W I C K E D G A M E
Ushbu qismda #Juri oʻz koʻmagini ayamadi. Unga rahmat aytamiz...🌸
3-qism — AYRILISH CHEGARASIDA 💫
Ba’zan inson o‘z hislarini tan olish uchun butun umr kutadi. Ba’zan esa taqdir uni shunday vaziyatga soladiki, yuragidagi haqiqatni yashirishning iloji qolmaydi.✨
Taeoh va Chaeyoung uchun ham shunday kun kelayotgandi. Ular bir-biriga juda yaqin edilar. Ammo shu paytgacha hech biri do‘stlik ortida yashiringan tuyg‘ularni ochiq aytishga jur’at qilmagandi. ❤️
— Taeoh, bu hujjatlarni bugun tugatishimiz shartmi?🤔
Chaeyoung kompaniyaning kichik majlis xonasida stol ustiga yoyilgan qog‘ozlarga qarab xo‘rsindi. Taeoh soatiga qaradi.⌚️
— Ertaga ertalab hamkorlarga taqdim etishimiz kerak. Bugun tugatmasak, ertaga ikkovimiz ham sharmanda bo‘lamiz.😁
— Demak, meni uyga kech qaytarishga qaror qilding?😌
— Seni? Men o‘zim ham shu yerda qolaman-ku.😄
— Juda katta tasalli berding, janob Kim.😁
— Xohlasang, ishingni tugatib, ketishing mumkin.🙃
Chaeyoung ruchkasini stolga qo‘ydi-da, unga tikildi.
— Seni yolg‘iz tashlab ketaman deb o‘yladingmi?😁
Taeohning tabassumi biroz o‘zgardi. U Chaeyoungning bunday oddiy gaplarida ham o‘ziga xos mehrni his qilardi.❤️🩹
— Unda kelishdik. Birgalikda tugatamiz.😁
Ular yana ishga kirishishdi. Soatlar o‘tdi. Ofisdagi xodimlar birin-ketin uylariga ketishdi. Koridorlar jimjitlikka cho‘mdi. Faqat ularning xonasidan yorug‘lik ko‘rinib turardi.✨
Soat o‘n birga yaqinlashganda Chaeyoung nihoyat oxirgi hujjatni yopdi.💥
— Tamom! — dedi u qo‘llarini ko‘tarib. — Biz uddaladik!😍
— Endi meni uyga olib borasan.🌚
Ular narsalarini yig‘ishtirib, binodan chiqishdi. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotgan, ko‘chalar esa suvdan yaltirab turardi.😍
Taeoh mashinasini olib kelish uchun avtoturargoh tomon ketdi. Chaeyoung esa kirish eshigi oldida kutib turdi.😁
Shu payt uning telefoni jiringladi.
Qo‘ng‘iroq qilayotgan odam uning hamkasbi edi.
— Chaeyoung, ertangi taqdimot uchun kerakli fayllarning asl nusxasi senda emasmi? Biz yuborgan fayl ochilmayapti!🙇🏻♂
— Nima? Men uni bugun tekshirgan edim-ku!👀
U telefonini ko‘zdan kechirdi. Haqiqatan ham, asosiy taqdimot fayli ochilmayotgan edi. Ular butun kun ishlagan materiallar noto‘g‘ri saqlangan, zaxira nusxasi esa ofisdagi boshqa kompyuterda qolgan edi.👨🏻💻
— Hozir qaytaman, — dedi u shoshilib.🙂
Ammo orqaga burilganida, binoning avtomatik eshiklari yopilib qolganini ko‘rdi. Xavfsizlik tizimi tungi rejimga o‘tgan, kirish uchun esa ichkaridagi xodimning ruxsati kerak edi.💔
Taeoh mashinada kelib to‘xtadi.
Chaeyoung unga vaziyatni tushuntirdi. Taeoh darhol telefonini oldi.
— Xavfsizlik xizmati bilan gaplashaman. Xavotir olma.✌️🏻
Biroq qo‘riqchi ularga ichkariga kirish uchun ruxsat bera olmasligini, mas’ul xodim kelmaguncha kutishlari kerakligini aytdi.🌿
Chaeyoungning ko‘zlari namlandi.
