July 27

COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃

🔸 12-qism: "Yil" 🔸

Shu ondan boshlab bir yil juda tez, ammo mazmunli o'tdi. Har bir kun — ular uchun yangi sahifa, yangi kulgi, yangi xotiraga aylandi. Hayot har doim ideal bo‘lmasligi mumkin, lekin bu olti inson bir-birining hayotida yorug‘lik bo‘lishni tanlashgandi. 🌞

Su Hon va Yumin munosabatlari tobora mustahkamlanib borardi. Har safar ta’til kelganda, Su Hon poyezd yoki avtobusga chiqib, Pusan sari yo‘l olardi. Pek Yumin u yerlik edi, va Su Hon uchun bu endi shunchaki bir shahar emas — bu sevgining manzili edi. Har uchrashuvda ular go‘yo yana birinchi marta ko‘rishyapgandek, hayajon bilan quchoqlashishar, so‘ngra uzoq sayrlar, suv bo‘yidagi sukunatlar, va yurakdagi beg‘ubor kulgilar davom etardi. 🫶🏻

Seokjin esa har ta'tilda Daeguga qaytardi. Bu safar endi yolg‘iz emasdi. Sohee u bilan har doim birga bo'lishga intilardi. Dastlab shunchaki suhbatlar, keyin esa qiziqishlar, orzular, va maqsadlar bilan to‘lib-toshgan do‘stlik kuchli sevgi aloqasiga aylangandi. Har bir videochaqiruvi, har bir yozuvi — iliq, samimiy edi... ❤️

In Ho va Mia esa, Seulda qolishgan bo‘lsa-da, bu shahar endi ular uchun o‘zini boshqa ohangda ko‘rsatardi. Ular zalda mashq qilishar, kofe ichishar, universitet parkida vaqt o‘tkazishar — har joyda ular birga edi. Chunki sevgining eng go‘zali — sodda hayotda birga bo‘lish edi. Mia Inho uchun tinchlik, Inho esa Mia uchun quvvat bo‘lib ulgurgan edi. ❄️🛡

Multi Olam esa... hamon porlab turardi. Virtual makon, ammo chin do‘stlik manbai. Suhbatlar davom etardi. Har bir yangilik, har bir kulgu, har bir suhbat o‘sha guruhga kelib tushardi. U yerda doimiy ishtirok etayotganlar bor edi:

— Kim Taeoh — hali ham hazil va mehr bilan boshqalarga dalda beradigan odam.🍃
— Armin — har doimgidek sezgir, mehribon, do‘stona qiz.🕊
— Kim Ju Ri — muloyim, lekin kuchli qalb egasi sifatida guruhdagi o‘z o‘rnini topgan.🌸

Min Yoongi ham doim guruhda xabar qoldirib turardi. Uning so‘zlari odatda qisqa, ammo mazmunli bo‘lar edi. U uch ovlonni o'z akasidek ko‘rardi, va ular ham uni ukasi deb bilishardi. Lee Minho esa doimo yangiliklardan xabardor, hazillari bilan hamma uchun o‘ziga xos yelkadosh bo‘lib qolgan edi. 🍁🌾

Bir yil davomida ular tug‘ilgan kunlarni, bayramlarni, yakuniy imtihonlarni, bahor yomg‘irlarini va yoz quyoshlarini birga qarshi olishdi. Va eng muhimi — bu bir yil davomida yuraklar begona bo‘lmadi. Ular bir-biriga yaqinlashdi, bir-birini anglashdi.⚡️

Va bu hali hammasi emas edi.
Bu — faqat boshlanishi edi. 🍀