September 6

LEAFFLY 🦋 | #BAHROMIDDIN 🍃

8-qism 🩷 | Final...? 👤

🍃 Taeoh:
Ehhh Chongah, Chongah...🥲💔
Endi nima boʻladi?🥺 Bundan chiqdi bizda umid bormi?💫 Yoki koʻzimiz yetmaydimi umuman?🌤

🦋Chongah:
Билмадим хозир тогриси нима килиши билмаямман... 💔

Oʻz vaqtida noaniq ammo qaysidir ma'noda aniq javobni berdi qiz. Chongah shu gapni aytgandan soʻng. Bizning munosabatlarimiz haqidagi soʻngi suxbat mana shu yerda yakun topdi. Yoki qaysidir ma'noda yangi boshlanishga ishora berdi...✍🏻!?

21-May kuni men Pusanga qaytdim. Shu bilan uchunchi kurs oʻz nixoyasiga yetdi. Negadir aynan soʻngi imtixonim boʻladigan kunga taksi chaqirdim. Chunki uzoq qolishni xohlamayotgandim. Tezroq qaytsam-ku, mana shu muammolarni unutsam derdim. Uchunchi kursim shunaqa ajoyib xotiralar bilan esda qoldi....🍃

Iyun oyida tugʻilgan kunimda bir bor yozishdik u bilan. Keyin deyarli yozishmay qoʻydik. U uyidaligi uchun uncha yoza olmasdi. Man esa birinchi boʻlib suxbatni boshlashga doimgidek jurat topa olmasligim uchun yoza olmasdim...☔️

Shu sababli Iyul oyida umuman yozishmabmiz Chongah bilan. Xattoki bir nuqta yoki vergul ham joʻnatmadik....⛅️

Lekin avgustning qaysidir kuni oʻsha afsonaviy Multi Olam telegram guruhimdagi Taemin opam bilan yozishib oʻtirgandim.🌿

Uni koʻrib qolib darxol rashk qilganga oʻxshadi va yozdi. Keyin shundan soʻng men uni lichkasiga yozishga botina oldim. Shundan beri 2 kunda yoki 3 kunda bir Telegramga kirib qolgan vaqtida menga javob yozib yana bir necha kun yoʻq boʻlib ketmoqda edi...🦋🍃

Munosabatlarimizga keladigan boʻlsak u rasmiy ravishda tugatilgan boʻlsa ham, pinxona ravishda davom etmoqda edi...🌪

Xuddi-ki, Yorqin Tarvuz dramasidagi bezabonlar kabi jim-jitmiz. Ammo yuraklar doimo bir-biriga talpinmoqda...❤️

* * *

Mana toʻrtinchi kursga ham qadam qoʻyib oldim. Oʻqish 2-sentabrdan boshlandi. Menga yangi oʻqituvchilar, guruhimdagi oʻzgarishlar va na kursdoshlar diydori qiziq edi. Menga yagona qiziq boʻlgan kimsani karidordan topa olardim xolos.✨

Ya'ni Uni...🦋
Ha, uni koʻrdim ham. U ham meni koʻrdi. Ammo juda ham gʻalati vaziyat boʻldi... buni aytay desam bu ham uch kunlik asab buzar mavzu😅

Birinchi kun 🪐 | Oʻqishning ilk kuni

Men uni uchunchi qavat karidorda koʻrib qoldim. Yaxshiyam dugonasini eslab qolgan ekanman. Koʻzimga tanish tuyuldi va u orqali Chongahni topib oldim.🌚

Ammo Chongah yuzini daftar ortiga yashirgancha, oʻzini esa dugonasini ortiga yashirgancha koʻzimdan soniyalar ichida gʻoyib boʻldi...📘

"Eh shirinimey, biram uyatchangsiz-ki..." deb kulib qoʻydim.😁

Ikkinchi kun 🪐

Men yana karidorda edim. Doʻstim Kang Areum bilan nimadirlar haqida suxbatlashib turgandim. ( Bu qizga Jozibali Sevgi nomli fanficimda Lisa yoki Jennie degan ism bilan yozgandim. ) Shu payt uni 4-qavatdan tushib kelayotganini koʻrdim. 😍

Ammo u yashin tezligida oʻz xonasi tomon yugurib koʻzdan gʻoyib boʻldi. Men bir necha qadam tashab u karidor oxirigacha borishini kuzatdim. Toki burulib ketmagunichs kuzatib turdim...😶

Uchunchi kun 🪐

Suhon ikkimiz darslardan soʻng ovqatlanishga tushdik. Bizga universitetimizning suyuq lagʻmoni yoqadi. Bitta-bitta tanavvul qilib oldik va yuqori qavatga chiqdik. Ketish oʻrniga biroz oʻtirishimizni aytdi Suhon. Men ham rozi boʻldim.✨

20, 30 yoki 40 daqiqa edi. Lekin aniq 30 daqiqadan kam oʻtirmadik oʻsha yerda. Men skamekaning suyanchigʻiga boshimni qoʻygancha yuqoridagi qavatlarga koʻz yugurtirib oʻtirdim. Tasavur qiling yuqoriga shu holatda kamida yarim soat qaradingiz suyukli yorimni koʻraman deb...📝

Keyin yana oʻsha koʻzimga issiq koʻringan qizni payqab qoldim. Besh daqiqa oʻsha qizdan koʻzimni uzmay kuzatib turdim. "Bu Chongahni dugonasimi? Yoʻqmi? Aniq bilib boʻlmayapti, ammo 70% o'xshayapti" derdim ichimda...🔐

Shu payt idollar kabi kepkasini qattiq bostirib olgan mening Chongam koʻrindi. Ana endi koʻzimni unga tikkancha qarab oʻtirdim... Sezdim meni payqadi, ammo sezmagandim menga qarashini.📌

Biroz qarab turdida, qoʻlini mundo qildi...✌️🏻 Men esa negadir xursand boʻlish oʻrniga, shunchaki unga qovogʻimni uvushtirib qarab oʻtirdim va qoʻlim orqali salom yoʻlladim...✌️🏻

Charchaganimdanmi?
Boshim ogʻrigʻidanmi?
Yoki undan hafa boʻlganim uchunmi?
Yoki boshqa bir sabab bormi?
Bilmadim... ammo koʻngildagidek salomlasholmadim u bilan. Bir soniya ham tabassum qilmadim...😶

( Shanba, 6-sentabr, 2025-yil, Toʻlin oy nuri ostida, Balkonda oʻtirgancha yana bir fanfic uchun final yozayotgan jarayonimdan lavha... )

Ana shunaqa gaplar. Faqat Chongah haqida soʻzladim, hayotimdagi boshqa voqealar haqida deyarli gapirmadim. Hayotiy hikoyalarim hali yakun topmadi, shunday ekan 3-kursdagi Chongahdan tashqari boʻlgan voqea va xodisalarni bundan keyin qachonlardir yozadigan fanficimda bilib olaverasiz. Bir yoʻla uch va toʻrtinchi kurs haqida soʻzlab beraman.😁

Hoʻsh, qanday yakun topdi bizni hikoya? Oʻzi yakun deb ham boʻlmayapti-ku... birlashish desangiz bunday emas, ayriliq desangiz unday emas...😅

Endi buyogʻini vaqt koʻrsatadi aziz kitobxon yoki oʻquvchim. Sizga yoqdi degan umiddaman. Meni eng soʻngi Qarorim, so'ngi Sevgan qizim, va chin Orzuyim haqida bilib oldiz. Endi fikrlarizi etishiz mumkun...🍃✍🏻🦋

THE END...?