JODUGAR ๐ | #BAHROMIDDIN ๐
VI boสปlim ๐ซ | @Kim_Tae_Oh ๐
VI bo'lim | 1-qism
NAMJOONNI IZLAB
Marmar dengizi sohillariga yetib borganimda tong yorishgandi. Katta plyajdagi o'nlab katta mehmonxonalarga qarab, Namjoonni qayerdan izlashga boshim qotdi. O'zim ko'rgan "Jaddebostan" tamaddixonasida biroz o'tirib sharbat ichdim. Adashmasam, uning xonasi shu yerdan to'g'riga qaragan edi. Ro'paramdagi xashamatli mehmonxonada ekani aniq. Xonama-xona izg'ib yurguncha shu yerdan ko'z uzmay kuta qolaman. Tashqariga chiqar, axir...
Kun tik kelguncha o'tirdim, ammo zerikmadim. Dengiz bo'yida zerikishga hojat bormi? Sohillarda o'ynab quvnab yurgan bolalar, sevishgan yoshlar, o'rindiqlarda mutolaaga berilgan keksalar, qumga dasturxon yozib tamaddiga chog'langan oilalarni kuzatib havasim keldi. Ammo men dam olishga kelganim yo'q. Men boshqalar qatori yayrab yashashga haqsiz jodugarman. Dengiz sohillarini kezish uchun sherigim ham yo'q. Suhbat qurish uchun do'stlar yo'q... ko'ngildosh yo'q. Xullas, buyog'ini o'ylagim kelmadi.
Endi xonama-xona izlash uchun o'rnimdan turgan edimki, qarshimda xandon otib kulgancha kelayotgan bir yigitga ko'zim tushdi. U Namjun edi. Zamonaviy liboslar, yangicha soch turmagi, qora ko'z oynakda uni tanishim qiyin bo'ldi. Yonida bir xurliqoni belidan ushlagancha to'g'ri men o'tirgan tamaddixonaga kirishdi. Ikkovlashib kokteyl buyurtma qilishdi va yog'och stulga cho'kishdi.
Iyagimni qo'limga tiragancha ularni tomosha qilib o'tiraverardim. Qiz ham chet ellikka o'xshaydi: mallasoch, moviyko'z, oqbadan. Bir-birlariga tikilgan nigohlari esa "yeb qo'yaman", deydi. Yigitlarning bari bir go'rda o'zi. Ming yosh bo'lsa ham uyalmaganini qarang, deb chimirildim. Yengil tomoq qirishim Namjoonni ham men tomonga qaratdi. Qosh qoqdim.
Namjun avvaliga hayron bo'lib qotib turdi-da, go'zal malagidan uzur so'rab mening yonimda paydo bo'ldi.
-Jisoo... siz bu yerda...
-Bir dengiz shabbodasida shamollab kelay degandim. Bunday qarasam, turibsiz tirjayib... dunyo tasodiflarga to'lada!
-Meni qanday topdingiz? - ko'z oynagini olib jiddiy tortdi u. - Sizni boshqa ko'rmayman, deb o'ylagandim.
-Maa qilib dam olib yurganingizni bilganimda men ham shoshib kelmas edim. Bu kishi ezilib, qiynalib, bag'rini zaxga berib yotgandir, desam...
-Maktubda yozgandim-ku, buyog'iga baxtiyor yashayman, deb! Mening ham haqim bor, axir!
-Qayerdan bilay, meni ovutish uchun shunaqa xat yozibsiz, debmanda. O'zi ikki yil sizni eslaganim ham yo'q edi. Biroq bir voqea bo'lib... - Namjoonning meni quvonib emas, tumtayib kutib olganidan jaxlim chiqdi. - Ha, mayli sizlarga halal bermay. Men ketdim!
-Shu yergacha kelib qayga ketasiz endi? Nega izladingiz meni o'zi?
-Har xolda, sog'ingandan emas. Bu xabar sizni xursand qilishiga ham shubxalanib qoldim... Xullasi gap, sizni jodudan xalos eta olaman. Istaysizmi shuni?
Namjoon jim qoldi. Bir mallasoch xonimga, bir shoshqin to'lqinlarga, bir menga qarardi. Nigohlar o'yini tugab, ikki qo'lini bir-biriga urdi:
-Istayman, lekin siz...
-Menga jin ham urmaydi. Bir tomchi qon yo'qotib zarar ko'rmasman.
Namjoonga Kim Suk Jin bilan uchrashuvimiz, joduning yechilish sirini aytib berdim. U peshonasiga shapatiladi.
