June 20

TILL THE MOON BLOOMS...πŸŒ’

2-qism

Hammaga salom! Bu yana Pek Hyon Vu. Kecha xususiy maktabga o'tdim degan joyimda to'xtab qolgandim. Chunki ayolim He In meni kechgi ovqatga chaqirib qoldi. Undan keyin esa hikoyamni davom ettirishga vaqt bo'lmadi.

Xullas, yuqori maktabga o'tdim. Bu yerda yana uch yil o'qishim kerak edi. Yangi maktabda yangi o'quvchilar muxitiga tushib qolish biroz qiyinchilik tug'dirgan bo'lsa ham, men moslashib keta oldim. Chunki tabiatan juda tez moslashuvchanman. Insonlarni vaybini his qila olaman.

Kechagi qismni *Bu yerda esa men uni uchratdim* degan gap bilan tugatgan edim. Siz o'ylagan bo'lsangiz kerak bu Hein bo'lsa kerak deb. Yo'q, Hein mening ikkinchi muxabbatim. Hozir esa siz birinchi muxabbatim Min Su bilan tanishasiz.

Maktab boshlandi, o'qishning birinchi kuni hammamiz sinfga kirdik. Hamma istagan joyiga o'tirib olgan edi. Bu tartibsizlikni ustoz to'g'irladi. Hammani bo'yiga nisbatan oldiroqqa yoki o'rtaga yoki bo'lmasa orqaga o'tirgizdirdi. Tabiyki men orqaroqdan joy oldim. Chunki yoshimga nisbatan ham, sinfdoshlarimga nisbatan ham ancha bo'yim uzun edi.

β€” Cho Min Su sen Pek Hyon Vuning oldiga o'tir, mana bu orqadagi yagona galustuk taqqan kelishgan yigit - deya alohida ishora qildilar. Bu kabi maqtovlarni ko'p eshituvchi intizomli yigit sifatida maqtovga parvo qilmasdim.

Ko'zlarim men tomon kelayotgan farishtadek yuzi nurli, malikalardek viqorli va idollar kabi oppoq bir qiz kelayotgan edi.
β€” Tinchlikmi? - deb so'radi yonimga yetib kelib..
β€” Nima? - deb alanglab qoldim.
β€” Nega bunday termulyapsiz?
β€” Kechirasiz, shunchaki chiroylisiz...
β€” O'zim ham shunga deb o'ylagandim.
β€” Ha.
β€” Ichizdagi gapni tez chiqara olarkansiz... - dedi boshdan oyoq nazar tashlab.
β€” Odatda bunday emas, lekin hozir menga nima bo'layotganini bilmayapman. Ismingiz nima? Minsomi?
β€” Ha, siznikichi?
β€” Pek Hyon Vu...

Bizning qisqa va esda qolarli tanishuvimizni ustozimizning "Orqa partadagilar! Shovqin qilmang" degan gaplari bo'ldi.

Xoh inoning, xoh inonmang! Ammo men o'sha kun, o'sha qisqa suxbat va birinchi termulishning o'zidayoq unga telbalarcha oshiq bo'lib qolgan edim.

O'sha kundan boshlab unga yoqishga harakat qilardim. O'zimni tutishim, har kuni o'zimga oro berishim odat tusiga kirgandi.
β€” Buncha yasanib olib qayerga ketyapsiz Hyonu, maktabgami yoki biznes uchrashuvgami? - derdi Chon xola.

Bu harakatlarim behuda ketmasdi. O'z natijasini albatta berardi. Men doim uni e'tiborini torta olardim.
β€” Bugun boshqachasiz.. - derdi.
β€” Siz esa hammadan o'zgacha porlayapsiz, - deb o'rnida javobini qaytarardim.
β€” Rahmat - deb chiroyli tabassum hadiya qilardi shu on.

Bir oy o'tgach Minsu menga bir gap aytdi.
β€” Balki bir-birimizni senlab murojat qilarmiz!?
β€” Yo'q. - dedim.
Uning lablari burushdi bu javobimdan so'ng.
β€” Nega Hyonu? Axir ancha yaqin do'st bo'lib qoldik-ku.
β€” Meni xattoki otam ham, onam ham sizlab murojat qilishadi. Men esa singlimga ham sizlab gapiraman. Bu bizning oilaviy an'anamiz desayam bo'ladi. Butun sulolamizning o'ziga xos etiketlaridan biri. Meni ham qon-qonimga singib ketgan odat bu.
β€” Voybo'o', mayli... - deb arazlab qoldi.
Ammo baribir unga buni yotig'i bilan tushuntirdim.

