JODUGAR 🌀 | #BAHROMIDDIN 🍃
I boʻlim 🫀 | @Kim_Tae_Oh 🦋
Rollarda:
🕊KIM JISOO
🍃KIM NAMJOON
Janr:
Fantastik, romantik, dramatik...❤️🩹
Fanfic ushbu asar asosida yozildi: Nodirabegim Ibroximova - "Jodugar yoxud 1000 yillik hayot" ✓
Heshteg:
#Bahromiddin #Fanfic #Bts #BP #Rm #Jisoo #Jodugar 👑
☆☆☆
Kanalimiz: https://t.me/hotfanficlar
Obuna bo'ling, reaksiya qoldiring, komment qoldiring va do'stlarga ulashing!♻️
☆☆☆
NOTANISH YIGIT
Agar o'sha kuni shamollab qolganimda yoki bo'lmasa yo'lda biror xodisa ro'y berib ishimga bora olmaganimda bularning barchasi sodir bo'lmasmidi? Men uni uchratmas va umr bo'yi o'zimning Jodugar ekanimni bilmay tinchgina yashayverardim. Balki bu taqdirdir. Vaqti kelib, baribir kimligimni bilib olarmidim? O'zligingdan qochib qutulolmaysan kishi. Ha, O'limtopmas bilan tanishgan kunimdan boshlab hayotim butunlay o'zgarib ketdi. O'shanda bahorning yomg'irli va o'zgaruvchan kunlarining birida odatdagidek ishga otlandim. Men shaxar kutubxonasida kutubxonachi bo'lib ishlardim.
Ishim juda tinch va bir maromda kechardi. Oliygohni bitirganimdan so'ng bu yerga bajonidil joylashib bir yil davomida xotirjam ishlab yurardim. Kitob o'qishni bolaligimdan yaxshi ko'rganligim sababli katta kutubxonam bo'lishini orzu qilardim. Bu orzum nisbatan amalga oshdi, kunim mana shu ulkan javonlarda joylashgan kitoblarni o'quvchilarga topshirib berish, qaytarib olish, vaqt bo'lganda o'zim ham mutolaa qilish bilan o'tardi.
Kutubxonaga Uning kirib kelishi e'tiborimni tortdi. Sababi u yangi edi. Umuman, bu yerda yangilar ko'p, biroq bu yigitning xotirjamlik bilan qadam tashlashi, eski uslubda tikilgan viqorli kastyum-shimi va adabiy tilda ravon so'zlashi odamni o'ziga tortardi. U kutubxonaning doimiy mijozlari bo'lmish talabalarga ham o'xshamasdi.
-Kechirasiz, tarixiy kitoblar bo'limini ko'rsam bo'ladimi? - so'radi u yonimga kelib.
-Albatta, -shunday deb unga so'ragan bo'limini ko'rsatdim. Yigit ancha vaqt bir nechta kitoblarni yig'ib olgach, bo'sh stolga o'tirib varaqlay ketdi. Men ham o'z ishimda davom etaverdim. Ora-sira unga nazar tashlab qo'yishga ham ulgurdim. U mutolaani tugatgan shekilli, portfelidan kattagina qalin muqovali daftarni olgancha, unga nimalarnindir yozish bilan band edi. "Ilmiy ish yozayotgan bo'lsa kerak" deb o'yladim men. Balki tanlagan mavzusi o'rta asrlar adabiyotidir? Har xolda, ziyoli va o'qimishli ekani bilinib turibdi.
