June 1

JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 7-qism 🍃

“Ikkinchi Rad Javobi” 🖤

Taeoh o‘zini aldab yurganini endi tan oldi. Avvalgi rad javobidan keyin, yuragidagi barcha hislar so‘nib, u Jisooni unutdi deb o‘ylagandi. Ammo bu yolg‘on edi. O‘qish boshlanganining ikkinchi haftasidayoq Jisooni yana bir bor ko‘rganidan keyin, yuragidagi devorlar titrab, sinayotganini his qildi...✨ Bu safar u orzuga emas, imkoniyatga ishonmoqchi edi. Bu safar shunchaki kuzatish emas — yaqinroq bo‘lish, yana do‘st bo‘lish va asta-sekin sevgi sari yo‘l olishni istardi...❤️

Taeoh bu hislarini o‘zi bilan saqlay olmadi. Gapni do‘stlariga aytdi. Avvalgiday Suhon emas, bu safar Daechon birinchilardan bo‘lib javob qaytardi. Uning ohangi qat’iy va jiddiy edi.🎳

— “Tashvishlanmang Taeoh, men u bilan gaplashib ko‘raman. Nega sizga sovuqroq bo‘lyapti, salom-alikni qisqa qilyapti - bilib kelaman.” ❄️

Taeoh sukutda bosh irg‘adi. Yuragi notinch edi. Go‘yoki o‘tmishdagi xatolar yana uning izidan quvayotgandek edi. Ammo bu safar u tayyor edi — haqiqat nima bo‘lsa ham, eshitishga tayyor edi.⛈

Ertasi kuni Daechon Jisoo bilan qisqa suhbatlashib, yana Taeoh tomon qaytdi. Uning nigohi og‘ir, ovozida esa yumshoqlik bor edi. U yolg‘on so‘zlamadi. Haqiqatni qanday bo‘lsa, shunday yetkazdi...🌪

— “Taeoh, men Jisoo bilan gaplashib keldim. U shunday dedi... Avvallari Taeoh bilan oramizda hammasi yaxshi edi. Do‘st edik. Ammo U meni sevib qolganingni bilganimdan so‘ng... menda uyalish paydo bo‘ldi. O‘zimni tortadigan bo'lib qoldim undan. U bilan birga bo‘lolmayman. Yoshimiz orasidagi va uylarimiz masofasi o'rtasidagi farq juda katta. Undan uzoqroq bo‘lishni istayapman. Chunki unga umid bergim kelmaydi. Iltimos, bu gaplarni unga yotig'i bilan tushuntiring Dae Chon, dedi.”☄️

Taeoh bu gaplarni eshitib, yuzida jilmayish bilan bosh irg‘adi. Ko‘zlarida g‘am yashiringan edi.
— “Ha, tushunarli...”😊

Ammo bu so‘zlar ortida qanday ko‘ngil og‘rig‘i yashiringanini hech kim bilmasdi. Uning yuragi go‘yo yana bir bor rad etildi. U chin dildan biror ilinj bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda yaqinlik orzusida edi. Ammo bu orzu ham qulab tushdi. Ich-ichida yana bir bor dunyosi yiqildi. Ammo tashqaridan jilmaydi.🦋

Oradan ko‘p o‘tmay, Taeoh o‘zini biroz g'alati va bo‘sh his qila boshladi. Dardini kim bilandir bo‘lishgisi keldi. Shunda u vertual do‘sti, ikki yildan beri suhbatlashib kelayotgan, lekin hanuz uchrashmagan inson — Park Arminga yozdi. Armin — uning ichki dunyosini eng yaxshi tushunadigan kam sonli insonlardan biri edi. Ammo Armin hali Jisoo haqida hech nima bilmas edi.🕊

Taeoh unga hammasini, barcha dardini to‘kib soldi. Park Eunji haqida ilgari aytganlarini bilardi Armin, ammo bu Jisoo ismi — yangi edi u uchun. 🌵 Gaplar ohangidan Arminning kayfiyati o‘zgargani sezildi. Balki kech eshitganidan ranjigandir. Balki bu yerda boshqa bir tuyg‘u yashiringandir. ☘️ Ammo Taeoh bunga ahamiyat bermadi. Faqat dardini to‘kib solgisi keldi.🍀

Armin esa qo‘lidan kelgancha unga dalda berdi. Motivatsiya berdi, har doimgiday. Ammo bu safar u internetdan odatdagidan erta chiqib ketdi. Taeoh esa bunga ham e’tibor bermadi. Fikru hayoli faqat bir joyda — Jisooning ko‘zlarida, uning “undan uzoqroqda bo‘lishni istayman” degan so‘zlarida edi.🍓

Taeoh yotog‘ida yotib, Jisooning rasmiga tikildi. Yuzida haligacha tanish tabassum. Sochlari jingalak, yuzi biroz o‘zgarib ketgan, ammo yuragida o‘sha tanish narsa bor edi. Uning qulog‘ida faqat bir savol jaranglay boshladi:🫧

— “Nega men emas?”…🍃

Tun jim. Yulduzlar sukutda. Ammo Taeohning yuragi qichqirayotgandek edi. U bu savolni javobsiz qoldirolmasdi.💫

Ertasi tong otdi. Yangi kun boshlandi. Lekin Taeoh endi o‘zini sevgidan emas, bilimdan yupatishga qaror qildi. Faqat o‘qish. Faqat maqsad - o'qish...🌊

KOR-71, 72, 73 guruhlari ba’zi darslarda birga qatnashishar edi. Aynan shunday mashg‘ulotlardan birida Jisoo sinfda o‘tirardi. Taeoh har safar unga ko‘z tashlamaslikka, yuragidagi og‘riqni oshkor etmaslikka harakat qilardi. Ammo nigohlari ba’zida sirli tarzda o‘sha tomonga qarab ketardi.👀

Endi ular orasida devor bor edi. Yurakdagi, ko‘zdagi, so‘zlardagi devor. Ammo Taeoh umidni so‘ndirmadi. Shunchaki, bu safar y

uragini qulfga soldi. Sevgi emas — sabr. Hissiyot emas — sukut. Yaqinlik emas — masofa.🔐

Va shunday qilib, Taeoh yangi sahifani ochdi. Ammo bu sahifaning sarlavhasi... yuragining ichida ovoz chiqarmay yozilgandi:
“Unga sevgi emas, erkinlik kerak... Sevgan insonlar ba'zan qo'yib yuborishadi sevgan insonlarini...”** 🍃❤️