— Hammasi barbod bo‘ldi. Ertaga katta taqdimot bor. Shuncha odamning oldida sharmanda bo‘laman.🥹
— Hech narsa barbod bo‘lgani yo‘q. Biz bugun ishlagan materiallarning nusxasi menda ham bor.🙁
Chaeyoung hayrat bilan unga qaradi.
— Ha. Lekin oxirgi o‘zgarishlar senda qolgan bo‘lishi mumkin. Ularni eslay olamiz. Hozir vahimaga tushishning foydasi yo‘q.👀
Uning ovozidagi ishonch Chaeyoungni biroz tinchlantirdi. Ammo tun endigina boshlanayotgandi.❤️
Taeoh mashinasidan noutbukni olib chiqdi. Ular binoning yonidagi yopiq ayvonga o‘tib, fayllarni qayta tiklashga kirishishdi.✨
Yomg‘ir tobora kuchayardi. Shamol ayvon ostiga suv sachratib, qog‘ozlarni namlay boshladi.🗒
— Bu yerda ishlay olmaymiz, — dedi Taeoh. — Mashinaga o‘tamiz.🍃
U noutbukni yig‘ishtirdi. Chaeyoung esa hujjatlarni ko‘tarib, uning ortidan yugurdi. Ammo mashina yoniga yetishganida, kuchli shamol Chaeyoungning qo‘lidagi papkani uchirib yubordi.🗂
U yomg‘ir ostiga yugurdi. Qog‘ozlar yo‘l bo‘ylab sochilib ketgan edi.👁👁
Taeoh uning ortidan yugurdi. Chaeyoung yo‘l chetiga uchib ketgan qog‘ozni olish uchun egilgan paytda, burilishdan kelayotgan avtomobilning faralari ko‘rindi. Haydovchi yomg‘ir sabab uni kech payqadi.🚗
Taeoh bor kuchi bilan uning qo‘lidan tortib, o‘ziga tomon olib ketdi. Avtomobil ularning yonidan juda yaqin masofada o‘tib ketdi. Chaeyoung muvozanatini yo‘qotib, Taeoh bilan birga yo‘l chetidagi nam yerga yiqildi. Endi qiz Taeohning bagʻrida edi...❤️
Bir necha soniya davomida ikkalasi ham qimirlamadi. Chaeyoungning yuragi shiddat bilan urardi. U boshini ko‘targanida, Taeoh uning ustiga engashib, yuziga xavotir bilan qarab turganini ko‘rdi.👀
— Yaxshimisan? — dedi u nafasi bo‘g‘ilib. — Biror joying og‘rimayaptimi?😲
Chaeyoung javob bera olmadi. Taeoh uning qo‘llarini, yuzini tekshirdi.
— Chaeyoung, menga javob ber!😳
Taeoh ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Keyin uni bag‘riga mahkam bosdi.🍃
Chaeyoung uning yuragi qanday tez urayotganini sezdi. Taeohning qo‘llari titrardi.🫀
— Bir soniya... Iltimos, shunchaki bir soniya shunday turaylik.🍃
U Chaeyoungni qo‘yib yuborishga qo‘rqayotgandek edi. Nihoyat, Chaeyoung uning ko‘kragiga yuzini bosdi va ko‘zlarini yumdi. U ham qo‘rqib ketgandi. Ammo uni qo‘rqitgan narsa faqat avtomobil emasdi.❤️
Taeohning o‘zini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rish, uning ko‘zlaridagi dahshatni sezish... Bular Chaeyoungga bir haqiqatni anglatdi.❤️🔥
U Taeohni oddiy do‘stidek ko‘rmasdi. U uni yo‘qotishni istamasdi. Hech qachon...👥
Ular mashinaga o‘tirishdi. Taeoh isitkichni yoqib, Chaeyoungga o‘zining quruq ustki kiyimini berdi.🫴🏻
— Kiyib ol. Sovqotib qolasan.❤️
Chaeyoung kiyimni yelkasiga tashladi. Keyin unga qaradi.
