August 22

AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸

2-QISM 🍃 | 2025 🏆

Noyabr oyining sovuq tonglari ham menga iliq tuyulardi. Sababi men har kuni Taeohni ko‘rardim. Shunchaki karidorlar yoki univer oshxonasida yonma-yon o‘tirish, yoki universitet hovlisida bir chashka issiq qahva ustida suhbatlashish — men uchun katta baxt edi...🧋🧋

Bir kuni biz daryo bo‘yiga bordik. Suvning sokin shovullashi, shamolning yuzimni silashini bir umrga eslab qolaman. Biz ko‘prik ostidagi kursiga o‘tirdik. Hamma joy tinch edi, go‘yo butun dunyo faqat biz uchun to‘xtab qolgandek...🌊

— Juri, sen daryoga qaraganingda nimani his qilasan? — dedi u sekin ovozda.🍃

Men biroz o‘yladim. Suvga tikildim. So‘ng dedim:
— Men o‘zimni mana shu suvga o‘xshataman. Ba’zan shovullayman, ba’zan tinchlanaman. Lekin siz yonimda bo‘lsangiz, hammasi sokinlashadi. Go‘yo suvning eng tiniq nuqtasiga aylanganimni his qilaman. 🌸

U jilmayib, boshini quyi soldi. Keyin sekin pichirladi:
— Demak, men sen uchun tinchlikman?🍃

Men dedim:
— Siz men uchun tinchlikdan ham ko‘proqsiz. Siz mening butun borlig'imsiz, Taeoh.🌸

U o‘sha damda qo‘limni mahkam ushlab oldi. Shu qo‘lda qandaydir kuch bor edi. Menga nafaqat ishonch, balki o‘z-o‘zimga bo‘lgan ishonchni ham qayta sovg‘a qilardi. Qalbi yolg'izlikda pishgan Jurini eritib yuboruvchi kuch edi bu... Xuddi muz kabi erituvchi hissiyot...🧊

Dekabrga kelib esa darslar jiddiylashdi. Imtixonlar yaqinlashgan sari men xavotirlanardim. Kechalari hamma uxlasa, men dars kitoblari ustida bosh qotirardim. Ammo bir narsa meni baxtiyor qilardi — Taeoh meni hech qachon yolg‘iz qoldirmasdi. Xattoki o'qish borasida ham...📚

Har kuni kutubxonada yonimda o‘tirib, gramatikalarni tushuntirardi. Ba’zan hazillashib, “Agar bu savolga javob topsang, sening eng sevimli shokoladingni olib beraman” derdi. Shunday qilib, men ilmni ham, sevgini ham bir vaqtda his qilardim.📝

Imtihonlar yakunida natijalarni ko‘rib ko‘zlarimga ishonmadim. Men kutganimdan ham yuqori baholar oldim! Shu lahza ichimdan o‘yladim: *“Bu faqat mening mehnatim emas, bu Taeohning mehridan kelgan yutuq. U meni qo‘llamaganda bunday bo‘lmasdi.”*🥰

Keyin kutilgan kun yetib keldi. 25-dekabr. Universitet ta’tilni berdi barchaga. Taeoh Pusanga ketishi kerak edi. U bilan so‘nggi marta uchrashdik. Oppoq qor boshimiz uzra yog‘ardi. Keyin esa kafega kirishga qaror qildik. Biz bir kafeda yonma-yon o‘tirdik...🫀

U jimgina menga qarab dedi:
— Bilasizmi qirolicham, men sizni sog‘inib qolaman. Har kuni ko‘rishga o‘rganganim uchun, endi sizsiz qanday bo‘lishimni bilmayman...👀

Men jilmayishga urindim, lekin ko‘zlarimda yosh qalqidi:
— Men ham... sizsiz bu ta'til bo‘sh tuyulishi turgan gap endi. Bu Seul ham, ko'chalar ham, ob-havo ham, issiq qahvalar ham... hatto daryo ham sizsiz g‘amgin bo‘lib qoladi.🥺

U sekin qo‘limni siqib dedi:
— Ammo bu qisqa ayriliq. Qaytganimda yana siz bilan bo'laman qirolicham. Har daqiqa o‘zimni sizga yaqinroq his qilaman. Juri, bizning sevgimiz masofa bilan sinovdan o‘tadi, lekin u yanada mustahkamlanadi. 😍

Men boshimni qimirlatib, ovozimni titroq bilan chiqardim:
— Men sizni kutaman, Taeoh. Qachon qaytsangiz ham, men shu yerda bo‘laman...😢