-Endi xonimingiz bilan hayrlashasizmi? Yo uni ham olib ketamizmi? Jodudan halos bo'lgach, baxtli hayot kechirarsizlar balki?
-Qo'ysangiz-chi, Jisoo. U o'zining bu qisqa hayotida sanoqsiz mahbublarni uchratgan bo'lsa ajabmas. U bilan hoziroq hayrlashamiz. Men... men yangi hayot boshlasam-da, xonimlar haqida o'ylash niyatim yo'q.
-Yana yolg'izlik deng? Ming yillik tanxolik tanholik kamlik qildimi? Qo'ysangiz-chi, Namjoon, kitobiy gaplarni unuting. Bu hayot! Kundaligingizdagidek muhabbatingiz uchraydi hali. Har xolda, u oddiy inson bo'ladi, degan umiddaman. Yana boshqa jodugarning qo'liga tushib qolmang! - qahqah otib kulib yubordim.
Namjoon ham kulgimga qo'shildi. Uni birinchi marta shodon ko'rishim edi.
-Narsalarimni yig'ishtiray. Vatanimga qaytaman. O'sha yerda jodudan halos bo'lib, qolgan umrimni tinch va xotirjam o'tkazaman. Sevimli kasbim bilan shug'ullanib! Eh, bu orzu meni naqadar qiynaganini bilmaysiz, Jisoo! Ko'chib yurish, muqimsiz hayot, zerikarli dunyodan qanchalik to'yganimni... Endi zerikmayman. Qisqa hayotda ishlashga, ibratli umr kechirishga intilaman. Hatto doimiy ish joyim bo'ladi! Buni o'ylashning o'zi zavqli!
-Oilangiz, farzandlaringiz bo'ladi, muhimi Namjoon. Hech qachon yolg'iz bo'lmaysiz. Sizdan bir iz qoladi bu hayotda.
-Oila... uni nimaligini hatto unutib yuborgandim. Mayli, siz istagandek bo'ladi bari, Jisoo. Ahir siz tuhfa etyapsiz bu imkonni. Tez chiqaman! Ketib qolmang yana!
Namjoonni tashqarida kutib turdim. Bo'ynimdagi taqinchoqni o'ynagancha yana dengizga tikilaman. Namjoonni halos etganimdan so'ng bu joduli taqinchoqni mana shunday katta dengizga uloqtiraman. Shunda bari tugaydi. Men bu toshsiz jodulay olmayman. Keyin... Namjoon bilan ham ko'rishmasak barini unutaman.
Seulga qaytdik. Dam olib kuchga kirganimdan so'ng, ertalab Namjoon bilan xiyobonda ko'rishdik. Daraxtlar soyasidagi o'rindiqqa o'tirdik, tongda bu yerlarda hech kim bo'lmasdi.
-Yaxshilab o'ylab ko'rdingizmi? Balki oddiy insonlardek yashash sizga yoqmas, - dedim ishga kirishishdan avval, - dunyoda qancha insonlarga Vaqt yetishmaydi. Sizda esa bu yetarli. Hatto men ham ayrim paytlar sizga havas qilaman. Kasallik, og'riq, dard, keksalik sizga raxna sololmaydi. Kimlar buni oltinlarga almashmas edi?
-Hayotim mazmuni boylik yig'ish va ko'ngilxushlik bo'lganida, qarshingizda o'tirmasdim, Jisoo. Men o'zimga emas, oddiy insonlarga havas qilaman. Bu haqda ko'p gaplashganmiz, axdim qat'iy!
-Bo'pti, unda... - dedim.
VI bo'lim | 2-qism
YILGA TENG KUNLAR
Endi joduni boshlamoqchi bo'lib turgandim, telefonim kuy taratdi. Ekranga qarasam, Kim Suk Jin.
-Yana nima ishi bor ekan? - Namjoonga ham ko'rsatdim.
-Kim Suk Jin har holda, jodu sirini ochdi. Unga minnatdorchilik bildirishim ham kerak. Gaplashing-chi, men kuta turaman...
-Allo...
Go'shakning naryog'idan xasta tovush eshitildi. Bazo'r tezroq yetib kelishimni so'radi.
-Ahvoli chatoqga o'xshaydi, - dedim Namjoonga havotir bilan qarab, - balki jodu... o'xshamagandir.
-Manzilini bilsangiz, unda tezroq boraylik!
Suk Jin qoldirgan manzil bo'yicha izlab bordik. Eshik qo'ng'irog'ini chaldim, biroq ovoz bo'lmadi. Joduni ishlatib qulfni tezgina ochdim. Ichkariladik.
