LEAFFLY π¦ | #BAHROMIDDIN π
2-qism π | Semestrning Oxiri βοΈ
"Siz tajribali bo'lsangiz kerak. Imtixonga tayyorlanishda yordam bersangiz yaxshi bo'lardi" degan stories qo'ygan edi. Bundan juda ham xursand bo'ldim va darxol uni Directiga yozdim instadan. Ammo afsuski u faqatgina obunachilari uchun yozish huquqini yoqib qo'ygan ekan. Man obunachi emas, shunchaki uni kuzatuchi edim... U menga obuna bo'lmagani uchun yozishning imkoni bo'lmadi. π¦¦
Instagram orqali bog'lanish iloji bo'lmadi. Na nomeri bor, na telegrami bor edi u qizni... Ertasi kundan imtixon boshlandi. Uni imtixoni bo'ladigan o'sha ikkinchi qavatimizni juda ko'p izladim. Ammo uni topa olmadim. Agar uni topganimda o'qishdagi ilk imtixonlaridan yaxshi natijalarni qo'lga kiritgan bo'lardi mening yordamim bilan...π
Shu bilan o'qish ham tugadi oxirgi imtixonlardan so'ng uyga qaytdim. Pusandman, uyimiz remont qilayotgan edik. Shunaqa ishlar bilan band edim. Keyin drama ko'rib ham vaqt o'tkazdim. Jozibali Sevgi nomli fanfic yozdim. Uni o'qigansiz. Haligi qizdan esa hali hanuz xabar yo'q edi. Ammo storieslar qo'ysa like bosishni kanda qilmasdim...β€οΈ
Yanvar oyi ham tugadi.
Bu safar o'qish ertaroq boshlandi negadir.
Yanvarni 27 sidan boshlandi shekilli.
Xullas o'qishga bordim.
Uni ko'rmadim avvaliga.
Lekin ba'zida karidorda, ba'zida oshxonada ko'rardim.
Negadir aftobusda kamdan-kam ko'rardim.π
Kursdoshlar bilan aylanishga borganimizda
"Yashamoq" degan kitobni sotib olgandim.
Uni 35 ta sahifasini o'qidim.
Keyin kunlarni birida instagram storieslarining biriga Telegram kanalini joylab qolsa bo'ladimi....?π
Men darrov uni telegram kanaliga qo'shildim va
uni TG da ham kuzatishni boshaldim o'sha kundan e'tiboran.
Kanali orqali guruhiga qo'shildim.
Guruhidan uni profilini topib oldim...π¦
Keyin uni kontaktimga qo'shib oldim. Endi instagramda ham, telegramda ham, kanalda ham u qo'ygan postlarga Like bosishni, reaksiya bosishni kanda qilmasdim....πββοΈ
Uchunchi kursning ikkinchi bosqichi ya'ni navbatdagi semestr ham bir maromda ketardi. Suhon, Inho, Anhyeop va Jin aka bilan vaqtimiz chog' o'tardi. Har zamonda o'rtamizga Park Jiminni ham qo'shib turardik.π
Men esa fikru hayolim o'qishda edi, undan tashqari hayolimni ba'zida bo'lib turgan qiz β Kim Chongahda ham edi. Unga na hayotda, na ijtimoiy tarmoqda gapira olardim...β£οΈ
Ammo shu gapirmasdan, jim yurishning o'zi ham yoqimli edi...π
Uni kanalini kuzatarkanman, ko'plab qiziqishlarimiz bir xilligini anglab borardim. Musiqiy didimiz ham bir-biriga juda o'xshash ekan. Shuningdek u kitob o'qishga juda qiziqishini ham bilib oldim. Bizni kitob birlashtirdi...π«