— Hozir juda qo‘rqib ketdim. Kiyiming rostdan ham isitadi. Xuddi oʻzing kabi... Juda qoʻrqdim...😊
— Sen odatda hamma narsani nazorat qila oladigandek ko‘rinasan.🫢
— Hamma narsani nazorat qila olmayman, Chaeyoung.🍃
— Hozir seni mashina urib ketishi mumkinligini ko‘rganimda... bir lahzaga hamma narsa tugagandek bo‘ldi.💔
Chaeyoung uning yuziga qaradi.
Taeoh jim qoldi. U bu savoldan qochishi, hazilga burishi yoki boshqa mavzuga o‘tishi mumkin edi. U butun umri davomida murakkab vaziyatlardan chiqish yo‘lini topishga odatlangan edi.🫶🏻
Ammo bu safar yolg‘on gapirishni istamadi.
— Chunki bu sen eding, — dedi u sekin.❤️
Chaeyoungning yuragi tezroq ura boshladi.
— Bu nimani anglatadi? Men ekanim...?👀
— Men seni yo‘qotishdan qo‘rqaman.🫶🏻
Mashina ichida sukunat cho‘kdi. Yomg‘ir tomchilari oynaga urilib, mayin tovush chiqarardi.❤️
— Bilaman, hozir buni aytishim g‘alati tuyulishi mumkin. Biz do‘stmiz. Birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazdik. Sen bilan gaplashish, kulish, hatto hech narsa qilmay yonma-yon o‘tirish ham menga yoqadi.👥
U kulimsirashga urindi, lekin ko‘zlaridagi jiddiylik yo‘qolmadi.
— Men har safar senga yozish uchun bahona izlayman. Seni ko‘rish uchun vaqt topaman. Biror yaxshi narsa yuz bersa, birinchi bo‘lib senga aytgim keladi. Yomon kunlarimda ham sen bilan gaplashishni istayman.🍃
Chaeyoung ko‘zlarini undan uzolmasdi.
— Men bularning hammasini do‘stlik deb o‘ylashga urindim, — davom etdi Taeoh. — Chunki seni yo‘qotishdan qo‘rqdim. Agar hislarimni aytsam-u, sen meni boshqacha ko‘ra boshlasang-chi? Agar oramizdagi hamma narsa o‘zgarsa-chi?❤️
— Ammo bugun seni yo‘qotishim mumkinligini ko‘rganimda, jim yurish bundan ham qo‘rqinchli ekanini tushundim.💔
Taeoh uning ko‘zlariga tikildi.
— Chaeyoung, men seni sevib qoldim. Ilk doʻstlashib, qalinlashib ketgan vaqtlarimizdan buyon seni sevaman Park Chaeyoung...❤️🔥
Chaeyoungning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Taeoh shoshilib gapini davom ettirdi:
— Sendan darhol javob kutmayman. Men shunchaki haqiqatni bilishingni istadim. Agar sen meni do‘st sifatida ko‘rsang ham...🙂
U jim bo‘ldi. Chaeyoung yuzidagi yoshlarni artdi.
— Nega doim men uchun ham qaror qabul qilasan?🥹
Taeoh hayrat bilan unga qaradi.
— Sen mendan javob kutmayman, deyapsan. Balki men ham senga nimadir aytmoqchidurman? Besh yil ichida nahotki sezmagansan?🥲
Taeohning nafasi ichiga tushib ketdi. Chaeyoung uning qo‘lini ushladi.
— Men ham seni sevaman. Taeoh.. men doim seni deganman. Hech kimga qiziqmasligimning ham sababi shunda...💔
U bu so‘zlarni aytganidan keyin ko‘zlarini yumdi. Go‘yo uzoq vaqtdan beri yuragida yashirib kelgan og‘ir yuk nihoyat yelkasidan tushgandek edi.🫶🏻
— Men ham seni yo‘qotishdan qo‘rqaman, Taeoh. Sen bilan gaplashish uchun bahona izlayman. Sening xabarlaringni kutaman. Ba’zan telefonimga qarab, menga yozdingmi, deb tekshiraman.🪻
U shu onda tabassum qildi, ko‘zlaridan esa yosh oqardi.
