MENING KOMETAM 2 ☄
Oktyabrning oxirlari. Incheonda shom oqshomlar yorqin lampalar va kuz barglarining xiraroq hidiga qorishib ketar edi. Jimin universitet kutubxonasining derazasi oldiga o‘tirib, daftarini ochgancha darslarni ko‘zdan kechirayotgan ko‘rinar, biroq butun e’tibori… telefonida edi....👀
So‘nggi kunlarda Armin bilan bo‘layotgan suhbatlar shunchalik iliq tus olgandiki, go‘yoki har bir “ping” tovushi Jimin yuragini bittadan kuchli urdirardi.
Bugun esa… u butunlay boshqa hissiyot bilan uyg‘ongan edi. ❤️
“Unga aytishim kerak. Yashirish bilan endi ichim tinchimayapti…” 😌
Armin hali odatdagidek “Salom, bugun qanday o‘tdi?” deb yozmagan bo‘lsa ham, Jimin telefon ekranini qo‘lidan qo‘ya olmadi. 💁🏻♂
Bir necha daqiqalardan so‘ng bildirishnoma kelib tushdi:
Armin: “Bugun biroz charchadim… lekin sizdan bitta xabar kelsa, hammasi yengil bo‘lib ketadi 🙂”
Bu so‘zlar Jiminning ichidagi pardalarni birpasda yirtib tashladi. U chuqur nafas oldi… keyin klaviaturaga barmoqlarini sekin qo‘ydi....👐🏻
Uzoq vaqt birinchi jumlani yozolmay turdi.
So‘ng nihoyat yozdi:
Jimin: — “Armin… men yengil hazil bilan yozishni xohlayapman, lekin buning hazil emasligini bilaman.” ❤️
Bir zum to‘xtadi… yuragi tez urib ketdi… va davom etdi:
“Men seni qadrlaganimni bilasan… Lekin bu oddiy do‘stlik emasligini endi aniq angladim.
Har tong sening xabaringni kutaman, har oqshom sening tabassumingni tasavvur qilib uxlayman...😇
Shunchaki aytib qo‘yay: men seni yoqtiraman, Armin.
Do‘st sifatida emas. Boshqacha tarzda. Bu haqida toʻliq izxorimni kanalimdan bilib olasan” ❤️
U xabarni yuborishdan oldin barmog‘ini tugmada bir necha soniya ushlab qoldi. Yuragi butun tanasiga urilib chiqayotgandek edi....🦋
Ekranda “Seen” belgisi paydo bo‘lishi bilan ichida ming xil hissiyot paydo bo‘ldi — qo‘rquv, hayajon, umid va hatto titroq.❗️
Bir daqiqa… ikki daqiqa…
Hech qanday javob yo‘q.
Jiminning qo‘li titrab telefonni ushlab turgan bir vaqtda oxiri xabar keldi...💬
Armin:
“Jimin-ah… telefoningni o‘chirmagin. Men ham bir narsa yozay.”
Jimin chuqur nafas olib ekranga tikildi.
U qarshisidagi odam javob yozayotgan paytda ilk marta o‘zini haqiqiy oshiqdek his qildi…❤️🔥
Shu kechasi Multi Olam tarixida eng hayajonli suhbat yozila boshlanardi....☄🕊
Jimin kanaliga kirdi va oʻsha sevgi izxorni yozdi:
Madina, hayotimdagi eng qadrli inson!❤️🔥
《 Men bu so‘zlarni yozishga ancha vaqt tayyorlandim, chunki qalbimdagi hislarni to‘g‘ri ifoda qilishni xohladim. Men seni ilk bora ko‘rganimda, qalbimda o‘zgacha bir haroratni his qilgandim... Oʻshandayoq nimadir jiz etgan, bilmadim unda u nima edi. Lekin hozir bilgandekman. Vaqt o‘tgan sari sening borlig‘ing mening hayotimning eng muhim qismiga aylandi...🤎
Men uchun bu dunyoda eng qadrli narsa — sening tabassuming. Har kuni sen bilan gaplashish, sening ovozingni eshitish, sening yoningda bo‘lish — bularning bari men uchun bebaho.💚
Park Armin, men seni sevaman. Sen mening hayotimdagi eng go‘zal, eng yorqin yulduzsan. Qalbimda sen uchun cheksiz joy bor va hayotimni sen bilan birga qurishni istayman.💗
Menga ishon, sen mening eng katta orzuyim va baxtim sababchisisan. Mendan so‘ralsa, hayotimning har bir daqiqasini senga bag‘ishlashga tayyorman.💕
Armin, qalbimdagi barcha muhabbatni senga bag‘ishlayman va har bir lahzada seni baxtli qilishga harakat qilaman. Men uchun eng katta orzu — seni baxtli ko‘rishdir.💞
Sen uchun shu so‘zlarni yozarkanman, yuragimdagi his-tuyg‘ularimni to‘liq ifoda qila olaman deb umid qilaman. Meni qabul qilasan degan ilinjdaman.💓
Park Armin, mening sevgimga javob berasanmi?😍❤️ 》