-Janob Suk Jin... shu yerdamisiz?
-Kiring... - yotoqxona tarafdan ovoz keldi. Namjoon bilan birin-ketin to'shakka mixlanib yotgan Kim Suk Jinning qarshisida paydo bo'ldik. U juda o'zgarib ketgandi: sochlariga oq tushgan, yuzlarida ajin, ko'zlari nursiz... Shunga qaramay, u negadir kuldi.
-Tilagim amalga oshdi, Jisoo. Endi men qariyapman, kasal bo'lyapman... lekin juda tez.
-Nega bu ahvoldasiz? Aytgancha, bu o'sha Namjoon... - tanishtirdim men. Sukjin nigohlari bilan salomlashgandek bo'ldi.
-Namjoon, jodudan halos bo'lmadingizmi hali?
-Endi, nasib bo'lsa...
-Undan avval... bir narsani aytishni lozim ko'rib, chaqirtirgandim, - Kim Suk Jinni yo'tal tutib biroz tin oldi. - Shu desangiz... kunlarim yilga teng bo'lmoqda. Shu o'n kun ichida o'n yilga keksaydim. Har holda, yana bir oy yashab o'lsam kerak... Tabiat o'chini olayapti: juda tez qariyapman.
-Ahir bu haqda hech qaysi kitobimizda yozilmagan-ku? - dedim hayron bo'lgancha.
-Chunki haligacha hech kim bu jodudan halos bo'lgan odamni ko'rgan emas. Mana, endi merosiy kitoblaringizga bitib qo'ysangiz bo'ladi buning oqibatini... Qon bosimim oshgan, yuragim og'riydi, ko'zlarim hira tortdi. Kundan-kunga cho'kayapman. O'zim tanlagan yo'l. O'laman va bari tugaydi. Meni oilam kutmoqda...
Dalda bo'lguvchi gaplardan aytmoqchi bo'ldim-u o'xshamadi. Agar bir kunda bir yilni yashayotgan bo'lsa, demak, uzoqqa bormaydi. Shuni o'ylab Namjoonga qaradim. Uning erta tongda barq urgan yuzlariga tushkunlik soya solgandi.
Kim Suk Jinni shifoxonaga joylashga undadim.
-Qiziqmisiz? Tez keksayotganimni sezib doktorlar meni tajriba quyoni qilishadi-ku. Yo'q, menga shu yer, yolg'izlik yaxshi. Siz o'ylamang. Shunchaki ogohlantirmoqchi edim. Janob Namjoon, o'lmaslik la'nat emas, balki in'omdir. Auni paytda buni chuqur his etyapman...
Sukjin bilan hayrlashib u yerni tark etdik. Tez-tez kelib turishga kelishdik. So'ngi onlarini tanxo o'tkazmasligi kerak, bu adolatdan bo'lmaydi. Agar qo'limdan kelganda uni keksalik azobidan xalos etardim, biroq tabiat qonuniyatiga bas kelolmayman.
Namjoonga "endi nima qilamiz", deyishga ham botinmadim. Shundoq ham u o'z hayollari bilan olishardi. Kechagina yangi hayot boshlashga shay inson endi keksayish va o'lim topish haqida o'ylardi.
-Ko'risharmiz, - dedi u bekatga yaqinlashgach.
-Eski manzilingizda bo'lasizmi?
-Bilmasam... Sizni o'zim topaman.
Namjoon shunday degancha duch kelgan aftobusga minib ketdi.
Afsus. Uni izlamasam, tinch hayotiga halal bermasam bo'larkan. Sizga yordam bera olaman, deb katta gapirdim. Aksincha, o'lim sari yaqinlashtirmoqchi bo'libman. Inson necha yil yashashidan qat'iy nazar, baribir o'lishdan qo'rqar ekan. Negayam yo'liqdim shu Kim Suk Jinga? Eh, o'zim ham Namjoonsiz barini unutib endi odamdek yashay boshlagan edim... Endi yana qaytariladi shu holat. Namjoon tag'in maktub qoldirib olislarga ketsa hayron bo'lmayman.
O'qib yuraverdim. Ba'zida Kim Suk Jindan xabar olib turardim. U ham Namjoonning kelib ketganini aytardi. Ammo Namjoon men bilan ko'rishmadi. Men ham izlamadim. Hali bir qarorga kela olmagandir. Nazarimda, u ham, men ham Kim Suk Jinning umri yakunini kutayotgandek edi. Endi nima bo'larkan, degan savol qiynardi bizni. O'sha kun kutilgandan ham tez keldi...
