JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 9-qism 🍃
Taeoh xonasi devoriga suyanib, telefonga termulgancha biroz jim qoldi. Kutilmaganda telefoniga yangi bildirishnoma keldi. Bu safar bu oddiy xabar emas edi — 'Kim Jisoo' yozgan edi. Uzoq kutilgan, lekin endi yurakni qattiq siqadigan nom. 🌵
— Salom, Taeoh... Kechirasiz, darslardan biroz ortda qolyapman. Yordam bera olasizmi? 🫣
Taeoh bir zumda o‘ziga keldi. Ko‘zlaridagi charchoq so‘ndi, yuragi ozgina bo‘lsa-da qizigandek bo‘ldi. Javob yozdi — hech ikkilanmay. Darslar bo‘yicha unga mukammal tarzda yordam berdi. Har bir savolni batafsil tushuntirib, har bir noaniqlikni sabr bilan yoritib berdi. 💫
Jisoo har galgidek samimiy tarzda minnatdorchilik bildirdi.
— Chin dildan rahmat sizga Taeoh. Siz bo‘lmasangiz, bilmayman nima qilgan bo‘lardim... 😊
Taeoh jim o‘tirib, ekranga tikildi. So‘ng yuragining tubidagi so‘zlarni izchil satrlarga aylantirdi.
— Men har doim siz bilan bo'lishni xohlaganman, Jisoo. Sizni hamisha mana shunday qo'llab quvvatlasam deyman. Siz men uchun shunchaki tanish, kursdosh emas, do'st ham emassiz...🙂 Menimcha, siz bu so‘zlarimni tushungan bo'lsangiz kerak... Nimaga ishora qilganimni ya'ni...☺️
U yozdi. Jo‘natdi. Yana umid, yana kutish... Yana orzular bir zumga qaytib kelgandek bo‘ldi. Ammo... javob juda oddiy, juda sokin edi.
— Taeoh... bu safar ham bo'lmaydi. Kechiring meni. Bu mavzu haqida ortiq gaplashishni istamayman.🍓
So'zlar ko‘nglini ikkiga yordi. Ammo Taeoh bu safar boshqacha edi. U iztirobini ichida yutdi. Xotirjamlik bilan yozdi:
— Men sizni tushundim Jisoo. Endi butunlay tushundim. Ortiq bu mavzuda bezovta qilmayman. 🍃
Yuragida esa bir narsa qars etib sinib ketdi. Bir necha oylar davomida umid bilan boqilgan yurakdagi bir gul abadiy so‘ndi. Endi u aniq bilar edi — Jisoo bilan birga bo‘la olishi imkonsiz. 🥀
Bu og‘ir kechada Park Armin qo‘ng‘iroq qildi. Qizning ovozida taskin, yuragida esa sadoqat bor edi. Yigit qizga barchasini so'zlab berdi. Taeoh hech gap aytmasdan jim qoldi, lekin Armin har narsani tushundi...🕊
— Men yoningizdaman, Taeoh. Hammasi o‘tadi. Hayot davom etadi. Siz uni sevishni bir kun to'xtatasiz. Men bunga ishonaman. 😊
Bu so‘zlar dardini yengillatdi. Arminning borligi unga suyanishga imkon berdi.🫂
Kim Su Hon ham asta-sekin unutish yo‘lidan borayotgan edi. O‘z sevgilisi boshqa inson bilan turmush qurib ketganini eslaganida yuragi ezilar edi, lekin vaqt unga chidashni o‘rgatayotgan edi...🫀
— "Erkaklar ko‘nikadi. Har qanday og‘riqqa." — deb o‘ziga o‘zi tasalli berardi u. 🗣
Taeoh esa har kuni Armin bilan video qo‘ng‘iroqlarda suhbatlashar, endi bu suhbatlar unga osoyishtalik baxsh etardi...🌱
U Arminning har bir so‘zida samimiyatni, har bir qarashida esa ichki mehrni ko‘rardi.🌷
Bir kuni, 13-oktabr kuni, u nihoyat yuragidagi yangi yo‘lni tanlashga qaror qildi. Unga sevgi uchun taklif kiritdi yigitcha. 🫶🏻
— Armin... sen bilan boshqa bir yo‘lni boshlashni xohlayman.🫴🏻
Qiz bir zum jim qoldi. Keyin kulimsirab:
— Menga juda qadrlisiz, Taeoh. Eng qadrli insonimsiz. Siz boshlagan yo'ldan yuraveraman. U nimaga boshlasa ham...🫳🏻
Ushbu suhbatning ertasi kuni, 14-oktabrda Armin nihoyat o'z javobi va qarorini yozdi:
Shu kundan boshlab, Kim Taeoh va Park Armin o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Yillar davomida do‘stlik, birga yig‘lash va kulish, bir-birini tushunish — bularning barchasi endi yangi rang oldi.🎨
Endi ular sevishardi. Balki... faqat Armin sevardi. Chunki...
Taeoh uni sevmasdi.🍃
Yuragining eng chuqur qatlamida haligacha 'Kim Jisoo' yashardi. Ammo u - bu hislarni qabrga ko‘mishga ahd qilgandi. Arminning sevgisiga tayanishga qaror qilgandi. Armin bilan qurgan mana shu munosabati Arminning sevgisiga asoslangan edi. Kun kelib Arminni sevib qolishga umid bog'lagan edi. ✨
Armin ham o'zi aytgan gapga (Istalgan yo'lga birga boraman) amal qilardi chin dildan. "Taeoh meni sevmaydi" deb o'tirmadi. Buni Taeohdan talab qilishni ham xohlamadi. Taeohning o'sha pinxona maqsadi, pinxona umidiga Armin ham ishonardi go'yo...🤍
Taeoh "Men seni sevmasligim mumkin. Ammo sening muhabbating meni qutqaradi deb ishonaman." — deb hisoblardi.❤️
Har kuni ular munosabatlarida bir yangi qadam tashlashardi. Har kuni uch marta video qo‘ng‘iroq. Agar Taeoh bitta qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, Armin darrov araz qilardi. Taeoh esa unga qattiq qaramaslikka harakat qilsa-da, hech qachon hafa qilmaslik uchun qo‘ng‘iroqlarga javob berardi. 🎯
O‘qishdagi holatlar ham asta-sekin ijobiy tomonga o‘zgardi. Endi Jisooga qarashlar yo‘q edi. Endi Taeoh butun e’tiborini o‘qishga va Park Arminga qaratgan edi. Xattoki Jisooning kanalidan ham chiqib ketgan edi. ❄️
Ammo yurak...
Yurakdagi devorlar hali ham buzilmagan. Orqada qolgan hislar so‘nmagan, faqat yashiringan edi.❤️🩹