taehyung unga qaradi.

— Yana nima qilding?🌚

Jungkook kuldi.

— Bu safar hech narsa.😄

Taeoh ham jilmaydi.

— Gapir.😁

Jungkook chuqur nafas oldi.

— Men ilgari do‘stlikni nazorat qilish mumkin deb o‘ylardim. Kim kim bilan gaplashadi, kim kimga yaqin bo‘ladi, kim qanday qaror qabul qiladi... Hammasiga aralashishim mumkin deb o‘ylardim.😅

U Senaga bir qarab oldi.

— Men shu sababli ko‘p insonlarni ranjitdim. Va ba’zan xatolarimni tan olish o‘rniga, o‘zimni oqlashga urindim. Buning uchun uzr so‘rayman.🎸

Sena sekin bosh irg‘adi. Taehyung esa Jungkookka uzoq tikildi.

— Men hali ham senga hamma narsada ishonaman deb ayta olmayman.🤣

Jungkookning yuzida xafalik ko‘rinmadi.

— Buni tushunaman ogʻayni...😁

— Lekin men ham o‘tmishda qolib ketishni istamayman.🌚

Taeoh qo‘lini stol ustiga qo‘ydi.

— Unda boshidan boshlaymiz.🌝

Jungkook unga qaradi.

— Bu safar yolg‘onlarsiz?😄

Taeoh uning qo‘lini siqdi.

— Bu safar haqiqat bilan.🍃

Taehyung ham qo‘llarini ularning ustiga qo‘ydi.

— Va hech kim boshqasining hayotini o‘zi uchun hal qilmaydi.✊🏻

Sena jilmayib, ularning qo‘llariga o‘z qo‘lini qo‘shdi.

— Kelishdik.👊🏻

Ular bir-biriga qarab kulishdi.
Tashqarida yomg‘ir yog‘a boshladi.
Bir vaqtlar ularning do‘stligini parchalagan yolg‘onlar, shubhalar va xatolar yo‘qolib ketmagandi. Lekin endi ular o‘sha xatolarni takrorlamaslik uchun birgalikda harakat qilishni tanlashgandi.🫀

Ular kafedan chiqishganda, shahar chiroqlari yomg‘ir ostida yaltirardi. Taeoh Chaeyoungga qo‘ng‘iroq qildi.🗣

Taehyung Jisoodan kelgan xabarni o‘qib jilmaydi. Jungkook Senaning yonida yurib, uning yo‘lidan kelayotgan mashinani ko‘rib, bir qadam orqaga chekindi.❤️

— Ehtiyot bo‘l, yagonam — dedi u.😍

Sena kulib qo'ydi.

— Xavotir olma. Men o‘zim ham qaray olaman gʻalati yigit...🌚

Jungkook bosh irg‘adi.

— Bilaman goʻzalim...🌝

Va bu safar u haqiqatan ham "singlisi"ga ishongandi.❤️‍🔥

*

X. WICKED GAME — SO‘NGGI KADR 🖤

Tun yarmidan oshgandi.
Shaharning boshqa bir burchagida, chiroqlari o‘chirilgan bo‘sh xonada noutbuk ekrani yonib turardi. Ekranda bir nechta papka ochiq edi. — "TAEOH — CLOSED"🍃

"TAEHYUNG — CLOSED"🐉

"JUNGKOOK — CLOSED"🫆

"SENA — CLOSED"🎸

Ularning har biri yonida bitta so‘z yozilgandi:

COMPLETED.✅

Ekran bir necha soniya jim turdi.
So‘ng barcha papkalar yopildi.
Yangi hujjat ochildi.

"PROJECT: COLLAPSE"❗️

Uning ostida esa yangi satr paydo bo‘ldi.

«BIRINCHI O‘YIN YAKUNLANDI.»‼️

Bir necha soniyadan so‘ng ikkinchi satr yozildi:

«KEYINGI O‘YINDA — HECH KIM AYBSIZ EMAS.»❕

Faqat so‘nggi xabar qoldi.

«ISHONCH — ENG XAVFLI GAROV.»💢

Bir zumdan keyin ekran butunlay o‘chdi.

*

W I C K E D G A M E 🎯
SEASON 2 — THE END 🥀

«O‘yin tugashi mumkin. Ammo insonning tanlovlari uning ortidan uzoq vaqt ergashadi.»🌚

#BAHROMIDDIN 🍃

Bu fanficni gavdalantirishda, 2-mavsumda ham oʻz xissasini qoʻshgan #Sena, #Juri, #Sara, #Yunjil va #Lin_Yui larga rahmat aytaman...🍃

Uchunchi mavsum PROJECT COLLAPSE da ko'rishguncha...🌚🫶🏻