LEAFFLY π¦ | #BAHROMIDDIN π
3-qism π | Kitob Sevgi Kaliti π
Xullas men doim uni qo'llab quvatlay boshaldim ijtimoiy tarmoqlar orqali. Instagramda ham, telegramda ham tinmay unga like va reaksiyalar yuborardim.π¦
Fevral oyining qaysidir kuni edi...βοΈ
13-fevral kuni ( https://t.me/c/2074104137/1029 ) kanaliga post qo'ydi.π«
" Ertaga kim menga kitob bermoqchi" deb yozgan edi o'sha postda. Men esa fursatdan unumli foydalanishim kerak edi. Shu sababli darxol yozdim:
β "Yashamoq" degan kitobni o'qiganmisiz? - deb comment qoldirdim.
Bu safar unga muloqot qilishdan qo'rqmadim.
U bilan ilk suxbatimiz shu yerda bo'ldi.π
U esa
β Yo'q, o'qimaganman - deb aytdi..π¦
β Unda meni kuting, ertaga qo'lingizda bo'ladi - deb aytdim.π
Shundan so'ng o'sha kitob ichiga o'z imzomni hamda unga bo'lgan gapimni yozib qo'yishim kerak edi. Nima yozishni bilmadim... rosa o'ylanib o'tirdim.π
Keyin hayolimga zo'rg'a keltirib olgan o'sha gapimni birinchi saxifasiga yozdim...βπ»
" Kitob β bu tafakkur negizida suzishga bir taklifdir. Har bir sahifasi yangi ufqlarni ochadi. Har bir so'z esa yurakka yetib boradi..."π
Buni yozganimdan so'ng, pasiga "Kim Taeoh" deya o'z ismimni va imzomni yozib qoldirdim.π
Keyin 14-fevral keldi. Sevishkanlar kunida mendan kitob sovg'asini qabul qildi Chongah. Kitob nafaqat ilm, balkim sevgi kaliti ekanligini o'shanda anglamagandim. Biz kitob sababli o'zaro tanishib qoldik...π
β Salom, - dedim uni oldiga borib. U meni kutubxonaga chaqirgandi.
β Salom, yaxshimisiz? Qani o'tiring - deb aytdi.
β Bu sizga! - deb hayajon bilan qo'limdagi kitob va shokoladni uni partasi ustiga qo'ydim.
Keyin shu tariqa uni qanday, qayerda va qay tarzda uchratib qolganim haqida so'zlab berdim. Keyin sessiya payti uni topa olmaganim, uni directiga yozishning imkoni bo'lmagani haqida ham tushuntirib berdim.πΈ
Vaqt tig'iz edi, u darsiga men esa taxsirlarning oldiga qaytishimiz kerak edi. Keyin hayrlashdik. Hayralashyotganimizda u menga qo'l cho'zdi va tanishganimdan xursandman - deb aytdi...π«
Men ham uni qo'lini darxol tutdim va biroz siqdim. "Men ham siz bilan rasman tanishib olganimdan xursandman" deb aytdim. Ayshsh, uning qo'li shunaqangi nafis va yumshoq edi... tasvirlab berish qiyin. Birinchi uchrashuvning o'zida qo'lini menga tutgani meni quvontirdi... Yanada unga mehrim ortdi...π€
O'sha kuni kechgi payt kanaliga post joyladi.
( https://t.me/c/2074104137/1037 )
Kitob uchun rahmat deb yozdi.
Men ham "Bundanda ko'piga arziysiz" deb xushomad qilib comment yozib qo'ydim.π»
Keyin mart oyi yaqinlashardi, ya'ni uning tug'ilgan kuni...
26-martni intiqlik bilan kutayotgan edi.π Har bir kunni intizorlik bilan sanab borardi... Buni kanali orqali kuzatib turardim...π«
Undan tashqari ilk tanishuvimizdan e'tiboran karidorda ko'rishib qolsak doim qo'l ko'tarib π€π» salomlashib qo'yardik...ππ»
Telegramda ham uyoq-buyoqdan yozishib turardik.
Ko'p yozishmasakda ammo u bilan suxbat qurish imkoniyati bor edi manda....π¦
26-mart ham keldi.
Uning tug'ilgan kuni....π
Kech soat yettilarda video xabar keldi undan.