— Men hammasini do‘stlik deb atashga harakat qildim. Chunki sen bilan bo‘lgan munosabatimizni yo‘qotishni istamadim.🥹
— Ha, janob Kim. Men ham sizni sevib qolganman.❤️
Taeoh kuldi. Bu safar uning tabassumida avvalgi ishonchli, o‘ziga bino qo‘ygan yigit emas, chin dildan baxtli bo‘lgan insonning samimiyligi bor edi.😇
— Buni yana bir marta ayta olasanmi?😁
Chaeyoung qoshlarini ko‘tardi.
— Shunchaki eshitgim kelyapti.🫠
Chaeyoung kulib, uning qo‘lini mahkamroq ushladi.
— Men seni sevaman, Kim Taeoh.🍃
Ularning nigohlari uchrashdi. Taeoh sekin uning peshonasidan o‘pdi. Qilgan ishidan biroz qizarishga ham ulgurdi...🙈
— Men ham seni sevaman, Park Chaeyoung.🪻
Tashqarida yomg‘ir hali ham yog‘ardi. Ammo ular uchun bu tun endi qo‘rqinchli emasdi.🌧
Chunki nihoyat, ikkalasi ham yuragidagi haqiqatni tan olgandi. ❤️
Ertasi kuni Taehyung ofisga odatdagidan erta keldi. U kabinetiga kirganida, Jisoo allaqachon ish joyida o‘tirib, hujjatlarni tartibga solayotgan edi.🌹
— Xayrli tong, — dedi Taehyung.🐉
— Xayrli tong, janob Kim. Bugungi uchrashuvlaringizni tayyorlab qo‘ydim. Shuningdek, kechagi taqdimot bo‘yicha hamkorlardan javob keldi.🌺
Taehyung hujjatlarni ko‘zdan kechirdi. Jisoo haqiqatan ham barcha ishlarni puxta bajargan edi. Bir necha haftadan beri u ertalab birinchi bo‘lib kelar, kechqurun esa barcha vazifalar tugamaguncha ketmasdi.🫶🏻
— Jisoo, siz bilan bir narsani muhokama qilmoqchiman.😁
— So‘nggi haftalarda juda ko‘p ishlayapsiz. Ba’zan mendan ham ko‘proq.🌚
— Bu mening vazifam janob Kim.😊
— Bilaman. Lekin mehnatingizni qadrlash ham mening vazifam.😁
U o‘rnidan turib, kostyumini to‘g‘riladi.
— Bugun kechqurun vaqtingiz bormi?🌚
Jisoo unga hayron bo‘lib qaradi.
Jisoo bir zum jim qoldi. Taehyung kuldi.
— Xavotir olmang. Ish bo‘yicha emas. Sizni qahvaga taklif qilmoqchiman. Bu so‘nggi haftalardagi mehnatingiz uchun kichik mukofot.😁
— Ha. Yoki boshqa ichimlik xohlaysizmi?😌
— Unda kelishdik. Ishdan keyin.🌚
Taehyung eshik tomon yurdi, ammo chiqishdan oldin ortiga o‘girildi.
— Ishdan tashqari paytda meni shunchaki Taehyung deb chaqirsangiz ham bo‘ladi.👀
— Bu ham yutuq, — dedi u kulib.🌚
5. Bir chashka qahva va ikki begona qalb☕️
Kechqurun ular shaharning sokin ko‘chalaridan biridagi kichik qahvaxonada uchrashishdi. Bu joy dabdabali emasdi. Deraza yonidagi stollardan shahar chiroqlari ko‘rinib turar, ichkarida esa mayin musiqa yangrardi.✨
Taehyung Jisoo uchun stulni surib berdi.
