July 2

JOZIBALI SEVGI...🍓 | 3-mavsum, 15-qism 🍃

“2024-yilning eng yaxshi kuni...” 🌧🌿

27-aprel kuni shinam tong boshlanganida, kursdoshlarning 10 nafari yig‘ildi. Bu kichik jamlanma kimningdir taklifi bilan kengaydi — sobiq 74-guruhdan bo‘lgan bir qiz, yana bir do‘stini olib kelgandi. U kimsan — Park Eunji edi.🌙

Uzoq vaqt o‘tmishda Taeoh bilan qandaydir bog‘liqligi bo‘lgan qiz. Hammani hayratga solgani, u bu safarga aynan Taeoh ham borishini bilib kelgandek tuyulardi. Ya'ni u Jisoo bilan Taeoh birga borishadi deb o'ylab kelgan edi. Ammo, aksincha bo'ldi. Jisooning uydagilari bu aylanishga ruxsat berishmagan edi.🍓

Ular tog‘ yon bag‘riga yo‘l olishdi. O‘sha kun — havo qulay, yuraklar xotirjam, mashina yurishi yengil edi. Yetib borguncha mashina ichida baqirib, mazza qilib qo'shiqlar kuylab ketishdi. Yetib borganlaridan so'ng: Tabiat qo‘ynida futbol, badminton, Jin aka pishirgan kabob va shodon suhbatlar ustuvor bo‘ldi. Jin aka tayyorlagan kaboblar hammani og‘izda eridi. Hamma hazil, kulgi, quvonchda edi.🥰

Eunji sayohat davomida ko‘pincha Taeohning yonida edi. Unga kabob tutib berar, suv uzatar, cola ichishni taklif qilardi. Taeoh ham bu holatdan qochmasdi. Balki u faqat e’tiborsizlik qilmaslik uchun shunday tutgandir o‘zini, lekin baribir yonma-yon yurishlar, birgalikda suratga tushishlar barchaning diqqatini tortdi. Taeoh Eunjini zerikib qolmasligi uchun bir zum ham uni yonidan ketmaslikka harakat qilardi...🍃

Ularni ko‘rganlar:
— Ular sirli juftlik bo‘lsa kerak, — deya bir-biriga pichirlashdi.
Ammo hech kim bilmasdi — ularning hikoyasiga allaqachon nuqta qo‘yilgandi. O‘tgan yili. Yig‘lay-yig‘lay aytilgan so‘nggi “xayr” bilan.❤️‍🩹

Ovqatlanib bo‘lishgach, to‘satdan yomg‘ir yog‘ib yubordi. Lekin bu hech kimning kayfiyatini buzolmadi. Qizlar musiqa qo‘yishdi. Baralla kuylash boshlandi. Sevgi, orzu va kechikkan his-tuyg‘ular haqida kuylangan har bir qo‘shiq yuraklarni quchoqlab olib, ularni ortga — xotiralarga boshlab ketgandek edi.😍

Haydovchi kech tushganda barchani navbati bilan uyiga yetkazdi. Bu kun — o‘ziga xos va xotiradan o‘chmas bo‘ldi. Taeoh telefonining galereyasida o'sha kuni bo'sh joy qolmadi. Chunki rasmlar va videolar nixoyatda ko'p edi. Instagram, Telegram profillari, hikoyalar — hammasida tog‘ yonbag‘rida tushgan rasmlar edi.🏔

— “Umrimda ilk bor ot minganim — unutilmas edi!” — deya post yozdi u.🏇🏻

Keyingi ikki kun mobaynida ko‘pchilikning oyoqlari og‘ridi. Mushaklar charchagandi. Tog‘ga chiqish, quvonchli sakrashlar, uzoq yurishlar — bularning barchasi tanada iz qoldirgandi.😁

May oyi esa sokin yurish bilan kirib keldi. Darslar nihoyasiga yetmoqda edi. Taxsirlar Jamiyatida Jisoo va Taeoh mavzusi ba’zan yana tilga olinardi.🌸

— “Agar u sizni yana rad etmasa-chi?”🌚
— “Bu safar imkoniyat boshqa bo‘lishi mumkin...”😌

Bu gaplar Taeohning ichida kichik bir umidni uyg‘otar edi. Ammo u o‘zini tek qo‘ymasdi:
— “Yigitlar, bo‘ldi! Bu haqda endi gaplashmaylik. Hammasi o‘tdi, o‘z yo‘liga ketdi.”🙂

Suhon har gal u bilan yonma-yon o‘tirib, bu mavzuda gap ketgudek bo‘lsa, darrov og‘izni burardi:
— “Bo‘ldi, boshqa mavzu, taxsirlar. Har kim o‘z yo‘lida.”🤨

Mayning oxirida o‘qishlar tugadi. Endi 30 ball to‘plash haftasi boshlangandi. Hamma darslarda yakuniy baholar qo‘yilmoqda edi. Taeoh juda intildi. Ayniqsa, ingliz tilidan.🙂‍↔️

Ammo u o‘sha uzoq video loyihasi sababli 30 ballni to‘plashga erisholmadi. 27 ball oldi. Qolgan barcha fanlardan esa u ham, Suhon ham to‘liq 30 ball qo‘lga kiritdi.🫠

Endi oldinda ulkan final — ikkinchi kurs yakuni, sessiya turardi.
Ammo... bu orada yana ichki savollar, yurakdagi noto‘g‘ri urishlar boshlandi.🫀

Taeoh bir kuni o'qishda Inho bilan suhbatda dedi:
— “Bilasanmi, men Jisooni birinchi marta hayotimda rashk qildim... Suhondan.”🫤

— “Suhondan?” — dedi Inho ajablanib.😳

So‘ng sukut. Taeoh derazadan tashqariga termuldi. Shamol o‘ynayotgan barglar qandaydir g‘amgin ohangda aylanayotgandek edi.🌿

U aytolmasdi... balki shunchaki shubha edi. Lekin bu tuyg‘u... yurakni nima uchun bunchalik qiynayotgandi?
Bu savol havoda muallaq osilib qoldi.❔

— Nega aynan Suhon? Undan nega rashk qilasan? Uni Jisoo bilan nima aloqasi bor?🍂
— Eh....🍃