June 12

Sen Bilan Onlayn 🍁🪻

"Keskin Burulish" ✨

Qishgi tatil kutilganidan ham ko‘proq dam bo‘ldi. Seuldagi serharakat hayotdan so‘ng Pusandagi sokinlik — yuragimga taskin bo‘ldi. Onam har kuni ertalab nonushtaga chaqirar, otam esa har gal men kitobga cho‘mganimda kulib qo‘yardi:
— “Bu bola hali professor bo‘lmasa-chi.” deb xitob qilib qo'yardilar..🌚

2023-yil yakunlanar oqshom, biz butun oila yig‘ildik. Oshxona chiroqlari yorqin, dasturxon to‘la, tashqarida esa pirotexnika chaqnab turardi. Shu lahzalarda yuragim iliqlik bilan to‘lgan, lekin baribir biror narsa yetishmayotgandek tuyulardi.
Park Chae Young.❤️

Seulga qaytganimda, yana odatdagi hayot: dars, ish, va U.🍓

Ikkinchi semestr boshlanarkan, bizning munosabatimiz yanada chuqurlashdi. Endi har yakshanba – nafaqat uchrashuv kuni, balki sevgimizni yangilaydigan marosimga aylangan edi.🔥

Bir gal parkda uchrashganimizda, u menga kichik termosda issiq shokolad olib kelgan:

— “Sizni har doim iliq tutishni xohlardim. Shu shokolad kabi... U ham xuddi siz kabi shirin Yoongi oppa” — degandi u.🥰

Men esa jilmayib:

— “Sen bo‘lsang, yuragimdagi eng issiq joysan.”😍

Bahor issig‘i ichimda gullab-yashnardi. Lekin bu bahor — boshqacha edi.
Sessiyaning oxirgi kuni dekan meni yoniga chaqirdi. Kutilmagan suhbat bo‘ldi.😅

— “Yoongi, sen a’lochi, faol talabasan. Biz seni Londondagi talabalar almashinuvi dasturiga tavsiya qilmoqchimiz. Bunday iqtidorli talabamiz Seulda emas, chet elda... Londonda o'qimog'i shart! ”😉

O‘sha paytda yuragim shuvillab ketdi. Shuncha qilgan mehnatim, yana bir bor mevasini berdi. Iqtidorli talaba deb atagani, aynan mani shu Student Exchangega taklif qilgani mani ich-ichimdan faxrlantirib yubordi..🦋

— Lekin “O‘ylab ko‘ray...” — dedim.😌

May oyi kelib, so‘nggi darslar, bahorning so‘nggi kuni. 31-may kuni — men va Park Chae Young so‘nggi marta uchrashdik.❤️

Biz daryo bo‘yida yurardik. Havo iliq, quyosh endigina botayotgan, osmon pushti rangga bo‘yalgan. U jim edi. Men ham.
Qattiq quchoqladik bir-birimizni. So‘ng u yuzimga qaradi.🫂

— “Men sizni kutaman. Juda juda sog'inib qolaman oppaa”

— “Men albatta qaytaman. Men ham seni sog'inib qolaman jonginam!” deya erkaladim.

Labiga labimni bosarkanman, xuddi so'ngi marta uni quchoqlab o'payotgandek o'pardim. Aslo qo'yib yuborgim kelmasdi. Ko'nglim nimadandir g'ash edi. Ammo shu bilan birga uning ifori, lablarining boliga to'yib olmoq istadim. Oxirgi marta... lablarimiz ajralgach, yuragimda og‘irlik qoldi. Biz hayrlashdik biroz ko'zda yosh bilan.🫀

Uyga qaytgach, ota-onamga dekan aytgan taklif haqida aytdim. Ular bir-biriga qarab, ohista bosh irg‘ashdi:

— “Bor, o‘g‘lim. Sen orzularing sari yur.”😻

Iyul oyida esa hujjatlar, tibbiy ko‘riklar, elchixonaga qatnov... har bir kunim stress, har bir tunim bezovtalik edi. Lekin orzu kuchli edi.🫴🏻

Ammo... o‘sha bir kecha... Park Chae Youngdan xabar keldi.
— “Yoongi... kechiring meni. Onam telefonimni ko'rib qoldi. Uxlayotganimda ekran yoniq qolib ketibdi. Ular bizni qat’iyan man qilishdi gaplashishimizni. Men... Men afsusdaman. Meni kechiring. Ammo hammasi tugadi. Hayr... alvido sevgilim...”🥲

— “Demak, shunday tugarkanda?”🍁

— “Ha...”🪻

So‘ng oxirgi jumla:

— “Men seni hech qachon unutmayman.”🥀

Qiz Telegram akkauntini o‘chirib yubordi. Multi Olam guruhida endi u yo‘q edi. Yuragim bo‘shab qoldi. Halovatimdan ayrildim bir kechada...🍂

Avgust oyining o‘rtasida parvozim belgilandi. Unga yozolmadim. Ammo men ham Telegramni o‘chirdim. Guruhga oxirgi salomimni va xayrimni yozdim.

— “Yaxshi qolinglar. Men endi Londonga ketyapman. Yutishim kerak bo‘lgan kurash oldinda. Hammangizni unutmayman.”🥲

Va endi, yo‘l — Londonga. Orzularim shahriga.❤️

Lekin yuragimda hali ham bahorning iliqligi qolgan:
Park Chae Young.🪻

.
.
.

KEYINGI QISM FINAL BO'LADI. SIZLARDAN REAKSIYA VA COMMENT KUTAMAN 7-QISM UCHUN...🌚❤️