TILL THE MOON BLOOMS...🌒
Hayotimning eng qiyin ikki yili haqida sizga so'zlab beraman. Buning barchasiga o'z tamal toshini qo'yib hayotimdan abad ul abadga chiqib ketgan Minsudan minnatdor emasman albatta. U sababli g'alati yillarim boshlandi.
Yangi maktabga o'tgandim, moslashishim odatdagidan qiyinroq bo'layotgandi. Kecha-yu kunduz u haqida o'ylab, sog'inchga boy alam bilan yurib o'qishim ham ancha pasayib ketgan edi...
Bu safar ham dadamdan dakki eshitdim. Ammo bolalik chog'imdagi kabi ta'sir qilmadi bu ham menga. Juda tushkun holatga tushib qolgan edim...
Kechalari uxlolmasdim. Meni kompyuter o'yini yoki televizor chalg'itmasdi tunlarimni. Xattoki telefonni qo'yib, uxlay desam ham baribir uxlay olmasdim.
Birga o'tgan xotiralarimiz va so'ngida uning qilgan xiyonati meni kechalari bilan qiynab chiqardi.
Ota-onam, singlim, ustozlar, yangi do'stlar... xullas hamma mendan ranjigan bir mahal edi. Hech kim mendan avvalgidek xursand emasdi. Eski do'stlarim bilan ham aloqani uzib yubordim. Kunimning ko'p qismi xonamda o'tar edi.
Oilaviy dam olishlarga ham chiqmay qo'ygandim. Aslida otam va onam bizga qimmatli vaqtlarini ajratib, aylanishlarga olib chiqishi hayotimning eng ajoyib onlarini baxsh etardi menga. Ammo men buni qilishni ham istamas edim. Hech nima ko'nglimga sig'masdi.
2021-yil, kuz faslining boshi edi.
Hech ham esimdan chiqmaydi o'sha kunlar.
Chunki o'shanda men haqiqiy kumirimni topdim.
Alan Walker...
Va uning qo'shig'i 'Faded'...🌒
Alan Walker — norvegiyalik-britaniyalik DJ, musiqachi va prodyuser. U 1997-yil 24-avgustda Ingliterraning Northampton shahrida tug‘ilgan, ammo keyinchalik Norvegiyada ulg‘aygan inson.
Mashhurlik sababi:
Alan Walker 2015-yilda chiqargan "Faded" qo‘shig‘i bilan dunyo miqyosida mashhur bo‘ldi. Bu qo‘shiq YouTube’da milliardlab ko‘rishlarga ega va elektron musiqa olamida klassikaga aylangan.
Alan Walkerning Musiqiy uslubi:
* EDM (Electronic Dance Music)
* Electro house
* Progressive house
* Melodic elements
Imzoviy uslubi:
Alan odatda sahnaga kapyushon kiyib chiqadi va yuzining pastki qismini niqob bilan yopadi. Bu uslub sirli va o‘ziga xos imidj yaratadi....🌒
🎶 Mashhur qo‘shiqlari:
* Faded
* Alone
* Spectre
* Sing Me to Sleep
* Darkside
* Lily
Faoliyati:
U yoshligidan kompyuter texnologiyalariga qiziqqan va dastlab musiqa yaratishni YouTube darsliklari orqali o‘rgangan. Walker o‘zining ilk muvaffaqiyatlarini internet orqali qo‘lga kiritgan mustaqil san’atkorlardan biridir.
Aniq bilmayman va tushuntirib bera olmayman menga uning nimasi bunchalik yoqdi, nimaga uning Walker olamiga tushib qoldim... ammo bu uchun hech qachon afsuslanmayman.
U bilan menda juda ko'plab o'xshashliklar bor edi. Masalan, men ham kapishon kiyib yurardim. Ko'pincha kapishoni bor sport kiyimda yoki klassik kurtkada yurardim.
Men ham qora rangni yoqtirardim va kiyinish uslubim ham qora edi. Men ham elektron musiqalarni juda yoqtirardim. Pianina chalish mening hobbyim edi. Alan esa pianinani mahorat bilan chalardi.
