“Prisoner of a Frozen Heart” 💔❄️
Men hech qachon yutqazmaganman.
Odamlar meni tanlamaydi.
Men ularni tanlayman.
Sevgi? Hhh,
Odamlar uni iliq his qilish kerak deb o‘ylaydi.
Men esa sevgini kuch deb bilaman.
Egalik qilinadigan narsa deb bilaman.
Men sevgiga egalik qilish orqali erishaman.
Rad javobi?
Bu so‘z mening lug‘atimda yo‘q.
Men rad javobini beraman, ammo hech qachon qabul qilmayman!
Agar biror narsani istasam — olaman.
Agar kimnidir xohlasam — u menga tegishli bo‘ladi.
Ariana Grande aytganidek "I want it, I got it"
Chunki men hislarimga taslim bo‘lmayman.
Men sening hislaringni bo‘ysundiraman.
U meni tanlamasligi mumkin.
Lekin oxir-oqibat…
u baribir mening yonimda bo‘ladi.
Men bunga ishonaman...
Baxt ham shunday.
Uni kutib o‘tirmayman.
Uni majburlab yonimga olib kelaman.
Va O'ZIMNIKI qilib olaman!
🖤 1-QISM: “MUZ QALBNING BIRINCHI URISHI” ❄️
Seul shahri tun bilan yashardi. Yomg‘ir tomchilari osmonni yerga bog‘layotgandek sukunat bilan yog‘ardi. Qora rangli BMW sokin ko‘chada to‘xtadi...🌒
Mashina eshigi ochildi.
Uzun qora palto, baland poshna, sovuq nigoh.
Uning atrofidagi havo ham o'z buyrug'ini kutayotgandek jim turardi. Odamlar uni ko‘rganda bosh egardi. Uni hamma hurmat qilardi. U esa hech kimga qaramasdi. Hech kimni yoqtirmasdi va xurmat qilmasdi. U o'ziga xos kibrga va viqorga ega qiz edi. Chunki u boshqarishga o‘rgangan edi, boshqarilishga emas... U uchun odamlar — figura. Hislar esa — zaiflik.🔏
Jennie hech qachon rad javobini eshitmagan.
Hech qachon kimnidir ortidan yugurmagan.
Sevgi? U uchun sevgi — egalik qilish degani edi.🔒
Ammo o‘sha kecha…
Hammasi o‘zgardi.❕
U kichik bir musiqa studiyasi oldida to‘xtadi. Ichkaridan gitara ovozi eshitilardi. Oddiy, toza, samimiy ohang.
Jennie beixtiyor ichkariga qaradi.
Va u yerda…
Yorug‘lik ostida bir yigit turardi.❤️
Qora sochlari biroz nam, ko‘zlarida esa beg‘uborlik bor edi. U kulib turib qo‘shiq aytayotgandi. Atrofida hech kim yo‘qdek, lekin u xuddi butun dunyo uchun kuylayotgandek edi.🎸
Jeon Jungkook.
Oddiy kiyim. Oddiy hayot. Oddiy orzular.
Ammo Jennie uchun u birinchi martada… boshqacha ko'ringan edi.❤️🔥
Birdan beqaror qizimizning yuragi g‘alati urdi.
Kuchli. Nazoratsiz. To'xtovsiz...
Xuddi Jenniening o'zi kabi beqaror🫀
Jennie qoshlarini chimirdi.
Bu his unga yoqmadi.
— Bu nima…? — dedi u ichida.❓
U hech qachon o'zini bunday his qilmagan edi. Odamlar unga qarab hayajonlanardi. U esa hech kimga bunday qaramagandi. Shu onda o'zini boshqalar kabi xis qila boshladi ilk bor, ammo ichki egosi bu faktni rad etishga buyruq berardi. 'jennie bu sen emassan' degan buyruq ohangidagi qaror hukm surardi qizning qalbida...🖇
Jungkook qo‘shiqni tugatib, boshini ko‘tardi.
Nigohlar to‘qnashdi.
Bir necha soniya.
Jungkook beg‘ubor jilmaydi.
Oddiy savol. Oddiy ohang.
Lekin Jennie uchun bu oddiy emas edi.
U javob bermadi. Faqat qarab turdi. Xuddi uni o‘rganayotgandek. Xuddi yangi o‘yinchoqni ko‘rgan yosh qizaloqday...🍃
Ammo ichida… nimadir jumbushga kelgandi.
U yigitdan qo‘rqmadi.
Yigit esa… uning ko‘zlaridagi sovuqlikdan biroz cho‘chidi.
Jennie orqasiga burildi.❄️
Mashinasiga o‘tirar ekan, oynadan yana bir bor Jungkookka qaradi. Jungkook ham benixoya qizdan ko'zini uzmay qarab turardi... Bu oddiy uchrashuv emas edi.🌙
Bu — Kim Jennie hayotidagi birinchi yurak urishi edi.
Va u hali bilmasdi…
Bu yurak urishi sevgi emas.
Bu egalik qilish istagining boshlanishi edi.🖤
Keyingi qismda:
* Jennie birinchi bo‘lib izhor qiladimi?
* Yoki Jungkook uning kimligini bilib qo‘rqadimi?
* Yoki Jennie yashirincha uni kuzatishni boshlaydimi?