COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃
Yoz kirib kelgandi. Havo iliq, shaharlar tiniq osmon bilan bezangan. Ikkinchi kursning kuz oxiri edi. Universitet yigit-qizlari Pusanga ekskursiyaga borish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, avtobus safarga tayyor turardi. 🚎
In Ho, Su Hon va Seok Jin ham bu safarga qo'shilgan edi. Ular orqa qatorlarda yonma-yon o‘tirishdi. Seok Jin har doimgidek kulib turardi. Su Hon fon musiqasiga quloq solib, oynadan tashqariga qarardi. In Ho esa kitob o‘qirdi. 💫
— Pusanga borib, o‘z taqdirimni uchratmasam ham, bir chiroyli qizni uchratsam bo‘ldi, — dedi Seok Jin kulib. 😁
Suhon kuldi.
— Senga har doim kimdir uchrayverishi kerak. Qizlarni qochirib yuborasan doimgidek. 🌝
— Balki bu safargisi men bilan qoladi, — dedi Jin. In Ho indamadi. Bunday suhbatlar unga begona edi.🌚
Pusanga yetib kelishdi. Shahar har doimgidek gavjum va yorqin edi. Guruh universitet yaqinidagi tarixiy maydonni aylanib yurardi. In Ho suratga tushmas, lekin atrofni jiddiy kuzatar edi. Su Hon esa ekskursovodni diqqat bilan eshitardi. Seok Jin esa... u atrofni emas, odamlarni kuzatardi. Ayniqsa, qizlarni. 🕸
U bir zumda to‘xtadi. Ko‘zlari bir qizga tushdi. Qiz och kulrang futbolkada, ko‘zoynak taqqan, kutubxona sumkasini ko‘tarib, pastga qarab ketayotgan edi.🕷
— Bu o'sha! — dedi Jin.
— Nima o‘sha? — dedi Su Hon.
— Mening navbatdagi muhabbatim! — deya yugurdi.😍
Jin qizning oldiga borib, yumshoq ohangda gap boshladi:
— Salom yaxshi qiz. Menimcha siz... menimcha siz aynan mening idealimsiz. Menga bir daqiqa vaqt ajratsangiz bo‘ladimi? 😌
Qiz to‘xtab, sovuq qaradi.
— Yo‘q. Menga shunday gaplarni ko‘pchilik aytadi. Kechirasiz. — deya ketmoqchi bo‘ldi.
— Iltimos... raqamingizni bersangiz... — dedi Jin.
— Yo‘q, — dedi qiz va ketdi.🫥
Seok Jin yuragini ushlab, xo‘rsinib ikki do‘stining oldiga qaytdi.
— Qabul qilmadi... — dedi.😕
— Tushunarli, — dedi In Ho.🙂
— Boshqa gap yo‘qmi? — dedi Jin.😒
— Bo‘lishi kerakmi? — In Ho qattiq gapirdi.😟
— Xop, sizlar o'zingiz bilasiz. Ammo men o‘sha qizni yana ko‘rmoqchiman, ortidan boraman — dedi Jin.🕸
Suhon yelkasini qisdi.
— Unda, uni to‘xtatamiz.
— Nega? — dedi In Ho.
— To‘g‘ri so‘z yetarli emas bo‘lsa, shunchaki yo‘lini to‘samiz. Raqamni olish kerak. Qara axir Jinni ahvolini.🌓
In Ho g‘azablanib qaradi:
— Bezorilik qilishmi endi?
— Bu bezorilik emas, faqat ozgina bosim, — dedi Su Hon jilmayib.
Jin esa iltijoli qarab turardi.
— In Ho... faqat bir marta, iltimos.❄️
Nihoyat In Ho og‘ir nafas oldi.
— Mayli... lekin bu mening oxirgi bunday ishtirokim bo‘ladi.🙁
Ular yo'lni narigi yuzidan borib, tez yura boshlashdi va qizdan ancha o'tib ketishdi. Keyin bir chekkada kutishdi. Qiz o‘sha ko‘chada paydo bo‘ldi. U hech narsa sezmasdan yurarkan, uchta yigit yonma-yon turib yo‘lni to‘sib olishdi.😶
— Siz bizdan qochmasligingiz kerak, — dedi Su Hon.🫤
— Men... ey siz kimsiz? Nima istaysizlar... — qiz biroz cho‘chidi.
— Hech nima qilmaymiz, — dedi Jin. — Faqat raqamingizni bersangiz, boshqa bezovta qilmaymiz.😌
Ular bosim o'tkazib, qo'rqitishdan to'xtashmadi. Inho ham o'zining jaxldorligi bilan vaziyatni battar sovuqlashtirdi. Undan so'ng ishonarli chiqdi.
Qiz bir zum jim bo‘ldi. So‘ngra xavotir aralash holda telefonini oldi.
— Park So Hee. 2005-yilda tug‘ilganman.
— Va raqam?😮💨
Qiz raqamni aytdi. So‘ng shoshib orqaga yurdi. Ularning nigohi bilan ketguncha kuzatib turdi.🕷
In Ho astalik bilan ortga qaytdi.
— Endi biz bu narsani unutamiz. Bu zo‘ravonlik emasdi, lekin muomala ham emas edi.
— U bizni unutmaydi, — dedi Jin jilmayib. 😂
Oradan ikki kun o‘tdi. Yigitlar yana Seulda. Seok Jin telefonda raqamga yozdi, javob bo‘lmadi. Yana yozdi, yana jimlik.
— Hmm...🙃
U qizning nomini izlab, raqamini kiritib Telegramdan topdi. Sohee Park. Profilida minimal rasm, ammo biroz pastroqda kanal linki bor edi.🌚
Jin kanalga kirdi. Ichkarida turli fikrlar, hissiyotlar, she’rlar yozilgan.
U xuddi Sohee bilan yuzma-yuz gaplashayotgandek o‘qirdi. Har bir satr — Soheening hislari edi. ❤️
U ichkaridan iliqlikni his qildi. Qizning jiddiy yuzidagi barcha savollarga bu postlar javob berdi.🖤
U sekin pastga tushdi. Bir post:
“Bugun 3 ta yigit yo‘limni to‘sdi. Bu jamiyatda tinch yashash imkonsiz. Qizlar o'zingizni asrang. Ular xattoki raqamimni ham olishdi. Juda qo‘rqib ketganim uchun berishga majbur bo'ldim. Hali ham o‘zimga kelolmadim.”🥲
Post ostida “MultiOlam” deb tag joyda link berilgan edi. ❤️
Guruhga kirganida esa, ichkarida yuzlab notanish odamlar, qiziqarli postlar va bir-biriga dalda berayotgan insonlar bor edi.🍃
U asta pastga siljidi. Va Sohee Park — Armin ismli qiz bilan yozishayotganini ko‘rdi.
— “Ular shunchaki ketishdi... Men esa qotib qolgan edim. Kinolardagi bezoridan qolishmasdi ular ichidagi sovuq nigohli yigit” 😱
Jin tabassum qildi.
— “Men seni topdim, Sohee. Endi esa sening olaming ichidaman…”🌚🕷🕸