April 25

JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃

2-Mavsum 💓 | 14-qism ☂️

“Uzoqlashuv” ❄️

Kecha tushgan yomg‘ir Incheondagi havoni biroz tozalagandek bo‘ldi. Ammo havodagi og‘irlik, qizg‘in may oyining ostonasida, ko‘ngildagi bulutlarni tarqatolmadi.🌧

Eunji kun bo‘yi yuragidagi g‘ashlikdan qutula olmadi. Hazil... bir og‘iz so‘z. Lekin bu so‘z orqasida qanday bo‘ronlarni keltirib chiqarganini endi tushunayotgandek edi. U kechga borib, oxir-oqibat Taeohga xabar yozdi.🌙

- “Taeoh... Iltimos, meni yana bir bor kechiring. Bu hazil emas edi, bu xato edi. Sizni bunchalik og‘ritishimni tasavvur qilmagandim. Men bunday bo‘lishini xohlamagan edim...” 💬🥀

Lekin bu so‘zlar endi kech edi. Hazil izlari yurakdagi ishonchni parchalab yuborgan edi. Endilikda ular orasidagi har bir suhbat quruq, rasmiy ohangda bo‘lardi. Har bir “salom” — oldingi iliqlikdan yiroq. Har bir “xayrli tun” — sovuq, jonsiz...❄️

Ular bir-birlariga yaqin turgan holda — bir-birlaridan juda uzoq edilar. 🕊

Uchrashuvlar kamaydi. Suxbatlar iztirobli sukunatlar bilan almashdi. Ularning o‘rtasidagi g‘ira-shira jimlik tobora chuqurlashdi — bu jimlikda so‘zlardan ham og‘irroq hislar yashiringandi...💫

- - -

Bu orada esa universitetda sessiya yaqinlashmoqda edi. Kursdoshlar tayyorgarlik bilan band. Ana shunday kunlarning birida Kim Su Hon, odatda tinch, ammo jiddiy va aqlli yigit, Taeohga yaqinlashdi.

— “Taeoh, sizga bir taklifim bor edi,” dedi u, bir oz tortinchoqlik bilan. “Men amakimning o‘g‘li uyida yashayman Seulda. Hozir xonadoshlarimning ko‘pchiligi uylariga, viloyatga ketishgan. Agar xohlasangiz, men bilan birga yashasangiz, sessiyaga birga tayyorlanardik. Yolg‘izlikdan ham qutulasiz...” 🏠📘

Taeoh biroz o‘yladi. Bu taklifda nimadir yengillik bor edi. O‘zgarish. Bir oz nafas olish. U bosh irg‘adi:

— “Bo‘ldi. Qabul qilaman. Rahmat taklif uchun, Su Hon. Siz kabi a'lochi yigit bilan turish, sessiyaga katta yordam berishiga ishonaman.” 🌚

Shu kundan boshlab, Taeoh va Su Hon birga yashay boshladilar. Ularning do‘stligi asta-sekin chuqurlasha boshladi. Kechki choy ustida dars muhokamalari, kulgili voqealar, bolalik xotiralari... hammasi bu ikki yigitni yaqinlashtira boshladi. 🫱🏻‍🫲🏼

Ular o‘rtasida ishonch, samimiyat, va o‘zaro hurmat paydo bo‘ldi.

🫧

Birinchi hafta o‘tgach, Su Hon bir tabassum bilan dedi:

— “Qani, bu dam olish kunlari bir joylarga chiqamizmi? Ko‘ngil yozaylik. O‘qishdan boshqa narsa ham bor axir.” 😌

Ular bir nechta kursdosh qizlar bilan — kulgili, samimiy suhbatli joylarga borishdi. Ovqatlandilar, yurishdi, muz uchishga tushdilar. Ko‘ngilni biroz yozishdi. Su Hon va Taeoh — hozirgi kunda bir-birini tushunadigan, shunchaki do‘st emas, yaqin birodarga aylangandi.✨

Ammo bu o‘zgarishlarning soyasi...
ParkEunjining yuragiga tushdi. 🕯

U kunlar davomida Taeohdan yozilgan xabarlarni intizorlik bilan kutdi. Har bir vaqtda yozdi:
> “Bugun ko‘rishamizmi?”
> “Men sizni sog‘indim...”
> “Bugun yana kursdoshlaringiz bilan aylanishga borasizmi?”
> “Taeoh...”❤️

Ammo javoblar — ko‘pincha kech kelardi. Yoki umuman kelmasdi. Kelsa ham, “Bugun imkon bo‘lmadi”, “Men Su Hon bilan tayyorgarlikdaman”, “Keyinroq gaplashamiz...” kabi jumlalar bilan chegaralangan bo‘lardi.💬

Bu esa Eunjining yuragini yomon ezdi. U buni his qilardi — Taeoh undan uzoqlashmoqda. Ilgari uni har kuni kutgan, izlagan, sog‘ingan yigit — endi boshqa joylarda, boshqa odamlar bilan, boshqa bir energiyada edi...🕊

Eunji oynaga qarab pichirladi:

— “Senga emas, menga og‘ir bo‘ldi bu hazil...
Men uzr so‘radim, lekin endi U menga vaqt ajratmay qo'ydi... Men uni yana yo‘qotamanmi?” 😔💔

U bu savolga javob topolmadi.