Qiziq, shu paytgacha kelgan-ketgan insonlarga sira e'tibor bermasdim, nega aynan Uni kuzatish menga zavq bag'ishlardi, tushunmadim. Bir payt yigit olingan kitoblarni qaytardi va avvalgi xotirjamlik bilan kutubxonani tark etdi. Kutubxona yopilishiga ham o'n besh daqiqa qolgandi, bir muddatdan so'ng bu yer kitobxonlardan holi bo'ldi. Har doimgidek o'quv stollarini birma-bir qarab chiqdim: biror kitob qolib ketgan bo'lishi mumkun. Shu asno ko'zim qalin daftarga tushdi. Daftar o'sha yigit o'tirgan stol chetida qolgan edi. Demak boya o'qib, yozib o'tirganda daftarini unutib qoldiribdi-da. Xay, mayli ko'p bo'ladi bunaqa holatlar. Deyarli har kuni kimdir bloknoti, kundaligi yo biror buyumini esdan chiqarib ertasiga so'rab kelishadi. Daftarni olib, ish stolim tortmasiga solib qo'ydim. Ertaga albatta keladi. Daftarning og'irligidan kerakli ekani bilinib turibdi. Shunday o'y hayollar bilan ishxonadan chiqdim.
Uyda meni yolg'izgina onam kutmoqda.
Har kungidek biror taom tayyorlab, birga kechlikni yeyishga dasturxon tuzab o'tirgan bo'lsalar kerak. Yomg'ir tomchilardi, yaxshiyam soyabon doim yonimda. Onamni kuttirmaslik uchun tez-tez qadam tashlab, bekatga chopdim. Shu payt ortimdan kimningdir:
-To'xtang, singlim! -degan ovozidan sergaklanib o'girildim.
Men tomon shoshgancha kelayotgan boyagi yigitga ko'zim tushdi. U namiqqan sochlarini qo'li bilan pana qilgancha yonimda hozir bo'ldi.
-Kechirasiz, yaxshiyam sizga ko'zim tushgani. Qarasam, kutubxona yopilibdi -dedi u shoshgancha.
-Ha, soat oltida yopamiz.
-Bilasizmi, ichkarida bir narsam qolib ketibdi.
-Ha, ko'rdimm -dedim men undagi xotirjamlik o'rnini egallagan hayajonni kuzatarkanman.
-Ko'rdingiz!? -dedi u allaqanday xavotir bilan.
-Olib javonga solib qo'ydim. Ertaga to'qqizda kelsangiz olib ketaverasiz, -javob berdim rasmiyroq ohangda.
-Bilasizmi... u men uchun juda muhum daftar.
-Tushunaman, biroq men ham shoshayotgandim. Xavotir olmang, daftaringiz ishonchli joyda!
-Yaxshi... -dedi u birosz yengil tortib. -Ertalab kutaman unda.
-Xo'p, -shunday degach, yo'limda davom etdim.
Kechki taomdan so'ng onam odatdagidek kunim qanday o'tganini so'radim. Men ham oddiy kun tarzimni qiziqarli qilib so'zlab berishga o'rganganman. Onam kuni bilan zerikadi-da. Nafaqaga chiqqanidan beri doimo uyda. Oilamiz katta bo'lganida ham zerikmas edi. Faqat men va onam. Doim shunday bo'lib kelgan: esimni taniganimdan beri. Haqiqatda... onam ikkimiz ham bir-birimizga begonamiz. Men aslida asrandi qizman.
...Onamning taqdiri sillik kechgan, deyolmayman. Katta maqsadlar bilan Seulga o'qish uchun kelib talaba bo'lganlar. Biroq bir bevafo yigitning va'dalariga ishonib, aldanib qolganlar. Xomiladorliklari ayon bo'lgach, yigitdan sovchi yuborishini so'raganlar. Biroq... yigit o'z farzandidan tonib, onamni tashlab ketgan. Buyoqda onamning ota-onasi voqeadan xabar topib, onamdan kechishgan. Shaharda chorasiz qolgan onam o'qish joyida ham sharmanda bo'lmaslik uchun xavfli bo'lsada boladan qutulganlar. Afsuski, bu xato bir umrga ta'sir qildi: onam boshqa farzand ko'rish baxtida mosuvo bo'ldilar. Shu tariqa, oila ham qurmadilar. Bila turib birovni bearzandlik chohiga itarolmasdilar. Yoshlari o'ttizdan oshganda bolalar uyidan bir qizni asrab olganlar. Ya'ni meni... Mana, yigirma yildan oshibdiki, birgamiz. Menga onalik mehrini bergan bu ayolni o'z voldiam deb bilaman. O'z ota-onam haqida hech qanday ma'lumotga ega emasdim. Ochig'i, meni tashlab ketgan insonlarning kimligiga qiziqmaganman ham.
