July 22

COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃

🔸 7-qism: "Multi Olam" 🔸

Kim Seok Jin "Multi Olam" guruhiga qo‘shilganidan beri u o‘zini butunlay boshqa hayotda his qilar edi. Guruh a'zolari bir-biriga dalda berar, postlar esa har kuni yangilanardi. 💓

Park Soheening yozgan har bir gapini u diqqat bilan o‘qir, hatto harflaridan ortidagi hislarni sezishga harakat qilardi. Bir kuni u guruhdagi faollardan biri, Park Armin ismli qizga shaxsiy yozdi. 🕊

— Salom. Kechirasiz, bezovta qildim. Men Sohee haqida yozmoqchi edim. Uni juda qattiq sevib qoldim. Biz Pusanda tasodifan uchrashib qolgan edik. Iltimos, menga yordam bering...🕸

Armin hayron qoldi, ammo Seok Jinning samimiy ohangini sezdi. Unga shunday yozdi:
— Jin aka, men sizga yordam beraman. Sohee singlim biroz sovuqroq, lekin yuragi juda iliq qiz. Unga ehtiyotkorlik bilan yondashing.🕷

Oradan bir kun o‘tdi. Yana bir xabar keldi:
— Bizda guruhning asoschisi bor, Kim Taeoh. U ham bu ishda sizga yordam beradi.🍃

Taeoh yozdi:
— Salom Seok Jin aka, men ham guruh egasi va Soheening akasi sifatida yordam berishga tayyorman. Bir yildan beri bu guruhda u. Men uni yaxshi bilaman. Armin bilan birgalikda uni ko‘ndiramiz. 🌚

Ular urunib ko'rishdi. Seokjin ham tinmay yozdi. Taeoh va Armin ham yordam qo'lini cho'zishdan to'xtashmadilar. Foyda bo'lmayotganidan so'ng Seokjin 2 do'stini guruhga qo'shishga qaror qildi.🦋

Shu payt Su Hon birinchi bo‘lib rozilik bildirdi:
— Men tayyorman. Do‘stim uchun hammasini qilaman!
In Ho esa faqat doimgidek sukud orqali rizolik berdi. ❄️

Hamma Soheeni ko'ndirishga harakat qilardi. Inho va Suhon ham do'stlari uchun kuyib pishdilar. Ayniqsa Suhon qilgan ishi uchun uzr so'rashga ham majbur bo'ldi.🌓

Sohee esa guruhga so'ngi so'zini yozdi:
— Menga 24 soat beringlar maylimi? O'ylab olay. Meni shoshiltirib qo'ydingiz) 🕷

Shundan so'ng oradan bir kecha o‘tdi. Jin esa deyarli uxlamadi. Ertasi kuni kechgi payt Sohee guruhga xabar yo'lladi:
— "Men sevgini hech qachon qabul qilaman deb o‘ylamagandim. Ammo bugun... Men bu insonni yuragimga kiritishga qaror qildim. Jin aka, men sizni qabul qilaman."🕸❤️

Jin telefoniga uzoq qarab qoldi. Nigohlari g‘ayritabiiy porladi. U darhol chatga yozdi:
— Rahmat... rahmat Sohee. Men seni doim baxtli qilishga va'da qilaman! Menga yordam bergan hammaga chuqur minnatdorchilik bildiraman.😍❤️

Shu zaxoti barcha birin-ketin tabrikladi.
Taeoh: "Tabriklayman. Bu multiolamda yangi sevishganlar paydo bo'lgani quvonarli."🍃💕
Armin: "Sizlar uchun juda xursandman. Nihoyat Soheeni rozi qildik! Baxtli bo'linglar"🕊💕
Suhon: "Sohee shi, men o‘sha kungi bezorilik uchun sizdan chin dildan uzr so‘rayman. Sizga baxt tilayman. Jin esa endi sizga faqat quvonch olib kelsin."🌓💕
In Ho faqat bitta narsa yozdi: "Tabriklayman. Jin bundan yaxshirog'iga loyiq edi-yu lekin mayli."❄️💕

Shu postlar orasida yana bir qiz paydo bo‘ldi. Avatarida qizil mushukcha, ismida esa "Yu Min" deb yozilgan edi.
— Sohee opajonim, tabriklayman! Siz eng yaxshisiz! Endi sevgingiz bardavom bo‘lsin! O'zingiz kabi beg'ubor bo'lishini tilayman.🌗💕
Qizning ovozi yozishida aks etardi. Harflaridagi sho‘xlik, kalit emojilari, yulduzcha va yuraklar bilan to‘lgan edi.❤️

Suhon shu lahzada uning profiliga kirdi. Rasm, bio, postlar... Qiz juda oddiy, ammo jozibali edi. Rasmlarda Yumin juda betakror edi. Bir dengiz bo'yida tushsa, bir kafeda rasmga tushkandi... Ammo hammasida bir narsa bor edi: Ko‘zlaridagi olov...❤️‍🔥

— "Kim bo‘ldi bu kichkintoy..." — deb pichirladi Suhon. U yuragini ushladi. Yuragi tez ura boshladi.🫀

U qizning ismi e'tibor qaratdi: Pek Yu Min. Pastda esa yozilgan edi: "Pek Hyon Woo’ning yagona singlisi."✨🌒

Pek Hyon Woo guruhda faol va hurmatli a‘zolardan biri edi. Uning singlisi esa guruhning eng erkatoyi sifatida tanilgan edi.
Suhon bir necha soat o‘sha profilni tomosha qildi. Va nihoyat, yuragini yutib, chat tugmasiga qo'lini bosdi. So'ng unga xabar yozdi:
— Salom... :) 🌓