U yig'layotgandi.... Buni ko'rib g'alati bo'b qoldim. Video xabarida u kafeda bir o'zi tug'ilgan kunini nishonlab o'tirgandi...ππ₯²
Keyin men darxol uni oldiga borishga qaror qildim.
Suhondan so'radim.
β "Shunaqa-shunaqa vaziyat.
Chongani bobosi yaqinda olamdan o'tdi.
Uyda nishonlamaslikka qaror qilishgan.
Dugonalarining birortasi ham vaqti bo'lmabdi kelishga.
Bugun 18 ga kiradi. Katta bo'ladi.
Man esa bunaqa kunini yomon o'tishini xohlamiman do'stim" - dedim Suhonga.ππ»π
U esa:
β Ha, mayli bora qol do'stim. Agar vaziyat bunde bo'lmaganda bu payt ketishinga ruxsat bermasdim, maslahat bermasdim. Lekin borsang bo'ladi β deb aytdi u.π
Keyin men unga sovg'a uchun gul sotib oldim. Sharlarni yaxshi ko'rsa kerak deb sharlar sotib oldim gul do'konidan chiqqanimdan so'ng. Va bir yumshoq o'yinchoq ham olgim keldi... Keyin darxol uni oldiga bordim...π¦
U bilan ICY COCO deb nomlangan shinam kafeda ko'rishishga kelishgandik. Yetib kelganimdan so'ng chiqishi haqida aytdim.
U kafe oldiga chiqdi va mani qo'limdagi narsalar bilan ko'rdi.π³π
Umuman kutmagan edi, mani ham, tug'ilgan kunni ham.
Endi uni holatini qanday tasvirlashni bilmayman.
Juda ham baxtli edi. Juda juda yosh bolalarcha sakrab yubordi.
Uni kulishi, uni sakrashi mani juda ham quvontirdi.π«
Keyin biz ichkariga kirdik va Qulpnayli kokteyl sotib oldik...π
Yarim soatmi yoki 40 daqiqami turli mavzularda gaplashib o'tirdik. U bilan suxbatlashish boshida o'zimni juda ham hayajonli his qildim. Yuragim tez urdi. Gapirishga qiynaldim. Ammo unga bu holatni tushuntirib o'tirmasam ham o'zi to'g'ri tushundi shekilli. Meni comfort his qildira boshladi, turli mavzularda tinmay so'zladi... Tug'ilgan kunini shu tarzda nishonladik...π¦
Bir payt u "men bilan yuring" dedi.
β Qayoqqa? - dedim men.
U o'sha kafedagi bir doskani ko'rsatdi.
U yerda juda ko'plab stikerlar yopshtirilgan edi.
Juda juda ko'p. Bu yerga oldin kelib-ketgan mehmonlar o'z xotiralarini shu tarzda yozib qoldirishar emish. Ular orasidan Chongah manga o'zinikini ham ko'rsatdi...π
β Balki biz ham yozib qo'yarmiz - degan taklif berdim.
U ham rozi bo'ldi.π
Bizda ruchka bor edi.
Ammo qog'oz yo'q edi.
Shunda Chongah aqllida, darxol kakteyldagi uzun qog'ozni shilib oldi va shuni manga berdi...π€
Nima yozishni bilmasdim.....
keyin hayolimga kelgan so'zlar bilan yozdimβπ»
( Shu payt sizga koreyskiy ism qo'yaylik dedim Shabanamga. Ha, shunaqa qavs ichida yozayotgan paytim men Bahromiddin bo'laman. Uni hayotdagi ismi Shabnam. Fanficdagi ismini shu tarzda tanlagan edik, uni tug'ilgan kunida. Keyin birgalikda unga ism qo'ydik. Kim Chong Ah. Chongah ismi Yorqin Tarvuz dramasidagi bezabon qizniki edi. Shu sababli ham men bu fanficda Shabnam uchun Shin Eunsooni obraz qilib oldim. O'sha kunlari Shabnam yorqin tarvuzni tomosha qvotkandide. Manga ham bu drama juda-juda yoqadi. Ayniqsa shu bezabon juftlik ham... )
Men shunday yozdim stikerga:
β Hayot senga limon berganda,π
Sen undan limonad tayyorla...π₯€
Keyin stikerimizi yopishtirib qo'ydik...π«π«Άπ»