Shularni hayolimdan kechirarkanman, onamning tizzasiga bosh qo'yib biroz tin oldim. Bir umr o'qituvchilik qilib, bolalarni boshini silagan onam mayin qo'llari bilan mening ham sochlarimni asta silardilar.
-Ilohim to'yingni ko'rayin... -dedi onam. Har doimgi istak. Biroq men turmushga chiqib ketsam, onam yolg'iz qoladi. Shuning uchun ham qo'shnilar tili bilan aytganda "baxtim ochilmayapti". Sovchilar so'rab kelishadi, Barchasiga shartimni aytaman: shu yerda onam bilan yashashga rozi bo'lgan insonga turmushga chiqaman. Lekin bunday yigit topilmadi. Onam bu istagimga qarshilar, Yaxshi oila bo'lsa, o'zga uyga kelin bo'lib ketishimni istaydilar. To'g'ri faqat men o'ylabgina shunday deydilar. O'zlari ham mendan ayrilishga aslo chidolmasalar kerak.
Shaxsiy hayotim haqida bugun ko'p o'ylab yubordim, chog'i. Bilmadim, balki haligi yigitni uchratganim uchundir... Shu paytgacha biror yigitga ko'nglim jiz etmagan edi. Doim bo'lajak turmush o'rtog'im oilaparvar, o'qimishli, tushungan bo'lsa derdim. Endi esa... mayli, buyog'ini o'ylashni to'xtatib uxlashga yotdim.
Jodugar🌀
I bo'lim | 2-qism
ZANJIRDAGI SIR
Ishga har kungidan ertaroq keldim. Haligi yigitdan avvalroq kelib, daftarni ko'rgim keldi. Mayli, tushunarsiz jumlalar bo'lsa ham uning yozuvi meni negadir qiziqtirardi. Bilmadim, bir kun ichida bir odamga shunchalik qiziqib qolish mumkunmi? Balki uning nima mavzuda izlanayotganini bilib olsam, yordam berarman, axir boy zaxiraga ega joyda ishlayman-ku. Shularni hayoldan o'tkazib kutubxona zinasidan chiqar ekanman, katta eshik yonida o'sha yigitning kutib turganiga ko'zim tushdi.
-Salom -dedi u menga yaqinlashib.
-Yaxshimisiz?
-Yaxshi erta keldingiz... kutib turgandim.
Birga ichkariga kirdik. Daftarni unga olib berdim. U darhol portfeliga solib:
-Katta rahmat. Yo'qotib qo'yganimda chakki ish bo'lardi.
-Ha... ilmiy izlanishlaringizmi? -so'radim baribir qiziqish bilan.
-Shunday desa ham bo'ladi... aniqrog'i kundaligim. Hayot yo'limni tadqiq qilaman, -dedi u kulib.
-O'ho', juda ko'p yozgan ekansiz, sabringizga qoyil. Hozir hech kim kundalik yozmaydi. Masalan, mening ham xafsalam yo'q.
-Yozib qo'yilmasa unutilib ketishi mumkin... -dedi u jiddiy tortib. -Mayli, endi men ketaqolay. Izlaganim bu yerda yo'q ekan. Boshqalariga o'tishim kerak
-Qaysi kitob kerak edi o'zi?
-Nomini o'zim ham bilmayman. O'rta asrlarga oid sulolalar haqida.
-Ha, mayli... -shunday deb hayrlashdik. So'ng egnimdagi kurtka va sharfni yechib ilgakka ildim. Ortiga o'girilayotgan yigit menga nazar tashladi. Bo'ynimga sinchiklab tikilayotganini ko'rib, biroz o'ng'aysizlandim. Keyin uning bo'ynimdagi zanjirga qarayotganini payqadim.
-Chiroyli ekan... -dedi yigit biroz xijolat chekib. -Shunchaki tarixiy ashyolarga qiziqaman. Buni qayerdan olgansiz?