Ular buyurtma berishdi. Bir necha daqiqadan keyin qahvalar keltirildi. Taehyung piyolasini qo‘liga oldi.🌚
— Xo‘sh, Jisoo, ish haqida gaplashmaslikka harakat qilamizmi?😌
— Bu qiyin bo‘ladi. Siz bilan gaplashadigan mavzularimning yarmi ish bilan bog‘liq.😉
— Unda qolgan yarmini bilishni istayman.😁
— Masalan, qanday inson ekaningizni. Ishdan tashqarida nimalarni yoqtirasiz? Bo‘sh vaqtingizda nima qilasiz?😄
— Kitob o‘qiyman. Ba’zan yolg‘iz sayr qilishni yoqtiraman. Shovqinli joylardan ko‘ra, tinch muhit menga ko‘proq yoqadi.😊
— Demak, bizda o‘xshashlik bor. Men ham ba’zan hamma narsadan uzoqlashib, shunchaki o‘zim bilan qolishni istayman.🌚
— Sizga qarab buni taxmin qilmagan bo‘lardim.🌝
— Siz doimo o‘zingizga ishongan, hamma narsani nazorat qiladigan insondek ko‘rinasiz.🌝
— Bugun ikkinchi marta kimdir menga shunday dedi. Taeoh ham meni nazoratni yo‘qotmaydigan inson deb hisoblaydi.😁
— Ba’zan insonlar tashqaridan qanday ko‘rinishi bilan ichida nimalarni his qilishi bir-biridan farq qiladi.😄
Jisoo uning ovozidagi o‘zgarishni payqadi.
— Sizni nimadir bezovta qilyaptimi?👀
Taehyung bir oz sukut saqladi. Jisoo bilan hali uzoq tanish bo‘lmagan bo‘lsa-da, uning savolida majburlash yo‘q edi.🫴🏻
— O‘tmishda men uchun juda muhim bo‘lgan inson bor edi, — dedi u nihoyat. — Biz birga bo‘lishimiz mumkin deb o‘ylagandim. Lekin hayot boshqa yo‘lni tanladi.😊
Jisoo uni diqqat bilan tingladi.
Taehyung darhol javob bermadi.
— Men uzoq vaqt shunday deb o‘yladim. Balki hanuz uning xotiralarini sog‘inarman. Lekin ba’zan insonning o‘zini emas, u bilan bo‘lgan davringni sog‘inishing mumkin.💔
— Menimcha, bu tabiiy. O‘tmish hayotimizning bir qismi. Uni butunlay o‘chirib tashlay olmaymiz.😄
— Siz-chi? — so‘radi Taehyung. — Hayotingizda shunday inson bo‘lganmi?🌚
Jisoo derazadan tashqariga qaradi.
— Bo‘lgan. Lekin men uchun eng muhimi, o‘tmishda nima bo‘lganidan qat’i nazar, bugun qanday yashayotganimiz.🌝
— Demak, siz kelajakka qarashni afzal ko‘rasiz.🌚
— Ha. Ammo bu o‘tmishni unutganimni anglatmaydi.🌝
— Sizni yaxshiroq tanib borayotganimdan xursandman, Jisoo.🌚
Suhbat davom etdi. Ular bolalikdagi orzulari, yoqtirgan filmlari, sayohat qilishni istagan mamlakatlari va hayotdan kutayotgan narsalari haqida gaplashishdi.🫀
Taehyung uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zini kimningdir oldida rol o‘ynashga majbur emasdek his qildi.🤴🏻
Jisoo esa uning kulgisi ortida yashiringan charchoqni, jiddiyligi ortidagi samimiyatni ko‘ra boshladi.👸🏻
Qahvalar tugadi. Ammo hech biri ketishga shoshilmadi.
— Vaqt juda tez o‘tibdi, — dedi Jisoo soatiga qarab.😄
Ular qahvaxonadan birga chiqishdi.
— Bugungi qahva uchun rahmat, — dedi Jisoo.😇
— Men rahmat aytishim kerak. So‘nggi haftalarda juda ko‘p yordam berdingiz.😄
— Unda keyingi safar qahva men tomondan.🌝
— Agar siz yana shuncha ko‘p ishlasangiz, albatta.🌝
— Unda meni ko‘proq ishlashga majbur qilyapsiz.🌚
— Bu sizning muammoingiz, Taehyung janob.🌝
Jisoo taksiga o‘tirib, unga qo‘l silkitdi. Taehyung mashinasiga tomon yurarkan, beixtiyor jilmaydi. U Jisooni hali yaxshi tanimasdi. Ammo u bilan suhbatlashish o‘ziga yoqqanini inkor eta olmasdi. Jisoo juda maftunkor edi... xuddi dengizchilarni oʻziga jalb qiluvchi parilar kabi edi...🧜🏻♀
Bu sevgi emasdi. Hali emas. Ammo ayrim tanishuvlar hayotingda yangi sahifa ochishi uchun bir piyola qahva ham yetarli bo‘lishi mumkin edi. ☕️
Jungkook otasining kabinetida o‘tirib, hujjatlarni ko‘zdan kechirardi. Stol ustida bir nechta hisobotlar, kompaniyaning kelgusi rejalari va yuristlar tayyorlagan hujjatlar yotardi.🌙
Ammo uning fikri ishda emasdi.