Kunlar shu zaylda o'tardi. Biz borgan sari yaqinlashib borardik. Do'stona munosabatlarimiz xuddi sevishganlarnikidek bo'lib borayotgandi. Bunday romantik suxbatlar va biz qilayotgan ishlarni ko'rgan sinfdoshlarimiz bizni allaqachon "juftlik"ga chiqarib qo'yishgandi.

Chunki doim maktabda birga yurardik, ovqatlanardik. Maktabga ham birga kelib, birga ketishni odat qilib olgandik. Shanba kuni yoki chorshanba kuni doim biror joyga borib ovqatlanardik. Yoki parkga borib xursandchilik qilib uyga kech qaytardik.
β€” Uyga kech kelmang o'g'lim, - degan dakki ham eshitardim otamdan.

Xullas, bir kuni mana bunday voqea bo'ldi. Men bir hafta maktabga kelolmadim. Chechak kasaliga chalinib qolgandim. Bu tuzalguncha men maktabga borolmadim. Borgan kunim esa, ertalabdan Minsuni Namjun bilan o'tirganini ko'rib qoldim. Sinf sardori Namjun bilan bir nimalarni gaplashib o'tirgandi.
β€” Mhmmmm! - deb tomog'imni ataylab qirib, xonaga jaxl bilan kirdim.
Ikkisi ham buni payqashdi va menga qarab hayron qolishdi.
β€” Minsu men bilan yur - dedim.
β€” Ho'p, - dedi va ortimdan chiqdi.

Chiqshi bilan qo'lidan tutdimda, karidorning oxiridagi kutubxonaga olib kirdim. U esa hayron mendan so'radi:
β€” Tinchlikmi Hyonu? Nima bo'ldi?
β€” Yo'q, tinchlik emas...
β€” Nima bo'ldi? Ayting.
β€” Nima qilib o'tiribsiz uni oldida?
β€” Uyga topshiriq ko'chirmoqchi edim!
β€” Mendan ko'chirasiz! Tushundingizmi?
β€” Ho'p tushundim... Asabiylashmang... o'zi tinchlikmi? Nega meni qizg'onyapsiz?

Shu payt o'zimga bir nazar soldim. Chindan ham uni sevishimni yaqqol isbotlab qo'yayotgan edim. Keyin gapni burishga harakat qildim..
β€” Do'stimni boshqa bir do'st topib olishini xohlamayman. Siz faqat men bilan do'stlashasiz. Sinfdagilar bilan ham gaplashib turishingizni xohlamayman.

Bu kabi holatlar yana bir necha marta bo'lardi. Oldin bunchalik rashk qilmasmidim? Nega birdan bunaqa rashkchi bo'lib qoldim ekan...? Menimcha men uni chinakamiga sevib qoldim. - deya o'zim bilan suxbat qurardim uni kim bilandir gaplashib turganini ko'rsam.

Shu uchun ham unga sevgimni izxor qilishga qaror qildim. Do'kondan u uchun maxsus sovg'a sotib oldim. Sevgi tumori... Yurakcha shaklida. Bir qismi menda, bir qismi esa unda turishligi uchun...πŸ’”

Keyin uning tug'ilgan kunidan bir kun oldin, shanba kuni barchasini aytishlikga qaror qildim. Yakshanba kuni baribir uchrasha olmasdik. Uyda o'zi bilan ovora bo'lardi. Men ham unikiga borolmasdim. Shuning uchun shanba kuni hammasini xal qilmoqchi bo'ldim.

Uni mo'jaz bir kafega olib kirdim. Unga yoqadigan shirinlikdan sotib oldim. Biz mazza qilib suxbatlashib o'tirardik Shundan keyin men o'z so'zlarimni bir boshidan aytishga qaror qildim.

β€” Nima desam ekan Minsu! Nimadan boshlashni ham bilmayman....