-Ha, bu zanjirmi? -dedim uni ushlab nazar tashlarkanman. -U tug'ulganimdan beri men bilan birga.
-Shunday deng? Meros ekan-da...
-Balki... -dedim mujmallanib. Sababi bu zanjir menda umr bo'yi bo'lganini bilsam-da, kim berganini bilmasdim. Onamning aytishicha, meni asrab olganida u bo'ynimda bo'lgan ekan. Balki ona merosdir... Chindanam qadimiyligi bilinib turardi. Kumush zanjirga ilingan yashil kulon. Yashil toshi o'rtasida qizil nuqtasi bor. U menga baxt keltirishiga ishonib, sira yechmasdim.
-Bir ko'rsam bo'ladimi? -yigit qiziqishda davom etdi.
-Bemalol... -shunday deb unga zanjirni yechib berdim. U zanjirni naq o'n besh daqiqa kuzatdi. Ziq bo'lib ketdim.
-Men... men izlayotgan buyumga juda o'xshar ekan, -dedi u ovozi biroz titrab. -Uning haqiqiy egasi bo'lsangiz... demak, sizni ham izlaganman.
-Tushunmadim, nega izlaysiz? -dedim zanjirni uning qo'lidan olarkanman.
-Keling bu haqda... holiroq yerga gaplashamiz. Ishingiz tugashini shu yerda kutib o'tiraman.
-Kechgacha-ya? Hozir aytavering, hali kitobxonlar ko'p.
-Kutaman, -u shunday deb oxirgi stolga borib o'tirdi va qalin daftarini olib o'qishga tushdi.
Kun bo'yi hayolim u nima haqda gaplashishini o'ylash bilan o'tdi. Zanjir va meni izlaganmish... Balki u bu zanjirni tanir? Mendan avval kimda bo'lganini bilar. Unda... asl ota-onamga aloqador biror so'z aytar. Ha, aniq shunday. Ehtimol, qarindoshim chiqib qolsa ham ajabmas. Shularni o'ylab battar hayajon ortdi. U esa menga ora-sira qarab qo'yar, uning ham allaqanday hayajon chulg'ab olganini sezish qiyin emasdi.
Nihoyat, ish kunim ham tugadi. Kitobxonlar tarqagach, men asta uning yonidagi stulga o'tirdim. U esa menga daftarni ichidan bir eski suratni ko'rsatdi. Unda zanjir tasvirlangandi.
-Bu o'shami? -dedi u.
Suratga tikildim: rangsiz ekanini aytmasa meniki bilan bir xil edi.
-Ahar toshi yashil bo'lsa, demak menikidan ekan. Har holda, aynan shu bo'lmasa kerak? Bu ancha eski rasm-ku?
-Aynan shu. Sababi bu taqinchoq yagona nusxada mavjud. Haligacha tosh ichidagi toshni ko'rmaganman. Yashil toshning ichida kichik qizil toshi bor. Qizil toshning... nur taratganini payqaganmisiz?
-Yo'q. U oddiygina tosh -dedim hayron bo'lib.
-Tushunarli, demak, hali... ha, mayli bu haqda keyinroq. Xullas... gapni nimadan boshlashni ham bilmayman. Bu onlarni juda uzoq kutgan bo'lsam-da.
-To'g'risini aytavering, -dedim ichimdagini sochib -Siz mening ota-onamni taniysizmi? Bu taqinchoqni bilsangiz, demak mendan avvalgi egasini tanirsiz. Meros bo'lib o'tgan bo'lsa... chin oilamni bilarkansiz-da?
-Chin oilam, deysizmi? Hozirgisichi...
-Meni asrab olishgan, -dedim borini aytib -Haqiqiy ota-onamni bilmayman.
-Gap buyoqda ekan-da... -yigit o'rnidan turdi. -Shuning uchun ham taqinchoq haqida bilmaysiz. Uni oddiy matox deb taqib kelgansiz. Tushunarli...
-Bilganingizni ayting unda!
-Aytaman. Barini aytaman asta-sekin. Bunga tayyor bo'lishingiz kerak.
-Ey xudo, juda ezma ekansiz. -dedim ichim qizib.