Eshik ochildi. Sena ichkariga kirdi.
— Sen bir oz deganingda, tonggacha shu yerda o‘tirishingni bilaman.🙂
— Bugun meni tanbeh berishga keldingmi?😏
— Yo‘q. Shunchaki... — Sena gapini tugatmay, deraza yoniga bordi.🙃
Jungkook uning yoniga yaqinlashdi. So‘nggi kunlarda u Senaning ko‘nglini tinchlantirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotgandi. Onasining xonasidagi narsalarni o‘zgartirishga shoshilmasdi. Sena istaganida onasining buyumlarini ko‘rishi uchun hammasini o‘z joyida qoldirgandi.❤️🩹
U singlisining sevimli taomlarini tayyorlatardi, muhim uchrashuvlarida unga yordam berardi va kechqurun uyga qaytganida yolg‘iz qolmasligi uchun imkon qadar erta kelishga harakat qilardi.🫀
Ba’zan Sena tun yarmida uyg‘onib ketardi. Shunday paytlarda Jungkook uning eshigi ochiq qolganini ko‘rsa, indamay bir piyola iliq choy olib kelardi.🫴🏻
U ko‘p gapirmasdi. Chunki ayrim og‘riqlarni so‘z bilan yengillashtirib bo‘lmasligini tushunardi.🫳🏻
— Bugun onamning eski suratlarini ko‘rdim, — dedi Sena sekin.😄
Jungkook uning yoniga o‘tirdi.
— Biz to‘rtovimiz tushgan suratlarni. O‘sha kuni hammamiz juda baxtli edik.❤️🩹
— Ha. Esimda. Aniqrogʻi ular baxtli edi. Bir-birlarini sevardilar...🙂
— Ba’zan ularning qaytib kelishini kutayotgandek bo‘laman. Uyga kirganimda onamni ko‘ramandek, dadamning ovozini eshitadigandek...🫀
Uning ovozi titradi. Jungkook singlisining qo‘lini ushladi.
— Men ham shunday his qilaman.🤝
— Men kuchli bo‘lishim kerakligini bilaman. Kompaniya, xodimlar, qarorlar... Hamma mendan nimadir kutyapti. Lekin ba’zan shunchaki yana onamning yonida o‘tirishni istayman.🌹
— Har doim kuchli bo‘lishing shart emas, Sena. Yig‘lagin kelsa, yig‘la. Gaplashging kelmasa, gaplashma. Men yoningdaman.☘
Ular bir muddat jim o‘tirishdi.
Keyin Jungkook sekin gap boshladi:
— Men senga ko‘p marta noto‘g‘ri munosabatda bo‘ldim. Hayotingga aralashdim. Ba’zan seni himoya qilyapman deb o‘yladim, lekin aslida o‘zing qaror qabul qilishingga imkon bermadim.🌱
— Bilaman. Sendan unutishingni so‘ramayman. Faqat bundan keyin boshqacha bo‘lishga harakat qilaman.😄
Sena uning yuziga uzoq tikildi.
