August 25

AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸

8-QISM 🍃 | LOVE WINS...❤️‍🔥

FINAL 💗

Inho: — Juri, men sening tabassumingda xotirjamlikni topdim. Sen bilan har bir daqiqa men uchun dunyodagi eng muqaddas vaqtga aylanmoqda... Sen yo‘q paytlaringda ham yuragim sen bilan yashaydi... Men senga ishonaman, sening qo‘lingdan tutishni, kelajakda sen bilan birga yashashni istayman. Seni sevsam, bu ayb bo‘lsa, men butun umrimni shu ayb bilan o‘tkazishga tayyorman...❄️

Ko‘zlarim jimjimador yosh bilan to‘ldi. Men sekin uning qo'lini tutdim va unga ishonchimni bildirdim...🥹🌸

Shu lahzadan e'tiboran bizning munosabatlarimiz boshlandi. 2025-yil 20-iyun kuni rasmiy tarzda sevgi hikoyamizni yozishni boshladik. ❄️🌸

Shu kun bilan guruhdoshlarimiz, do‘stlarimiz, hatto multi olamdagi yaqinlarimiz ham tabrikladi. Taeoh, Armin, Suhon, Yumin, Yoongi, Taela, Yunjil hatto Minho ham ularga tilaklar yo‘lladi. Hammaning yuragida bitta tilak: "Baxtli bo‘linglar." 💕

Taeoh esa 21-iyunda bizga tabrik yo'lladi. Chunki u bu voqeani o'zi sodir etgandi. Shu sababli mendan ayrilganiga chidolmadi. So'ng menga kechikib tabrik yo'lladi:
🍃 Taeoh:
— Kim Ju Ri, qadrligim! 🌸
Bugun sening hayotingdagi eng muhim bo‘limlardan biri ochildi. Nihoyat, yuragingga mos, qalbingga tinchlik beradigan inson — Hvang In Ho aka bilan topishganingni eshitib, chin dildan quvondim!🕊💍
Bu yangilik yuragimni iliqlik bilan to‘ldirdi. Baxtingni eshitib, ko‘zlarimga yosh keldi – bu safar quvonch yoshlaridir. 🥲
Chunki sen bunga haqlisan. Sen doim mehrga, hurmatga, e'tiborga loyiq eding. Endi bu barcha tuyg‘ularni Inxo akadan topayotganing meni juda-juda baxtli qiladi. 🫶🏼
Sizlarga cheksiz baxt, bir umr sevgi, va birga o‘sib boradigan hayot tilayman. Har kuningiz quyoshli, har kechangiz osoyishta bo‘lsin. Har qaroringiz bir-biringizni yanada ko‘proq qadrlashga olib borsin.❄️🌸
Juri, sening baxting mening baxtimdir. Sening kulging men uchun musiqadek eshitiladi.💫 Shunchaki aytmoqchimanki — seni chin dildan tabriklayman. Yaxshi ko‘raman va doimo qalban sen bilanman.🌼
Inho akam bilan baxtli bo‘l! Hammasi uchun rahmat. Endi esa — boshlanayotgan yangi hayoting muborak bo‘lsin! 💐 Sening do‘sting, Kim Tae Oh 🍃😊

Bu betakror va alamga to'la tilak uchun biror so'z aytolmadim. Shunchaki qattiq yig'lab yubordim. Taeoh uchun to'kilgan so'ngi ko'z yoshlarimdan biri shu bo'ldi... Chunki ilk muxabbatim, chin sevgim va ushalmagan orzum endi men va Inho akam uchun baxt tilagan edi...❤️‍🩹
❄️ Oradan baxtli bir oy o‘tdi. 🌸

Har kuni Inho bilan uchrashdik. Kinoga bordik, yomg‘irli kunlarda she’r o‘qidik, qirg‘oq bo‘yida sayr qildik. Men o‘zimni baxtli qizday his qila boshladim. Hayotimdagi og‘irliklar, o‘tgan may oyidagi yaralar asta-sekin bitayotganday edi. Inho yonimda bo‘lsa, hatto sokin jimlik ham menga musiqa yanglig‘ tuyulardi.🫠

U har kuni menga qarab bir xil gapni takrorlardi:
— “Bugun ham eng go‘zal kunim bo‘lar ekanda.”😍

O‘sha so‘zlarni eshitganimda yuragim titrab ketardi. Chunki bu safar sevgiga ishonishga qaror qilgan edim.❤️

