COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃
🔸 9-qism: "Yurakka teginish" 🔸
Ta’til hali boshlangani yo‘q edi, ammo qilinadigan uyga darslar ham deyarli tugagan. Kuz shamollari ko‘chalarda yelib yurardi. Su Hon esa hali ham o‘sha bir jumlaning javobini kutayotgan edi. Nihoyat telefoniga xabar keldi. 💓
— "O'ppa... men sizga ha deya javob beraman. Menga yoqdingiz. Lekin bu haqda endi jim yurmaymiz. Men uchun siz endi virtual odam emassiz. Siz... mendagi ilk marotaba oldiga haqiqatda borgan, ko‘rgan, vaqtingizni ajratgan yagona yigitsiz. Sevgi faqat yurakdan emas, harakatlardan boshlanarkan..." 🌗
Su Hon jim o‘tirib qoldi. So‘zlarni bir necha marta o‘qidi. Shunchaki jilmaymadi, butun vujudi titradi. Telefonini bag‘riga bosdi. Yuragi tez ura boshladi... yangi hayot boshlanayotgan edi. Endi u yolg‘iz emasdi... 💞
U multiolamga kirib, bu haqda yozmadi. Hech kimga hozircha aytishni xohlamadi. Bu tuyg‘u ikkovi orasida, faqat ular uchun edi. (Hozircha)
Oradan bir necha kun o‘tdi. Yigitlar hamon ta'tilda. Seokjin esa Daeguda. Dastlab zerikish, ko‘proq uyqu va telefonda o‘tirish bilan kunlar o‘tardi. Ammo Su Hon bir kuni dedi:
— Zalga chiqamizmi? Shu orada mushaklar ham, kayfiyat ham ko‘tariladi. 🏋️
Shunday qilib Su Hon va In Ho zalga yo‘l olishdi. U yerda mashq qilayotgan ko‘plab yigit-qizlar bor edi. Og‘irlik ko‘tarish, yugurish, jang san‘ati bilan shug‘ullanayotganlar ham. Ammo In Honing nigohi bir joyda qotdi. 🛡
U oq-kulrang sport kiyimida, sochlari dum tugilgan, vazmin, ammo chaqqon edi. U qo‘l jangi mashqlarini bajarayotgandi. Ularning harakati yigitlarnikidan aniqroq, ishonchliroq edi. Qo‘lidagi mitti boks qo‘lqoplari bilan zarbalarni urayotgandi. Barcha nigohlar u tomonda edi.🥊
Suhon pichirladi:
— In Ho... ko‘rinib turibdiki, bu qiz zal malikasi.🌚
In Ho esa nigohini uzmadi. U faqat bir gap aytdi:
— Ismini bilishni xohlayapman.🙁
Shu payt bir yigit qizning yoniga bordi. Salomlashdi. Ularning suhbatidan uning ismi MIA ekani ayon bo‘ldi.
— Mia... — deb takrorladi In Ho past ovozda. — Nega hozir yuragim ancha tez urmoqda?😕
U o‘sha qizga bir necha daqiqa tikilib turdi. Qizning harakatlari, shiddati, ozodligi uni rom etgandi.❤️
O‘sha kuni kechgi payt Su Hon va In Ho, mashg'ulatlardan so'ng Multi Olamga qaytishdi. Guruhda esa hayot to‘lib toshib ketgandi. Ayniqsa Seokjin va Sohee endi deyarli har bir mavzuda birga fikr bildirishar, o‘zaro hazil qilishar edi. Guruhdagi ba‘zi juftliklar ularni hatto "Olamning eng shirin juftligi" deb nomlab ulgurishgan edi.🕷🕸
Suhon esa In Ho bilan suhbatda dedi:
— Endi u qizga gapirishing kerak In Ho. Aks holda boshqasi sendan birinchi gapirib qo‘yadi.🌓
In Ho:
— Men bunday emasman. Men... oldin hech kimga shunchalik tez qiziqib qolmaganman.❄️
— Balki vaqt seni kutmaydi. O‘sha qizni bugun ko‘rding. Ertaga u boshqa zallarga borishi mumkin. Gapir, hech bo‘lmasa salom de.🌓
In Ho chuqur nafas oldi. Uning yuragida birinchi marta nimadir boshqacha harakat qilar edi.
— "Mia..." — dedi u yana o‘ziga.❄️
Zaldagi birgina mashq, Multi Olamdek oddiy guruh, va hayotda to‘satdan kirib kelgan bir qiz — bu uch qadam In Honing hayotini o‘zgartirish sari boshlanayotgan edi...⚡️