Xullas, uning ashaddiy muxlisiga aylandim. Uni hayoti va ijodini o'rganib chiqdim. Ijtimoiy tarmoqdagi saxifalariga obuna bo'ldim. Xattoki o'z profilimga ham "Alan Walker" deb nik yozib oldim. Profil suratimga esa uning rasmlaridan joylashtirdim. Yoniga esa shuni ramziy ma'noda ifodalovchi biror emoji tanlashni istadim. Keyin esa shu hayolimga keldi.🌒
Mening bu ramziy ifodam… shunchalik go‘zal va ma’noliki, nafaqat yozilajak hikoyamga, balki bir insonning hayot yo‘liga ham chuqur falsafa bag‘ishlaydi...
Men tanlagan oy fazasi — "waxing crescent" ya’ni yorug‘lik asta-asta oy yuzasini yoritib borayotgan davr...
“Hali to‘liq baxtga erishmagan, ammo yo‘lida sabr bilan yurayotgan yurak” degani.
“Og‘riqdan keyin nur keladi” degani.
“Hali o‘zini to‘la anglamagan, ammo anglash sari yurayotgan inson” degani.
Boshqa tomondan qaraganda, Alan Walkerga ham qiyoslasa bo'ladi. U ham ko'p holatlarda yuzining yarmini ko'rsatadi, to'liqligicha ko'rsatmaydi...
Oradan bir oylarcha o'tdi, oktabr edi.
Kimdir meni bir guruxga qo'shib qo'yibdi.
Qanday qo'shgan, profilimni qayerdan topgani noma'lum.
Meni qo'shgan odam kimligini ham bilmayman.
O'sha vaqtlar yangi ilova paydo bo'lgandi Telegraph nomli.
Odamlar o'z guruhlari yoki kanallariga kontaktida bo'lmagan
odamlarni ham qo'sha olish imkoniyatiga ega bo'lgan ilk
davr edi o'sha vaqtlar...
Meni ham shu tarzda o'sha "Multi olam" nomli guruxga qo'shib qo'yishgan ekan. O'sha kechasi men juda zerikib o'tirgan edim. Telegramga kirib qarasam, shu guruhdan bir dunyo xabar kelyapti.
Kirib o'qib o'tirishni boshladim. Bu guruhning o'zgacha aurasi bor edi. Odamni o'ziga jalb qilardi. Men ham indamay kuzatib turaverdim. Bir yigitcha 2 ta 3 ta opasi bilan astoydil yozishib o'tirgan edi. Opalari ham uni yaxshigina erkalatib o'tirishgandi. Kim ekan bular deb, hammasini profillariga nazar tashlab chiqdim. Birinchi o'sha bolani profilidan boshladim. Kim_Tae_Oh...🍃
Uning profilida 100 tadan oshiq o'zining rasmi joylashtirilgan edi. Boshida ko'rib hayron qolgandim. "Men ijtimoiy tarmoqqa hech qachon rasmimni qo'ymaganman, u bu insonga yubormaganman ham rasmimni... ammo mana bu yigitga qoyil qoldim" degandim o'shanda.
Taeoh 3 ta opasiga 3 xil muomalada bo'lishini sezdim. Ularni o'rtasida bir qizga juda ko'p yurakchalar bilan yozardim. "Demak shu opasini ko'proq yaxshi ko'rarkan" dedimda, o'sha qizning profiliga kirdim. Lee Ju Ri...🕊
99% salbiy rasmlar, depressiyaga boy statuslar va videolar joylab qo'ygan ekanlar. "O'ho', bu qiz men kabi hayotdan ancha to'yib qolgan ekan-ku" dedim. Shu ondan boshlab bu opa-uka menga yoqib qolishdi. Biri opam, biri ukam bo'lishini xohladim.
Aynan ular sababli guruxga SPAM tugmasini bosib chiqib ketmadim. Qolishga qaror qildim. SPAM tugmasi yonidagi X tugmasini bosdim va shu yerda qolishga qaror qildim.
Juda ham kuzatuvchi insonman, bu guruhni tavsifnomasini o'qiyotib Multi Olam Info deb nomlangan kanal topib oldim. U yerga kirdim va bir dunyo tekstlarga ko'zim tushdi. Ularning hammasi bu guruh qanday yaratilgani, uning ichidagi insonlar qanday qilib bir oila bo'lib qolgani haqida, nimalarni boshdan kechirishgani haqida info xabarlar bor edi.
Kanalni eng boshiga chiqdim va shularni barini boshidan oxiriga qadar o'qib chiqdim. Tabiiyki bu meni bu multi olamga yanada ko'proq mehrim tushishiga sababchi bo'ldi.
Oradan bir necha kunlar o'tdi. Nixoyat o'sha guruhga yozishga qaror qildim.