COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃
🔸 14-Qism: “Ayriliqdan keyingi sokinlik” 🔸
Yozning issig‘i asta-sekin so‘nib, sentabr shabadasi bilan yangi o‘quv yili kirib keldi. Universitetga yana talabalar qaytdi. Har kim o‘z rejalari bilan, yangi orzulari bilan sinf tomon shoshilardi. Biroq bu galgi kuz – avvalgilaridan farqliroq edi. 🍁
Inho tongda uyg‘onib, yuragida g‘alati bir bo‘shliq his qildi. Mianing ovozini eshitmaganiga ancha bo‘lgan edi. Oxirgi kunlarda ularning suhbati qisqargan, uchrashuvlar kamaygan, ko‘zlarda avvalgidek porlash yo‘q edi. Buni ikkalasi ham his qilardi. Faqat tan olishdan cho‘chishardi. ❄️
Yangi dars kuni boshlanishiga bir necha kun qolgandi. Inho telefonini qo‘liga oldi va Mia bilan uchrashishni so‘radi. Qiz bunga rozilik berdi. Seul markazidagi kichik bog‘da uchrashishdi. Bu ularning birinchi uchrashgan joyi ham edi. 🛡
Mia jim edi. Ko‘zlarini pastga qaratgan, barmoqlarini bir-biriga o‘rab o‘tirardi. Inho esa yuragidagi g‘amni yashirishga urinardi.
— Nima bo‘lyapti, Mia? — nihoyat Inho so‘z boshladi.😒
Mia chuqur nafas oldi.
— Inho, men... Men o‘zimni yo‘qotdim. Hamma narsa go‘yo majburiyatga aylangandek. Men sevgi emas, mas’uliyatni his qilyapman... Men hali o‘zimni ham to‘liq anglamaganman. Biz birga ekanmiz, lekin ich-ichimda yolg‘izlik bor...🙂
Inho jim qoldi. Bu so‘zlar uni larzaga soldi. U ko‘p narsani kutgandi, lekin bu so‘zlarni emas.
— Demak... hammasi shu yerda tugaydi? — dedi Inho sekin ovozda.😄
Mia bosh irg‘adi. Uning ko‘zlarida yosh bor edi, lekin u ularni tushirmadi.
— Sen yaxshi insonsan, Inho. Juda yaxshisan. Lekin men hali sevgiga tayyor emasman. Senga ko'ngil qo'ydim, ammo yetarlicha emas. Lekin o‘zim bilan kurashda seni yo‘qotib qo‘ydim...😖
Inho hech nima demadi. Shunchaki uning ko‘zlariga qaradi, keyin pastga tikildi. Bu – munosabatlarning haqiqiy tugashi edi. Nafaqat bir munosabatning, balki bir butun orzularning yakun edi.🫀
U xayrlashdi. Orqa o‘girib ketayotgan Miani uzoq kuzatdi. Yuragi g‘amga to‘ldi. Endi unda yana bir bo‘shliq bor edi. Bu safargisi muxabbat bo'shlig'i....👤
O‘quv yili boshlandi. Auditoriyalar yana shovqinli, ammo yuragi g‘amga to‘la Inho uchun hamma narsa xira ko‘rinardi. Talabalar kursda yig‘ilayotgan vaqtda Inho Suhon bilan yonma-yon o‘tirgan edi. Biroq ko‘zi kimnidir qidirardi.👀
— Seokjin qani? — so‘radi u.
— Bilmayman, haligacha kelmadi. — dedi Suhon.🙁
Ular derazadan tashqariga qarab kutishdi. Kun o‘tib borardi. Keyinroq Suhon telefonini olib, Seokjinga qo‘ng‘iroq qildi.📲
«Siz tergan abonent tarmoq doirasidan tashqarida…»
Suhon telefonini pastga qo‘ydi.📱
— Telefoni o‘chiq. Ehtimol, u kelmas. Balki o‘qishni tashlagandir.🙃
— Tentakmisan? Nega tashlaydi? Atigi bir yil qoldi-ku o'zi.
— Bilasan-ku, u juda qaysar...🌓
Inho bosh irg‘adi. Yuragi yana siqildi. Bir yil ichida topgan eng yaqin ikki odamidan birini yo‘qotdi...
— Agar sen ham ketib qolsang, ajablanmayman.❄️
Bu so‘zlar yurakdan chiqdi. Ular og‘riqli, ammo chin edi.
Suhon boshini silkitdi. Sezilarli ohangda, sokin lekin qat’iy dedi:
— Men borman, Inho. Men hech qachon ketmayman. Sen yolg‘iz emassan. Men doim yoningda bo'laman do'stim.🌓
U yelkasini Inhoni yelkasiga qo‘ydi. Ular jim qolishdi. Orada ko‘plab so‘zsiz tushunish bor edi. Ularning do‘stligi og‘riqlardan ham mustahkamroq edi.⚡️
Shu jimlikda yangi sahifa ochildi. Ayriliqlar, yo‘qotishlar, lekin eng asosiysi – qolganlarning qadri. Inho bilardi – bu gal u yolg‘iz emas. Do'sti Suhon va ukasi Taeohning multi olami u bilan edi...🍃
Va nixoyat bu qismni ham yakunladim. Endi 2 ta qism qoldi. Aktiv bo'lila...🙁🍃