* * *

Bir kuni singlim Taela Inho akamni guruhga chaqirdi. Jiddiy ohangda unga qarab dedi:
— “Aka, siz chindan ham Juri opamni sevasizmi o'zi?” 😌

Men yuragimni ushlab qoldim.
Bu savolga qanday javob beradi?🙁

— “Ha,” — dedi Inho, hech ikkilanmasdan.❄️

Shunda Taela davom etdi:
— “Unda uylariga boring. Keyin Ota-onasidan rozilik so‘rang. Agar chindan sevsangiz, taslim bo‘lmang. Nega cho'zyapsiz? Opamni boshqasi olib ketsinmi?” 🙂‍↔️

O‘sha payt Inhoning ko‘zlaridagi og‘riqni ko‘rib qoldim... Chunki u ota-onasiz ulg‘ayganini bilardim. Biroq sevgisi uni har qanday qo‘rquvdan kuchliroq edi.💙

* * *

Ertasi kuni u mening uyimga keldi. Men u paytda uyda emasdim, keyin onamdan eshitdim.... Yuragi qaltirab, ostonamizda turibdi-yu, ammo qat’iyat bilan aytibdi:
— “Men Jurini sevaman. Men uni baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyorman. Menda ota-onam yo‘q. Ammo men uni hech qachon xafa qilmayman. U mening baxtim.”❤️‍🔥

Onamning va Dadamning esa oʻsha payt hayollari chuqur o‘yga ketibdi. Chunki men hali ularga Inho haqida ko‘p gapirmagan edim...💎

Shunday qilib, ular Inhoga rozilik berdilar qisman. Men bilan uchrashib koʻrishini aytdilar. Keyin Inho akam bilan ota-onam uchun soxta uchrashuv uyushtirib berdik.🙊

Kechki ovqatda dadam mendan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘radi:
— “Inho sen uchun kim? U yoqdimi?”🌊

Men jilmayib javob berdim:
— “U mening idealimdagi inson ekan. Uning yonida vaqt qanday o‘tib ketayotganini sezmay qoldim. O‘zimni to‘liq his qilaman. Dada… men uni chin dildan sevib qolaman, deb o‘ylayman...”🙈

Ota-onam jim qolishdi. Keyin bir-birlariga qarashdi. Nihoyat, ular taslim bo‘lishdi. Shu on men baxtimni qo‘lim bilan tutib olganday his qildim....🥹

Men ulardan bolalikdan beri qoʻrqib, oʻz istaklarimni yashirib katta boʻlgandim. Endi esa hayotimdagi eng katta istagimni osonlik bilan qoʻlga kiritdim...🥰

* * *

2025-yil 20-avgust. Bizning to‘yimiz kuni belgilandi. Bu sana multi olamimiz uchun ham, mening real hayotim uchun ham unutilmas bo‘lishi aniq edi.🌹

O‘sha kuni Inho hamma qarshisida turib, nutq so‘zladi. Men uning yonida, oq libosimda, baxtdan ko‘z yosh to‘kib turardim. Uning so‘zlari yuragimni tilka-pora qildi, lekin shu bilan birga eng katta baxtni ham hadya etdi...🌷

Inho:
— “Juri, sen menga baxt nimaligini o‘rgatding. Sen mening umidim, kelajagim, yuragimdagi har bir zarbaning sababi. Men seni chin dildan sevaman. Soʻngi nafasgacham birga boʻlamiz sevgilim...”😅💙

Shu payt men tushundim: butun og‘riqlar, ko‘z yoshlar, sinovlar meni aynan shu onga olib kelgan ekan. Haqiqatdan ham sevgi doimo g‘alaba qozonar ekan.❤️‍🔥

Men qo‘limni uning qo‘liga qo‘ydim va ichimdan faqat bitta jumla o‘tdi:
— “Endi men yolg‘iz emasman.”❤️‍🔥

🌸❄️ Bizning hikoyamiz shu tarzda tugadi. Ammo aslida — endi boshlanmoqda.... Biz uzoq va baxtli hayot kechirdik. Xudo bizga bir qizaloq ato etdi. Uning ismini Hwang Jisoo deb qoʻydim...😍

Love Wins All...🌸❄️

Mana azizlarim.
Mani hayotiy hikoyamning
Baxtli yakunini oʻqidiz.
Fikr va reaksiyalarizzi kutib qolaman.😍❤️
Hurmat bilan #Kim_Juri 🌸