Namjoon qo'ng'iroq qilib, tez Kim Suk Jinning uyiga kelishimni so'radi. Sababini so'ramadim: tushunarli edi bari. Bordim. Soch-soqoli oppoq, yuzlari bujmaygan, ozib-to'zib ketgan bir chol yotardi u yerda. Xirrilab nafas olishdan umri tugayotganini payqadim. Namjoon uning qo'llaridan maxkam ushlab olgan. Yuragim betlamay chetroqdagi stulga cho'kdim.
-Shuncha yil yashab... ibratli bir ish qilmabman, - shivirladi Suk Jin Namjoonga. - Namjoon, siz yaxshi odamsiz. Men kabi umringizni bekorga sovurmagansiz. Bilimli, zexnli insonsiz... Men-chi? Men to'rt yuz yil yashab nima ko'rdim, nima qildim?! O'ylasam, achinib ketaman. Barini boshqattan boshlagim keladi. Ammo... o'lishdan qo'rqmayman. Meni kutishyapti. Mening mehribonlarim sog'inishgan. Men ham ularni. Namjoon... men....
-Urinmang, sizni tushunyapman. Sizni faqat mengina tushuna olaman, Suk Jin. Bu la'nat tufayli qanchalik aziyat chekkaning menga ayon. Osoyishta jon berishga xaqlisiz. Qo'rqmang, men yoningizdaman, - Namjoon menga imladi. O'rnimdan turib Sukjinning narigi qo'lidan tutdim.
-Hammasi yaxshi bo'ladi...
-Afsusda ekanman. Jodudan kutulganimga shukur... endi ozodman.
Kim Suk Jinning so'ngi so'zlari shu bo'ldi.
...Uni el qatori dafn etdik. Faqat men va Namjoon. Uning boshqa hech kimi yo'q edi.
-Men ham o'lsam hech kim kelmaydi, - xo'rsindi Namjoon. - balki siz kelarssiz.
-Nima qarorga keldingiz? - so'rashga botindim nixoyat. - Kim Suk Jin men uchun hech kim edi. Shunday bo'lsada, dunyoni tark etishi ko'nglimni yaxshigina ezdi. Siz... siz bilan bu holatda hayrlashishni aslo istamasdim. Men uchun qadrli insonsiz, Namjoon. Gaplarim sizga erish tuyular, biroq hayotda sizdek yaqin do'stim bo'lmagan.
-Hamma ham yaqinlarini yo'qotadi: ota-onasi, yoru birodari... Do'stlik rishtalari uchun tashakkur. Siz ham men uchun shunchaki izlangan jodugar emassiz. Qadrlisiz. Ammo... Suk Jin to'g'ri yo'l tutdi. Men shunday qilishim kerak.
-Men qaror qildim, Namjoon. Jodudan halos bo'lishni istaganingizda... sizga yordam bera olmayman!
Namjoon menga yalt etib qaradi.
-Unday qilmang! Sizni o'z qo'llarim bilan choxga itarolmayman-ku? Tentak Tae Young jodu yechimini oxirigacha o'ylamaganmi? Sevganim ming yildan keyin jodudan qutuladi va bir zumda o'lib ketadi, deb tilak qilganmi? Nega yaratilgan o'zi bu jodular, jin ursin!
Namjoon negadir xoxolab kuldi:
-Shu harakteringiz ajdodlaringizga tortganda. Qiziqqonsiz judayam. Hali yoshsizda...
-Mayli, yoshingizni pesh qilmang endi. Nima bo'lsayam, jodu yechimini so'ramang mendan. Bugundan boshlab kasbimdan voz kechdim. Endi oddiy odamman, tushunarlimi?
-Siz shu yerda, ko'ngil tinch. Hozircha mening ham o'lish niyatim yo'q. Chala ishlarim bor, shularni bitiray. Juda zeriksam, sizni izlarman.
-Izlamasangiz ham mayli. Istanbulga chipta oling-da, mallasoch xonimingiz sari parvoz qiling.
-Hozirgina do'stman, deb turgan odam endi xaydab solmoqda. Rishtalar mustahkamligini qarang! - Namjoon burnimdan chimchiladi. - Hech qayerga ketmayman. Eski uyimda bo'laman, agar kerak bo'lsam.
-Qanaqa chala ishlaringiz bor o'zi?
Namjoon menga sirli boqdi.
-Hozircha aytolmayman. Kitoblarni topolganim yo'q. Tae Young bilan bog'liq...
-Bo'pti. Ilmiy ishingizni davom ettiravering unda, Namjunjon...!!!