AGAIN 2 ❄️ | #KIM_JURI 🌸
Mayning qolgan kunlari qalbimga og‘ir yukday bosilib qoldi. Har kuni tong otardi, quyosh nur sochardi, odamlar o‘z ishlari bilan shoshilishardi, men esa hayotimni tamomila to‘xtab qolgandek his qilardim. Ichimni bir bo‘shliq kemirardi, har kuni uyga kelib, karavotimga o‘tirib, shiftga tikilib yotishdan boshqa kuchim yo‘q edi. Hamma narsani ichimga yutardim.💔
Taeoh bilan umuman gaplashishni istamasdim. O'qishda ham u ortimdan qolmasdi, ammo biror marotaba unga parvo qilmasdim. Bu safargi semestrni o'z kuchim bilan yopdim. Taeoh bilan yopganimdek natija bermaydi, ammo nailoj...❤️🩹
Telefonimni o‘chirib qo‘yganimga ancha bo‘lgandi. Qachonki uni yoqsam, ekranimni minglab xabarlar to‘ldirib yuborar, ularning orasida eng ko‘pi Taeohniki bo‘lardi. “Juri, javob ber…”, “Iltimos, meni tushunishga harakat qil”, “Faqat bir marta uchrashaylik”… Bu xabarlarni o‘qish o‘rniga ko‘zlarimni yumardim va barini o‘chirib tashlardim. Har bir satr yuragimni tilka-pora qilardi. Axir men bu so‘zlarni eshitdim-ku: *“Men seni sevmayman”*. Boshqa hech qanday izoh, tushuntirish, kechirim bu gapni yuvib ketolmasdi. ❤️
May oxirida hatto tashqariga chiqishga ham kuchim qolmadi. O‘qishga borardim, lekin yonimdagi hech kimni ko‘rmasdim. Auditoriyaga kirib, soatlab stolga tikilib o‘tirardim. Do‘stlarim meni so‘rashardi, ammo men ko‘zlarimni yashirib, “yaxshiman” derdim. Ammo aslida men yaxshi emasdim.😭
Min Yoongi bir necha bor chaqirdi, yozdi. Hatto qo‘ng‘iroqlar qildi. Lekin men ko‘tarolmadim. Chunki ovozimni eshitsa, dardimni ham eshitishini bilardim. Men esa hamon bu og‘riqni so‘zga aylantirishga tayyor emasdim.🥲
Iyun oyi boshida, oradan o‘n besh kun o‘tgach, nihoyat ichimdagi sukut devori asta yorila boshladi. Bir kuni tongda derazadan kirgan quyosh nurlariga tikildim. Ularning iliqligi menga yana hayotimni qayta boshlashim kerakligini eslatayotgandek edi.☀️
Shu payt telefonimni yana qo‘limga oldim. Xabarlar yana ko‘pligicha edi. Yuzlab satrlar, yuzlab chaqiriqlar… Men esa ularning hammasini ochib ko‘rmasdan, o‘chirib tashladim...🍂
— "Sen meni yo‘qotding, Taeoh. Endi men qaytmayman." dedim o'zimga va u yozgan hamma chatni o'chirib tashladim. Bu u eng yoqtirmagan ishlardan biri...🍃
Shu kuni men birinchi bor tarmoqqa qaytdim. Hamma birdan meni kutib olgandek, savollar yog‘ildi: “Qaerda eding?”, “Nega yo‘qolding?”, “Yaxshimisan?” Men esa hech kimga javob bermadim. Faqat eng yaqinlarimga gapirishga jur’at topdim.🌿
Birinchisi Yoongi edi. Nihoyat unga qo‘ng‘iroq qildim. Ovozini eshitishim bilan ko‘z yoshlarim o‘z-o‘zidan oqib ketdi.
— Juri, — dedi u xavotir bilan, — sening yo‘qolib qolishingni ko‘rib, yuragim ezildi. Nima bo‘ldi, ayt, iltimos. 🍁
Men xo‘rsindim. So‘zlarim titrab chiqdi:
— U meni sevmaydi, Yoongi. Shunchaki sevmaydi… Men esa uni butun qalbim bilan sevardim. Biz tugatdik 15-may kuni..🌸😭
U jim bo‘lib qoldi. Bir necha soniyadan so‘ng shunday dedi:
— Sen buni ko‘tarasan, Juri. Hozir qanchalik og‘ir bo‘lmasin, sen baribir kuchlisan. Sen yolg‘iz emassan. Men bor, biz hammamiz bor. Hayot davom etadi...🍁🫶🏻
Shu so‘zlar menga dardimni bo‘lishish qanchalik yengillik berishini ko‘rsatdi.🍊
Keyin singillarim Taela va Yunjilga ham gapirib berdim. Ular telefonda yig‘lashdi, meni ovutishga urinishdi. “Siz eng yaxshisiga loyiqsiz”, “Bu og‘riq sizni sindira olmaydi” deyishdi. Men ularning qo‘llab-quvvatlovidan kuch oldim.🌹🌙
Iyun oyining quyoshli kunlari meni asta-sekin yana hayotga qaytardi. Men hali ham kechalari yig‘lardim, hali ham telefonimni qo‘limga olib, “U yozdimi?” deb qarab qo‘yardim. Lekin endi har safar uning xabarlarini o‘chirganimda yuragimdagi og‘riq biroz yengillashardi. Endi men tushunardimki, bu yo‘lning oxirida faqat bitta narsa bor: oldinga qarash va qadam tashlash...💫
Taeoh endi mening o‘tmishim edi. U bilan bo‘lgan hamma baxtli onlarim — xotira, qo‘limda esa faqat hozirgi dam va kelajak qolgan edi.🍃
Shunday qilib, iyun oyi menga asta-sekin tabassumni qaytarishni boshladi. Hali to‘liq emas, hali ichimdagi yaralar ochiq edi. Lekin men yashashni davom ettirishni, yuragimni qayta yig‘ishni o‘rganardim.❤️🩹