— Men hozir senga va’da berolmayman. Lekin harakatlaringni ko‘raman.🙃
U singlisining qo‘lini qo‘yib yubormadi. Bu safar u Senani o‘ziga bo‘ysundirishga urinmayotgandi. U shunchaki uning yonida bo‘lishni istardi.❤️
Balki Jungkook uchun eng qiyin saboq shu edi: kimnidir yaxshi ko‘rish — uning hayotini boshqarish degani emas.❤️🔥
Ba’zan sevgan insoningga yordam berishning eng to‘g‘ri yo‘li — uning yonida jim o‘tirishdir.🙌🏻
Taeoh va Chaeyoung o‘rtasidagi munosabat o‘zgargandi. Ular endi hislarini yashirishga urinmas, ish orasida bir-birlariga xabar yozib turishardi. Hali munosabatlarini boshqalarga e’lon qilishmagan bo‘lsa-da, ikkalasi ham bu yangi bosqichdan mamnun edi.😍
O‘sha kuni Taeoh kabinetida Jimin bilan yangi loyiha haqida gaplashayotgan edi.👥
Jimin hujjatlarni yig‘ishtirib, chiqishga tayyorlandi.
— Janob Kim, bugungi ishlarimiz yakunlandi. Ertaga hamkorlar bilan uchrashuv soat o‘nda.👀
Jimin chiqib ketdi. Taeoh telefonini oldi. Chaeyoungdan yangi xabar kelgandi.
— *«Bugun kechqurun bo‘shmisan? Seni ko‘rgim kelyapti. ❤️»*
Taeoh jilmayib, javob yozmoqchi bo‘ldi. Shu payt Taehyung qo‘ng‘iroq qildi.
Taehyungning ovozi odatdagidan jiddiy edi.
— Hozir yangilik eshitdim. Jungkookning ota-onasi...😲
Taeohning qo‘li to‘xtab qoldi.
— Ular avtohalokatda vafot etishibdi.😶
Taeoh bir necha soniya jim qoldi.
— Jung Tae va Kim Mina. Ikkalasi ham...🙂
Taehyung gapini tugata olmadi.
Taeoh o‘rnidan turdi.
— Albatta, Kim Mina haqida oʻzim ham uncha bilmayman. Xodimlardan eshitdim. Menimcha ular yashirin turmush qurishgan boʻlgan. Xullas, avtohalokatda vafot etishibdi. 💔 Bir necha kun oldin. Men hozirgina aniq xabar oldim....
Taeohning yuzidan tabassum butunlay yo‘qoldi. U Jungkookni, maktabdagi yillarni, ularning birga o‘tkazgan kunlarini esladi. Ular orasida qancha ziddiyat, qancha xafagarchilik bo‘lmasin, Jungkook bir paytlar uning eng yaqin do‘sti edi.🍃
Endi esa u ota-onasidan ayrilgandi.
— Uning ahvoli qanday ekan? — deb so‘radi Taeoh.😕
U telefonni qo‘ydi-da, Jiminni chaqirdi.
— Bugungi qolgan uchrashuvlarimni boshqa kunga ko‘chiring. Men tashqariga chiqishim kerak.🫥
— Albatta, janob Kim. Biror muammo bormi?👀
— Eski do‘stim bilan bog‘liq.🙂
U paltosini olib, ofisdan chiqdi. Yo‘l davomida Jungkookka nima deyishini o‘yladi. Ular oxirgi marta uchrashganlarida munosabatlari iliq emasdi. Ammo bunday paytda eski nizolarni eslashning nima keragi bor edi?🍃
Taeoh Jungkookning uyiga yetib kelganida, tashqarida havo qorong‘ilashgan edi.
U mashinadan tushdi. Bir zum darvoza qarshisida to‘xtab, chuqur nafas oldi.🐉
So‘ng qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi.
Ichkaridan qadam tovushlari eshitildi. Darvoza ochildi. Qarshisida qora kiyimda, ko‘zlari charchoqdan qizarib ketgan Jungkook turardi....
U Taeohni ko‘rib, hayratdan qotib qoldi. Taeoh ham bir muddat gapira olmadi. Nihoyat, u sekin ovozda dedi:
— Jungkook... yaxshimisan? Men noxush xabarni eshitdim. Juda afsusdaman oshna.🙂
Jungkook unga tikilib turardi. Uning yuzida na g‘azab, na tabassum bor edi. Faqat chuqur charchoq va so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan og‘riq.❤️🩹
Taeoh bir qadam oldinga yurdi.
Ammo Jungkookning keyingi gapi uning so‘zlarini to‘xtatib qo‘ydi.