JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃
Shahar tungi chiroqlar bilan uyg‘ondi. Incheondagi aeroport odatdagidek gavjum edi. Yo‘lovchilar ketmoqda, qaytmoqda, kimdir quvonch bilan, kimdir ko‘zda yosh bilan. Shunday lahzalardan birida, Park Eunji aeroport yo‘lagida telefon kamerasini yoqdi. Sochlari yelkalariga tushib turibdi, nigohi esa g‘ira-shira hafa — har doimgidan boshqacharoq.✨
> “Hayr, Taeoh. Men Amerikaga ketyapman. Ertaroq aytmoqchi edim, ammo bu qo‘limdan kelmadi. Iltimos, meni kechira olsangiz... kechiring.”👋🏻
U tabassum qiladi, ammo bu tabassum yolg‘on. Ichida bir og'riqli hismi, yoki... bu chinakam hazilning pardayu, ortida turgan haqiqatmi — bunisini faqat u biladi...🫀
Video Taeohga keldi. Ekran darxol o'chirildi va qoraydi... Yurak esa titray boshladi...💔
U bir zumga hech nimani eshitmay qold,i faqat bir nuqtaga termuldi. Keyin esa hayolan bu vaziyatni analiz qildi... lekin ishona olmasdi qalbi bu voqeaga. Taeoh qattiq hafa bo'ldi.🥀
“Men Amerikaga ketyapman.” Mana shu ovozni qayta-qayta eshitdi. Qayta va qayta. Har safar bu xabarni eshitganida yuragi battar siqilardi...💔
“Shunchaki ketdi, ogohlantirmasdan, jimjit, xayrlashib…🥲” dedi Taeoh o'ziga.
Qo‘llari titray boshladi. U telefonidagi yozishmalarga kirdi. Har bir "Hayrli tun", har bir "Men seni sevaman" deb yozilgan kechalar, turli quvonchli-qayg'uli kunlardagi yozishmalar, barchasi unga go‘yo endi keraksizdel tuyuldi. U hammasini o‘chirdi alamdan. Butun boshli chatni tozalab yubordi....🍃
Eunji esa hali bilmasdi — bu yozishmalar, bu satrlar, bu tunlar, bu kunlar hammasi o'chib ketganini.
Oradan yarim soatcha vaqt o‘tdi.🌪
Eunji yana online bo‘ldi. Va darxol Taeohga yozdi:
> “Taeoh, bu hazil edi. Dugonamning opasi Amerikaga uchyapti. Biz shunchaki uni kuzatishga kelgandik. Kechirasiz.. Men hazillashmoqchi edim shunchaki, ammo bu sizga shunaqa ta'sir qiladi deb o‘ylamabman. Hamma chatlarimizni o'chirib tashlabsiz.”🥲
Taeoh buni darxol o‘qidi. Va yuragiga xuddi qayta pichoq urilgandek bo‘ldi.🔪
“Hazilmi bu?.. Nahotki shunchaki hazilni deb yuborildi bu video?!”😑 dedi.
Taeoh unga javob yozdi. Bu safar juda jiddiy, o‘ksinib, jaxil va og‘riq bilan:
“Men bunaqa qo‘pol hazilni hech qachon ko‘tara olmayman. Tasavvur ham qila olmaysiz, siz ketib qolayotganingizni ko‘rib, qanchalik siqildim, yig‘ladim. Endi esa, shunchaki 'hazil edi' deysizmi?.. Kechira olmayman bu ishizni. Menga qo'pol hazil qilgan Seo Iseul voqeasini aytib berganim esingizdami? O'shandan 10 barobar battar hazil qildiz Eunji!!!!! ” 😡🤬
Bu so‘zlar bilan u hazilni emas, Eunji bilan bo‘lgan ichki bog‘liqlikni uzdi qaysidir ma'noda. U endi undan soviy boshladi. Gaplarining ohangi o‘zgardi qizga nisbatan. Avvalgidek mehr bilan yozmasdi. Kulmasdi. Ko‘zlaridagi nurlari so‘na boshlagan edi Eunjiga nisbatan...❤️🩹
Oradan kunlar o‘tdi. Endi har so‘z o‘rtasida sovuq ohanglar paydo bo‘ldi. Har uchrashuvda, har bir suhbatda bir g‘ira-shira jimlik — gapirishni istamas kayfiyat, aytishga yurak etmagan so‘zlar to‘plami turadigan bo'lib qoldi...❄️
Ularning o‘rtasida asta-sekin yoriq paydo bo‘la boshladi. Va bu yoriq, har yangi kelishmovchilikda chuqurlashardi. Har gal janjal va arazlarda bu yoriq kattalashib ularning o'rtasi uzoqlashib borardi...🍃🌙
Universitetda esa “Reading” fanidan prezentatsiya topshirish va 50 daqiqa davomida dars o‘tish topshirig‘i berildi. Barcha talabalar shu topshiriqqa tayyorgarliklarga sho'ng'idi. Taeoh o'ziga yaqin olgan deyarli barcha kursdoshiga yordam berdi — lekin ko‘pchilikka oddiy va sodda yordam edi...🌿
Kim Jisoo esa unga alohida murojaat qildi. “Iltimos, menga yordam bering,” degan so‘zlar orqasida beg‘ubor ishonch, va yashirin bir nurlar bor edi...🌵
Taeoh unga boshqalardan boshqacha qaraydi Jisooga. U Jisooga nafaqat prezentatsiya yozib berdi, balki u bilan yonma-yon turib, motivatsiya berardi:
— “Xavotir olmang, siz juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgansiz. Menga ishoning, siz bunga loyiqsiz Jisoo!”🍃
Prezentatsiya kuni, Taeoh uning yonida turardi. Jisoo esa yuragi hayajon bilan to‘la bo‘lsa-da, Taeohning qo'llab quvvatlab turgani - unga kuch berdi Shu tariqa prezentatsiyani topshirib, kursdoshlariga 50 daqiqa mobaynida dars o'tdi...💫
Shu bilan birga... Taeoh hali ham Kim Jisoo'ning Telegram kanaliga turli profillar orqali reaksiya bosib borardi. Jisoo esa buni sezardi. Har safar post ostiga “Reaksiyalar uchun rahmat” deb yozganda — u aslida yaxshi bilardi. Bu qulupnayli reaksiyalarning eng ko'pi — Taeohniki edi.🍓
Mana Taeoh bn Eunji o'rtasida ko'plab qarama-qarshiliklar kelib chiqishiga ilk katta sababni ham bilib oldingiz. 14-15 va 16-qism qoldi 2-mavsum tugashiga. Shunday ekan biroz sekinroq chiqadi. Chunki 2023-yil May oyi haqida ko'p narsa bo'lgan. Uni to'liq emotsiyada yetqizib berishim uchun man ko'proq bosh qotirishimga to'g'ri keladi.🫣❤️