Shu suhbatdan keyin u meni uyimgacha kuzatib qo‘ydi. Ketayotgan taksisiga qarab, qor yog‘ayotgan osmon ostida asta yig‘lab yubordim. Yig‘im baxtdan edi, chunki men bunday sof tuyg‘uga ega bo‘lgandim...😭🌸

2-part 🌟

25-dekabrda Taeoh Pusanga ketgach, men biroz bo‘shliq his qildim. Ammo shunday paytda menga doimiy quvonch baxsh etadigan joy bor edi — bizning multi olamimiz. Telegramdagi guruh, u yerda har yili do'stim Min Yoongi “Multiverse Awards”ni o‘tkazar edi. 💗

2024-yil so‘ngidagi marosim ham boshqacha bo‘lishi aniq edi. Chatda barchamiz yig‘ildik. Atmosfera bayramona: hamma kulib, hazillashib, bir-birini yangi yil bilan tabriklardi. ❄️🎄✨

Yoongi dastlabki nominatsiyalarni e’lon qila boshladi: “Eng hazilkash”, “Eng faol”, “Eng yaxshi do'st” va hokazolar... Har bir mukofot o‘z egasini topardi. Men ham multi olamdagi do‘stlarim uchun chin dildan xursand bo‘ldim. 😍

So‘ng esa hammani qiziqtirgan lahza yetib keldi. Yoongi e’lon qildi:
— Endi navbat “Eng yaxshi juftlik” nominatsiyasiga! 🎤

Chat jim bo‘lib qoldi. Keyin u ovozini yanada balandroq qilib o‘qidi:
— Bu yilda eng yaxshi juftlik... Kim Taeoh va Kim Juri! Olqishlaringiz!!! 🏆💞

Ko‘zlarim yoshlanib ketdi. Telefon ekraniga qarab jilmaydim. Chatda barchaning tabriklari yog‘ila boshladi:
— “Haqqiqatdan ham, ular eng chiroyli juftlik!” 🙂‍↔️
— “Tabriklaymiz, Juri!” 🥳
— “Sizlar bir-biringiz uchun yaratilgansizlar Taeoh!” 😍

Men qaltirab yozdim:
— Rahmat barchangizga... bu mukofot mening hayotimdagi eng katta baxtim. Chunki yonimda Taeoh bor. 💕😍

Taeoh esa darxol guruhga yozdi:
— Juri bo‘lmasa, bu mukofotning ham, mening hayotimning ham ma’nosi bo‘lmasdi. U mening eng katta sovg‘am. 🌹🥰

Keyin Yoongi “Eng yaxshi obraz” nominatsiyasini e’lon qildi. Yuragim tez ura boshladi.
— G‘olib... Kim Juri! 🎭🤩

Chat yana tabriklarga to‘ldi. Men hayratdan kulib yubordim. O‘zimni shu qadar qadrlangan his qildimki, hatto ekran ortidan do‘stlarimning mehrini sezdim.😍

So‘nggi nominatsiyalardan biri — “Eng go‘zal qiz” edi. Yoongi tabassum bilan:
— Bu yilning eng go‘zal qizi... yana Kim Juri bo'ldi, tabriklaymiz! 👑🌸🫠

Shu payt telefonimni tutgan qo'llarim titray boshladi. Har tomondan samimiy tabriklar oqimi kelardi:
— “Juri, sen bunga to‘la loyiqsan!” 🙂‍↔️
— “Tabriklaymiz, malikamizni!”🤗
— “Sen haqiqatan ham eng chiroylisan!”🙂‍↕️

Ko‘zlarimda yana yosh paydo bo‘ldi. Lekin bu yosh endi quvonchdan edi. O‘zimni chinakam g‘olib kabi his qildim. Chunki bu olamda ham, real hayotda ham men sevgini va e’tirofni topgandim. 🥰

So‘ngra biz hammamiz 2025-yilni qarshiladik. Soat 00:00 bo‘lganda chat yorildi:
— “Yangi yilingiz muborak!” 🎆
— “Baxtli bo‘linglar!”🌙
— “2025 ham sevgiga, do‘stlikka to‘la bo‘lsin!”❤️

Men qo‘limdagi telefon ekraniga qarab sekin yozdim:
— “2024 men uchun sevgi va baxtni olib keldi. 2025 esa bu baxtni yanada kattaroq qiladi, men bunga ishonaman. 🌸✨”

O‘sha kechadan e'tiboran multi olamda men o‘zimni qirolicha kabi his qila boshladim. Ammo yuragimda bitta istak bo‘ldi: 2025-yilda ham Taeoh bilan yonma-yon, baxtimizni yanada mustahkam his qilish... 💞