-Vaqtingiz bemalol bo'lsa, bafurja gaplashamiz...
Soatimga qaradim: ketishim kerak, oyim havotir oladilar.
-Unday bo'lsa... ertaga dam olish kuni. Tushlik vaqti kutubxona yonida ko'rishsak bo'ladimi? -o'zimni biroz bosib olgach.
-Yaxshi, faqat, albatta keling... Taqinchoqni ham olib kelishni unutmang.
-Mayli yaxshi qoling.
Barini tezroq bilishni istasam-da, oyoqlarimni bazo'r sudrab uyga ketdim. Oyimga bugungi gaplarni aytmadim. Avval o'zim to'liq bilib olay. O'z ota-onamnini topgan taqdirimda ham... oyimga aytmasligim kerak. Ko'ngillariga tegishi mumkun. Qaydam... ularni topsam uchrashishga jur'at topolamanmi? Bilmadim. E, o'zimcha nimalarni o'ylayman-a? Hali u yigit nima haqda gapiradi, bilmayman-ku. Ehtimol, taqinchoq bilan bog'liq boshqa sirlar bordir. Ertagacha o'ylamay kutish kerak, bo'ldi...🌙
Jodugar🌀
I bo'lim | 3-qism
AHMOQONA AFSONA
Tushlik vaqtida aytilgan joyda hozir bo'ldim. U ham kelib, shu atrofdagi o'rindiqda o'tirgan ekan. Salomlashdik.
-Haligacha ismingizni bilmayman, nima deb chaqirishni ham... Meniki Kim Namjun, -dedi u yonginamizdagi tamadixonaga boshlarkan.
-Jivu.
-Bu haqiqiy ismingizmi?
Kuldim.
-Soxtasi ham bo'larkanmi? Mashxur inson bo'lsamki, taxallusdan foydalansam -dedim ko'rsatilgan stulga o'tirgach.
-Shunchaki... taqinchoq egasining ismi boshqa bo'lishi kerak edi.
-Nima ekan?
-Jisu.
Damim ichimga tushib ketdi. Jimib qolganimni ko'rib u sababini so'radi. Hayratga tushishimga sabab yo'q emasdi: buni xatto unutib ham yuborgan edim. Meni hech kim bu ism bilan chaqirmagan, biroq menga asl ota-onam tomonidan qo'yilgan ism shunday edi. Bu haqda bir vaqtlar oyim aytgan edilar. Oyim bu ismning ma'nosini tushunmaganlari uchunmi yoki yangi hayot boshlasin debmi, menga Jivu ismini berganlar. Shu-shu hamma meni Jivu deb ataydi.
Ichimdagu gaplarni aytsammi, deb o'yladim. Demak, chindanam u ota-onamni biladi. Hatto ular menga nima deb ism qo'yishganidan ham xabardor! Aytishim kerak, albatta.
-Adashmadingiz. Asl ismim Jisu.
-Unda nega...
-Oyim asrab olgach, o'zgartirganlar.
-Ismni o'zgartirish to'g'ri emas. Jivu yog'du, o'zidan nur taratuvchi degan ma'noni bildiradi. Bu sizdagi tosh bilan bog'liq. Hammaning taqdiri o'z ism-sharifi bilan bog'liq. Shuning uchun sizni ko'p izladim, chog'i. Mayli, nima buyurtma qilamiz?
Bizga qahva keltirishdi. Ovqatlanishni istamadim, hozirgi holimda tomog'imdan qahva ham zo'rg'a o'tardi.
-Taxmin qilishimcha, haqiqiy ota-onamni taniydiganga o'xshaysiz -dedim sabrim chidamay.
-Afsuski, yo'q. Ammo ajdodlaringiz haqida ma'lumotga egaman. Ular juda uzoq yillik tarixga ega. O'zingiz ham... bilasizmi ular haqida?
-Hatto tuqqan onamni bilmayman, ajdodlarga yo'l bo'lsin, -deb kinoyali kuldim.
