JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 12-qism 🍃
2024-yil, 8-fevral. Payshanba.🍃
Yangi semestr ilk kunlaridan boshlab ajoyib bir ruhda boshlangandi. Seul hali ham qish og‘ushida bo‘lsa-da, 71-guruhda bahor nafasi allaqachon sezilardi. O‘sha kuni — tarixda ilk bor — Taeoh, Suhon, Inxo, Jin aka va Anhyeop birga rasmga tushishdi. Ularning bir safdagi ilk surati edi bu. Kamera ortida tabassum, qalblarda esa “biz endi bir jamoamiz” degan kuchli tuyg‘u porlab turardi. 📸
Ertasi kuni, 9-fevral. Suhon tong saharlab Taeohni uyg'otgach:
— Bugun bir o‘zgacha kun bo‘lsin. Kastyum shim kiyib chiqamiz, nima deysan?🌚
— Roziman. Bugungi juma — bizdan esdalik bo‘lib qolsin, — deb kuldi Taeoh.😌
Ikkisi ham o‘zlariga oro berib, klassik kiyimda universitet sari yo‘l olishdi. Darslar tugagach, o‘ziga xos uchinchi safdosh hamrohlik qildi ularga — Huri opa.💓
— Bugun sizlar bilan qaytaman, — dedi u xursand ohangda.
Keyin oradan biroz sukunat o‘tdi va:
— Men ham kastyum shimda edim... balki rasmga tusharmiz, a?🫣
Taeoh va Suhon “albatta!” degandek bosh irg‘ashdi. Ular uchchovlon birga rasmga tushishdi. Huri o‘rtada, ikki yonda esa oriq yigitlar. O‘sha surat keyinchalik “Qishdagi elegans trio” deb nomlanib ketdi.👔 Telegram stories hamda Instagramga ham joylashdi buni...✨
10-fevral — shanba. Pusandan mehmon keldi: Kim Tae Ho, Taeohning katta jiyani.
Taeoh uni iliq kutib oldi. Shahar parklarini birga kezishdi, quyoshli kun ichida ularning so‘zlari va kulgulari havoga aralashib ketdi. Suhon ham ularga qo‘shildi. Uchalasi birga rasmga tushdi. So‘ngra kafega kirib, mazali ovqat egan holda suhbatlarini davom ettirishdi.❄️
Kun oxirida Taeoh jiyanini qarindoshining uyiga taksida kuzatdi.🚕
14-fevral — Sevishganlar bayramining koreyscha varianti edi... Bu kun qizlar yigitlarga shokolad beradigan kun edi.
O‘qituvchi besh yigitga — Taeoh, Suhon, Jin aka, Anhyeop va Inxoga kichik sovg‘alar berdi. Har birining oldiga chiroyli qog‘ozga o‘ralgan shokolad qo‘ydi. Bu oddiy hol bo‘lishi mumkin edi, ammo ular uchun — bu birgalikda o‘tgan ilk 14-fevral edi. Butun sinfda faqat ular shokoladli bo'lishi, bir tomondan maqtanishga arzigulik edi.🍫😈😁
16-fevral. Seulda oppoq, jimjit qor yog‘di. Har bir zarracha go‘yo osmondan tushgan tilakdek asta yerni bosdi. Talabalar oynaga yopishib, bir lahzalik go‘zallikni his qilishar edi va uni kameraga muhrlardilar. Taeoh derazadan turib: “Qanday sokin, qanday beg‘ubor ob-havooo...” deya bu go'zal onlarni videoga muxrladi va Telegramdagi storiesga joyladi. ❄️
Har shanba kechasi — Taeoh va Suhon uchun maxsus tun edi. Kompyuterxona ularga muntazir edi shu kuni. Taeoh, Suhon, uy egasining o‘g‘illari va ularning do‘stlari, bir necha mahalliy qarindoshlari bilan kompyuter klubga borishardi. Ba'zida ertalab soat 4 gacha qolishardi.🍃
Oldin do‘kondan ichimliklar va yengil ovqat olib, xuddi bolalikdagidek, o‘yinga sho‘ng‘ishar edi. Bu tunlar yigitlarga butun haftadagi charchoqlarni unuttirardi...🌃
13-mart. Universitetda besh ovlon tashqariga chiqdilar birinchi paradan so'ng. Ularning oldiga Park Jimin keldi. Har doimgidek salom-alik qilib, bu safar taklif bilan chiqdi:
— Rasmga tushaylikchi bir sizlar bilan bollar!
