August 18

MENING KOMETAM 2 ☄

6-QISM 🕊 | #BAHROMIDDIN 🍃

Armin bu xabarni oʻqiganidan soʻng xursandchiligini ichiga sigʻdira olmadi. Darxol bu postning commentiga oʻz izoxini yozdi. ✍🏻

🕊 ARMIN: — Yo Xudoyim hozir aqldan ozaman...🤭 Hozir nima deyishniyam bilmiman lol boʻlib qoldim...🥹❤️

Keyin yaxshilab oʻylab Jimin uchun oʻz commentini yozdi. Toʻliq javobini ham shu orqali berib oʻtdi...🍃

🕊 ARMIN: — Meni hayotimda eng qadrli inson sizsiz. Ancha yil birga vaqt oʻtkazdik, birga kuldik, janjallashdik, arazlashdik, kunlab gaplashmadik ham, bir birimizdan uzoqlashdik...🥲

Lekin siz bilan boʻlgan damlarimiz eng unutilmasi boʻldi. Siz eng yaxshi doʻst va ovutuvchi boʻla oldiz. Mendan uzoqqa ketsez sogʻinardim, har doim " Safoni sogʻindim" derdim nimadandir qattiq hafa boʻlsam. U qaytmidi deyishganida ishonmasdim chunki meni yolgʻiz tashab ketmasligizzi bilardim. Hayotimda sizniyam Hyon Wooniyam oʻrni boʻlak,sizni oʻrnizni Hyonwoo, uning oʻrnini siz toʻldirishila qiyin...🫠

Bilasizmi avval shunaqa koʻp jahl qilardiz, oʻsha paytda " bu mijgʻov hech qachon oʻzgarmidi, bor alamini doim mendan oladi" derdim. Lekin hozirgi holatizni koʻrib avvalgi Jiminni unutdim va mana bu Park Yeon Do doim ich-ichidan mehribon, yoqimli boʻlganiga ishondim...🥰

Bunaqa gaplarni gapirish uchun juda katta jasorat kerak aslida va men sizga ishonaman,doim ishonganman va doim suyanganman sizga.😍

Siz bilan gaplashish, ovozizzi eshitish meni baxtli qiladi. Doim yoqimli gaplar etsez oʻzimni qoʻyarga joy topa olmay qolaman...🙈

Mendagi orzu esa doim birga boʻlishimiz va baxtli boʻlishimizdir, hech qachon bir birimizga boʻlgan ishonch yoʻqolmasin eng muhimi...🫶

Balki gaplarim alkash-chalkash boʻp ketgandir lekin soʻzim oxirida shuni aytmoqchimanki...🫣

Men ham sizni sevaman,va doim birga boʻlishimizga ishonaman....🤭❤️

Armin Jimindan bunday samimiy va jasoratli xabarni kutmagan edi. Boshida “lol boʻlib” qolgan holda o‘z hislarini izohladi, keyin esa yuragidan otilib chiqqan uzun javobini yubordi...❤️

Yuborilganidan so‘ng bir necha daqiqa davomida hayajondan qo‘llari titrab turdi.🥰

U har daqiqa ekranga qaradi. “Seen” belgisi yo‘q edi.
5 daqiqa… 10 daqiqa… yarim soat…👀

Hech qanday javob yo‘q...❌

Armin ichida nimadir bo‘g‘ila boshladi....❗️

— “Ehtimol u qo‘rqib ketgandir… yoki pushaymon bo‘lgandir…”❤️‍🩹

U tarmoqdan chiqib kirdi, yana chiqdi… Jimindan hatto “online” belgisi ham ko‘rinmasdi...📌

Kechki soat 23:40.
Armin oxirgi marta guruhga “Jimin qayerdasiz?” deb yozmoqchi bo‘ldi, lekin yozolmadi. O‘rniga ekranga tikilgancha pichirladi:
— “Iltimos… hech bo‘lmasa bittagina belgi yubor…”🥲

OʻSHA KUNGI HOLAT:

Jimin post joyladi. Shu paytda boshqa joyda – Incheon ko‘chalarida Jimin esa yo‘l bo‘yida tez-tez yurardi. 🍃

U Arminning javobini ko‘rib bo‘lgan, hatto xursandlikdan unsiz yig‘lab ham olgan edi. Ammo javob yozishga ulgurmadi…🕊

Chunki Taeoh unga qo‘ng‘iroq qilib, keskin ohangda bitta gapni aytdi:
— “Jimin, hammasini o‘qib chiqdim. Nega bunday qilding?”😑

Jimin bir zum jim bo‘lib qoldi:
— “Men… uni sevaman, Taeoh.”🙁

Taeoh:
— “Sevish – bu ishonch va mas’uliyat demakdir. Sen bunga tayyormisan? U ko‘p narsa ko‘rgan. Boshidan koʻp qiyinchilik oʻtdi. Men ham ko'p bor uni ranjitdim. Yarador yurakka yana yara ochib qo‘ymasligingga ko‘zing yetadimi, Jimin?!”😡

Taeohning ovozi titrardi. Bu rashk yoki g‘azab emas edi — bu dostini himoya qilmoqchi bo‘lgan insonning vahimasi edi.🍃

Jimin seskanib to‘xtadi:
— “Ha… men bunga ko‘zim yetadi. Chunki men bu safar hech kimni yo‘qotishni xohlamayman.” ☄

Taeoh:
— “Agar bunga toqat qilolmasangchi?! Agar u yana sinib qolsa-chi?! Sen ham yiqilasan, Jimin! Adabingni beraman oʻzim...”😑

Yo‘l chetida turib, Jimin siqilgancha past ovozda:
— “Taeoh… yetar. Men bu qarorni yuragim bilan qildim.”😌

Taeoh indamay qoldi… va oxiri yengil, lekin achchiq so‘zlar bilan pichirladi:
— “Unda yoki uni baxtli qil… yoki undan butunlay ket. Ishqilib oʻtmishingdagi 2 ta Seojinni qismati qaytarilmasin.” 👌🏻

Bu so‘zlar Jiminga pichoqdek botdi. Telefonni oʻchirib qoʻydi.📲

U javob Arminga yozish uchun telefonning qulfini ochdi… lekin ayni vaqtda avtomobil signalining baland ovozi eshitildi. 🚕

Jimin boshini ko‘tarishga ham ulgurmay qoldi.
Qattiq tormoz shovqini va
— …zarba… 👤💥🚕

Telefon uchib tushdi. Chilparchin ekranda Arminning javobi hali ham ochiq turardi.
Jimin esa yo‘lning o‘rtasida yiqilib yotardi....🫀

Atrofda vahimali qiyqiriqlar, avtoulov faralari, keskin harakatlar…💔

Telefon ekranida esa jim turib qolgan bitta xabar yonardi:
“Seen by Jimin”🎯