Sen Bilan Onlayn 🍁🪻
Seul menga ilk kunidayoq yangi dunyo bo‘ldi. Bu shahar men uchun faqat katta yo‘llar, baland binolar emas edi — bu yerda mustaqillik hissini yaqqol his qilardim...🍂
Darslar boshlanganida hayotimni uchga bo‘ldim: o‘qish, ish, va u. Park Chae Young...🪻
Har tong o‘quv binosiga shoshib kirardim. Kiyimlarimda doim ishning changi, kitoblarimda yurak bilan yozilgan izohlar, ko‘zlarimda esa tinimsiz orzular porlab turardi. Vaqtimning har bir soniyasi rejalangan: ertalab dars, kechqurun ish, va kechasi... Park Chae Young bilan yozishmalar. Ba’zan ovozli xabarlar. Ba’zan bir daqiqalik videolar. Gohida u bilan tuni bilan qo'ng'iroqdagi suxbatlar chulg'ab olgandi.🍄
U bilan munosabatlarimiz asta-sekinlik bilan o‘zgarardi. Oramizda aka-singildan ko‘ra boshqacha rishta tug‘ilayotganini ikimiz ham sezar edik, ammo hech kim birinchi bo'lib tuyg'ularni oshkor qilishga jur’at qilmasdi. ☘️
Bir yakshanba kuni u meni Han daryosi bo‘yiga chaqirdi. O‘shanda havo iliq edi, odamlar ko‘p, osmon esa tiniq. Biz choy olib o‘tirgancha gaplashdik. So‘ng men unga qaradim. U ham menga. Va tilimga keldiyu, to‘xtatolmadim:
— “Men seni yaxshi ko‘rib qoldim, ya'ni sevaman... Park Chae Young.” 🍁
U bir zum jim bo‘ldi. Ko‘zlari yoshlangancha jilmaydi.
— “Men ham, Min Yoongi o'ppa!!!.”🪻
O‘sha on... yuragimdagi eng iliq, eng go‘zal damlardan biri edi. So‘zsiz, sadoqatli, yurakdan chiqqan muhabbat edi bu. Oramizdagi masofa yo‘qoldi. Endi biz — BIZ edik. 🌸
Shundan keyin har yakshanba — bizning kunimiz bo‘ldi. Ba’zida parkda yuramiz, ba’zida kinoga boramiz, ba’zida esa shunchaki daraxtlar soyasida o‘tirib gaplashamiz. U so‘zlaydi — men tinglayman. Men hazil qilaman — u kuladi. Ba’zida esa, ikkovimiz jim turamiz. Va daje shu sukunatda yuraklarimiz gaplashadi.🌚
Ammo hayot faqat romantika emas. Ish og‘ir. Ba’zan kech soat uchda ham shiftga qarab yotardim, charchoqdan ko‘zlarim ochilmasdi. Ba’zan cho‘ntagimda so‘nggi tangalar qolardi. Lekin u bilan bir daqiqa o‘tganimda, charchoq yo‘qolardi. U mening dam olishim, taskinim, umidim edi.🌍
Noyabrning bir sovuq kechasida ishlaganimda shamollab qoldim. Holim og‘irlashdi. Shifoxonaga yotqizishdi. O‘sha kuni darslar ham, ish ham — hech biri yodimda emas edi. Faqat bitta xabar kelishini kutardim. Va u keldi. Park Chae Young o‘sha kechasi meni ko‘rgani keldi. Yonimda o‘tirib qo‘limni ushlab turdi. Bu eng muhim davo edi.💜
Dekabr oyining har kuni — imtihon tayyorgarligi bilan o‘tdi. Tunu kun kutubxonada edim. Uyquni unutdim. Lekin Chae Young doim biror xabar, yoki xotirjamlantiruvchi ovozli xabarlari bilan ruhimni ushlab turdi.💕
Imtihonlar tugadi. Natijalar — a’lo. O‘qituvchilar ham tahsin aytdi. Yuragim to‘lib, labimda tabassum bilan yurdim. Bu semestr mening g‘alabam edi.🌚
Va... dekabrning so‘ngi yakshanba kuni keldi.✨
Pusan tomon yo‘l olishdan avval, men uni ko‘rishga bordim. Qor yog‘ayotgan edi. U oq palto kiygan, men esa qo‘limda kichik sovg‘a. U menga qaradi, men unga. So‘zsiz quchoqlashdik. Uzoq, sokin, chin yurakdan. So‘ng sekin yuziga qo‘limni qo‘ydim. Va... lablarimiz bir-biriga tegdi...🫦 Sovuqda qizargan lablar, iliq muhabbat, yuraklarning ovozsiz qasamyodi...🫀
— “Kuzda uchrashgan yuragim, seni bahorda ham sevaman. Sen har faslimning bahorisan. Bundan shu chiqadi-ki, men seni abadiy sevaman bahorim” — dedim ketar chog‘imda.🪻
U faqat jilmaydi. Men bilan hayrlashdi. Va men ketdim. Ammo yuragimni u yerda qoldirib....🍁