-Taqdiringiz bunday kechganidan afsusdaman. Ehtimol, onangiz sizga o'z qobilyati meros bo'lib o'tishini istamagandir, sizni boshqa muxitda katta bo'lishingizni istagandir...
-Tushunmadim... qanaqa qobiliyat?
-O'zingizda hech g'alati hissiyot sezganmisiz? Ich-ichingizdan nimadir yuz berishini istasangiz, shu amalga oshganmi?
-Hm... albatta. O'qishga kirishni, yaxshi ishga joylanishni, oyimning salomatligini istaganman...
-Yo'q, umumiy narsalar emas... Deylik, manavi shamni... - u narigi stolda turgan shamni ko'rsatdi. -Yonishini istaysiz. Nigohlaringiz bilan buni amalga oshira olasizmi?
-Qiziqmisiz? Nima, men sehrgarmanmi sizga? O'zi hamma gapingiz g'alati...
-Hali ko'p gaplar oldinda. Vaqti bilan bilib olasiz. Faqat barini tabiiy qabul qiling. Bu dunyo siru asrorlarga to'la, barchasi siz o'ylagandek oddiy emas.
-Bo'pri, gapning indallosini ayting endi. Bu taqinchoq, sham, qobiliyat, hammasining bir-biriga nima aloqasi bor o'zi?
-Indallosi desangiz, mayli. Sizga ajdodlaringizni sehrli kuch, ya'ni jodugarlik ilmi o'tishi kerak edi. Ammo kerakli muhit, mashq va bilim bo'lmagani uchun hali o'tmagan ko'rinadi. Mayli, kutamiz va harakat qikamiz buning uchun... Taqinchoqqa kelsak, u sizga meros. Bundan ming yil avvalgi ona buvingizdan qolgan. Onangiz odatga rioya qilib uni sizga bergan. Demak, to'ng'ich bo'lgansiz. Sizda jodugarlik qobiliyati ochilsa, taqinchoqdagi qizil tosh ham o'sha lahzalarda o'zidan nur taratadi... keyin...
U yana nimalardir gapirdi. Hech nimani tushunmasdim: u menga qanaqadir ertak aytardi, chog'i.
-Endi tushungandirsiz? -dedi u gapini yakunlab.
-Shu safsatani aytish uchun chaqirgan bo'lsangiz, essiz vaqtim. Asl ismimni qayerdan bilasiz, bilmadim-u, ammo qolgan gaplaringizning bari ertak. To'g'ri, ishonuvchanman, ammo ovsar emas. Ko'p o'qiyverib, miyangiz ham suyulib qopti! -dedim o'rnimdan turib.
-Shoshmang... nima, meni aldayapti, deb o'ylaysizmi? Menga bundan nima naf? O'zim ham taxmin qilgandim: borini aytib yo jinniga chiqaman yo yolg'onchiga. Bariga amin bo'lish uchun vaqt va imkon bering. Gapimni isbotlayman!
-Menikiga o'xshash taqinchoq suratini topib, ehtimol qandaydir miflarga ishonib qolgandirsiz? Yaxshisi, ruhshunosga uchrang. Jodugarlikmish? Onam jodugar bo'lgani uchun meni tashlab ketgan ekanda? Judayam asosli fakt! Tavba qildim! Yaxshi qoling, men ketdim!
U ortimdan ergashdi.
-Jisu!
-Mening ismim Jivu!
-Jivu, hali siz bilan ko'p narsalar haqida gaplashib olishimiz kerak. Ahir, sizni shuncha yillardan beri izlab, zo'rg'a topdim!
Uni eshitmaslikka intilib, bekatda duch kelgan aftobus sari chopib chiqib oldim. U ulgurmadi. Aftobus ketidan biroz yugurdi-yu, so'ngra qolib ketdi. Birinchi ko'rganda tuppa-tuzuk taassurot qoldirgan bu yigit toza tentak chiqdi-ku! Avvaliga odamni qiziqtirdi, keyin kutgan gaplaringni emas, allaqanday afsonalarni so'zladi. Hatto, ota-onamni ham bilmaydi. Asl ismimni qayerdan bildi, shu menga sir bo'lib qoldi...🌙