Shu tarzda, ularning orasidagi uzoqlik — endi yuraklar o‘rtasidagi masofaga aylandi. Vaqt va jimlik ularni ajratayotganini seza boshladilar... ammo hech biri bu ajralish yo‘lini to‘xtatishga jur’at topolmadi...🌘

Issiq bahor oqshomida to‘rtovlon — Kim Taeoh, Kim Su Hon, Hona Chong va Min Dae Chon — shahar chetidagi fast food kafesiga kelishdi. Hamma quvnoq kayfiyatda edi, kundalik darslar, sessiyaga tayyorgarliklar ortidan bunday lahzalar toza havodan nafas olishdek yoqimli tuyulardi.🌼

Ular buyurtmalarni kutishar, zaldagi yorqin chiroqlar ostida suhbat qizigandi. Ammo kutmagan paytda, buyurtma yetib kelishi bilan, muhit keskin o‘zgarib ketdi...⚡️

— “Men aytgan taom bu emas-ku, Hona Chong. Sen buyurtmani o‘zgartiribsan,” dedi Su Hon jiddiy ohangda.🙁

— “Men senga uch marta so‘radim, o‘zgartirmayman deb aytding. Endi meni ayblayapsanmi?” — Hona javob qaytardi, ovozida alam va g‘ashlik aralash.😒

— “Har doim o‘zingni haq deb bilaverasan! Har safar shunaqa!”😑

Taeoh va Dae Chon holatni yumshatmoqchi bo‘lishdi, lekin Su Hon allaqachon jaxl ustida joyidan turib, stolni biroz silkitdi-da, chiqib ketdi. Ortidan eshik sharaqlab yopildi. 🚪💥

Taeoh nafas oldi. Qandaydir vazifaday og‘irlik yelkasiga tushdi. Endi ikki qiz bilan birga qolganini his etdi. Tashqaridagi shovqin, ichkaridagi sukunatni buzolmasdi.🗣

Dae Chon telefoniga mukkasidan ketdi, holatni unutmoqchiday. Ammo Hona Chong... Hona jimgina Taeohga tikildi.🙂

— “Taeoh... Men sizdan shaxsiy bir savol so‘ramoqchiman,” dedi u, sukunatni parchalab. “Siz, Kim Jisooni sevasizmi?” ❤️‍🔥😁

Taeohning yuragi bir lahzaga urmay qoldi. Yeb turgan ovqatiga tiqildi...

— “Yo‘q... Yo‘q, albatta. Nega unday deysiz?” dedi u, ovozini ohangsiz saqlashga urinib.🤨

— “O‘zingizni bilmaganday gapirasiz. Darslarda unga prezentatsiyalar tayyorlab berasiz, unga qaraganda boshqacha muomala qilasiz. Uning yonida siz... boshqacha ko‘rinasiz. Yordam bersangiz — bizga bergan yordamingizdan o‘n barobar ko‘proq mehr bilan yordam berasiz,” dedi Honachon, so‘zlarini sinchiklab tanlab.🙂‍↔️

Taeoh ichidan chuqur tortdi. Bu gaplar uni o‘ylantirib qo‘ydi. “Chindan ham... Nega Jisoo uchun boshqacha harakat qilaman? Nega u doim kursdoshlarim ichida birinchi turadi? Nega men unga har doim yordam berishga tayyorman? Nega uning kanalida rangbarang reaksiyalar qoldirib yuraman?”

Ammo tashqi dunyoga hech narsani bildirmadi.
Qiyofasini barqaror saqlab turdi.

— “Jisooni... do‘st sifatida hurmat qilaman. Uning... aurasi boshqacha. U jim yuradi, lekin yuragi bilan gapiradi. Balki, shunchaki... himoya qilishni xohlagandirman o'qish taraflama. Doim yaxshi baxo olishiga harakat qilarman. Unga bo'lgan kuchli hurmatim boisidir bu...” dedi u, g‘alati bir titroq bilan.🙂

Hona jilmayib bosh irg‘adi.😅

— “Xo‘p. Uyga borganimdan so‘ng uning rasmlaridan bir nechtasini yuboraman sizga. O‘zingiz baho berarsiz.” 📲😌

Bu gapdan so‘ng Taeoh biroz bezovta bo‘ldi. Lekin bu lahza ortda qoldi. Suxbat esa boshqa mavzularga burulib ketdi. Ular ovqatlanib bo'lishdi.

Ular o‘rinlaridan turib, asta-sekin ketishdi. Shahar kech tusha boshlagan, xiyobon chiroqlari qo‘shni derazalarga aks solgan edi...✨

🏠

Uyga yetib kelgan Taeoh biroz charchagan bo‘lsa-da, Su Hon bilan yengil suhbat qurdi. U ketgandan so'ng vaziyat qanday o‘tganini aytib berdi. Su Hon esa hanuz o‘zini biroz g‘ash tutar, ammo suhbat ohangida yumshoq tabassum sezilardi.😊

— “Hona bilan yana nimadir bo‘ldi shekilli,” dedi Su Hon.

— “ U... qiziq savol berdi menga,” dedi Taeoh va o‘z fikriga to‘liq bo‘lmagan holda kulimsiradi. Va bo'lgan suxbat haqida Suhonga ham so'zlab berdi.

Suhbat tugagach, Taeoh telefonini oldi. Telegram ochildi. Hona Chongdan kelgan xabarlar.

📩 *3 ta rasm. 2 ta video.*

Ulardan birini ochdi.

Rasmda Jisoo kulib turgan edi. Oddiy fotosurat. Oddiy ko‘zlar. Lekin unda nimadir bor edi. Noma’lum joziba, sokin bir nur....🍓

Taeoh ekran qarshisida jim turib qoldi. Xona xira, yurak esa... g‘alati urardi.❤️‍🩹

So‘ng birdan... yuzida hayrat va his-tuyg‘ular to‘lqini bilan, baland ovozda baqirib yubordi:
— “SUHOOOOOON!!! Menga qaraang .................😱

(: davomi bor :)