MENING KOMETAM 2 ☄
2024-yil iyul. Incheon shahrining tonglari har doimgidek sokin, dengizdan esayotgan shamol esa shahar ko‘chalariga beg‘ubor salqinlik olib kelardi.🌊
Park Jimin har kuni ertalab yangi hayotga uyg‘ongandek bo‘lishga harakat qilsa-da, ko‘nglining bir cheti hanuzgacha o‘sha yorug‘ tabassum egasini sog‘inardi. 🐣
Seojinni bu dunyodan ketganiga yarim yil bo‘lgan bo‘lsa-da, Jimin ko‘zlarini yumgan zahoti uning jilmaygan chehrasi ko‘z oldiga kelardi. Ba’zan soxilning chetida o‘tirib, ichidan ohista pichirlardi...☘
— “Men hamon seni xotirlayman, ammo hayot davom etarkan… men yashashim kerak. Qayta oyoqqa turmogʻim darkor. Oʻtmishni koʻtarib yurishga majbur emasman...” 🪐
U o‘sha kunlarda Sojin bilan doim borib o‘tiradigan kichik soy bo‘yiga bordi. Soy yuzasida aks etayotgan osmon — kometa charaqlab uchgan kechani eslatdi. ☄
Jimin yelkasiga sumkani mahkamroq bosib, chuqur nafas oldi. Bu gal u soy bo‘yiga “xotiralar” uchun emas, balki o‘ziga so‘z berish uchun kelgan edi....⚡️
— “Bugundan boshlab men seni yuragimning eng yoqimli burchagiga joylayman va sen tanlagan odam bo‘lib yashayman,” — dedi u pichirlab, boshini ko‘kka ko‘targancha....💫
Osmon yengil bulutlarga burkangan bo‘lsa-da, shunchalik tinch ko‘rinardiki, go‘yo Seojin ham osmonda jilmayib turardi.🌟
U shu so‘zlardan keyin kun tartibini o‘zgartirdi: har kuni ertalab 6:00 da yugurishga chiqdi, qo‘lini ish bilan band qilish uchun qo‘shimcha til kurslariga qatnashib bordi, shuningdek, universitet kutubxonasidagi volontyorlik faoliyatini yana davom ettirdi.... 🌤
Kechalari uyiga qaytgach, ish stoliga o‘tirib “Seojin uchun yozilgan xatlar” daftariga oxirgi marta murojaat qildi. U xatning oxiriga shunday so‘zlarni yozdi:✍🏻
— “Avvalgi Jimin sekin bo‘lsada seni kutardi. Biroq yangi Yeondo seni hech qachon unutmaydi, lekin endi o‘z yo‘lida dadil yura boshlaydi. Chunki sen shunday bo‘lishimni xohlagan eding...” 🫀
Shu so‘zlardan so‘ng u daftarni muloyimlik bilan yopdi va kutubxona javonining eng yuqori qismiga qo‘ydi. Xonada bir zum tinchlik hukm surdi. Jimin ko‘zlarini yumib, asta jilmaydi.☺️
O‘sha kundan boshlab u har tong soy bo‘yiga bormadi.
Chunki u o‘zini yangi shaxsiyatda topa boshlagan edi…⚡️