Hamma bir-biriga qaradi. Kimdan so‘raymiz? Qanday tushamiz?
Taeoh, o‘zining odatdagi chaqqonligi bilan:
— Turinglar, kamerani yerga qo‘yaman, timerga o‘rnataman. 5 soniyada tushuramiz....🌚
Hamma unga ergashdi. Ko‘zlar kameraga boqib o‘sha daqiqani asrab qolishga qaratilgan edi. 3-4 ta ajoyib suratlar olindi. Qorong‘i fon, samimiy nigohlar, kulgilar — unutilmas lahzalar. 📷
14-mart. Yana qor. Bahor ostonasida oxirgi oppoq salom kelgandi qishdan. Taeoh yana videoga oldi. Bu safar boshqa hissiyotlar bilan. Bu qor unga ichki sokinlik, ichki yangilanishni eslatardi. Jisooning kanali ham qor bilan bog'liq videolarga to'lib ketgan edi...❄️🍓
Bahorgi ta’til e’lon qilindi — bir hafta. Taeoh Pusanga qaytdi.
Uy... oila... issiq choy, uyda tomosha qilinadigan seriallar, va jiyanlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. Bular orasida vaqt qanday o'tib ketayotganini ham sezilmasdi. Onasi bilan kechki payt dramalar ko‘rish, bolalik esdaliklari haqida suhbatlar... Bular yurakni yumshatardi.💓
20-mart kuni u eski tanishi Do Yun bilan ko‘rishdi. Ko‘chada yurishdi, suhbatlashishdi. Do Yun bilan ingliz tilida birga repititorga borganda tanishgan edi. Uning ilk qiz do'sti edi. Shuningdek, qadrdon ukasi va singlisi: Jony va Leo bilan boshqa kunda uchrashib, birgalikda ovqatlandilar. O'tmishni eslab, kelajak maqsadlar bilan o'rtoqlashishdi. Leo Yaponiyaga ketishga qattiq harakat qilardi...🦋
24-mart. Yana Seul. Ketish oldidan onasini quchoqlab:
— Yaxshi bo‘lib yur, o‘g‘lim. Ruhan mustahkam bo‘l, o'zingni ehtiyot qil — degan so‘zlarini yurak chuquriga muhrlab ketdi Taeoh.❤️
Taeoh endi bilardi: har bir fasl bir bob, har bir kun esa yangi sahifa. Yangi semestr hali davom etardi. Ammo u endi boshqa kayfiyatda... boshqa nigoh bilan kirib kelayotgan edi...🍃
Leksiya darslarida hali hanuz nigohlar bir insonga qaratilardi. Ko'zlar u insondan uzulmasdi. Taeoh tinmay Jisooga termulib o'tirardi. Taeoh ko'pincha uni uzoqroqda ko'rardi. O'rtalarida doim uzoq masofa bo'lib qolardi xonada. Ammo shunda ham unga qarash va u haqida hayol surib o'tirish uchun imkon topa olardi.🍓
Ingliz tili darsining birinchi parasi tugagan edi. Taeoh tanaffusga chiqdi. Yuqori qavatdan pastga termulib turar ekan, imkon qadar Jisoo va uning dugonalariga yaqinroq turishga harakat qilardi.
Ular esa o'zlari bilan ovora edilar. Rasmga tushish bilan band edilar.✨
Jiyoon: — Taeoh kameraga qarang... - deb qoldi birdan...
Darxol kameraga qaradi va ular bilan birga 2 ta 3 ta rasmga tushishga ulgub qoldi. Bahonada Jisoo bilan ham rasmga tushish baxtiga muyassar bo'ldi yigitcha...🍃🍓