May 27

JOZIBALI SEVGI...🍓 | #Bahromiddin 🍃

3-Mavsum 💖 | 5-Qism 🌾

“Kutilmagan Tuyg‘u” ❣

Yangi semestrning hidi hali butun universitet bo‘ylab yoyilmasidan, bir yangilik butun talabalar orasida ildiz otgandek tarqaldi:
"Kontrakt narxi endi 4000 dollarga koʻtarilar emish."
Bu xabarni eshitgan har bir yurakda turlicha chayqalishlar sodir bo‘ldi. Ba’zilar xavotirga tushdi, ba’zilar esa beparvo bo‘lishga harakat qildi. Ammo har bir ko‘zda — biroz g‘am, biroz noma’lumlik sezilardi...🙃

Taeoh bu yangilikni sokin qabul qildi. U endi o‘zini shunchaki his-tuyg‘ularga topshiradigan yigit emasdi. Uning ko‘ngli endi mustahkamroq, sabrliroq, ammo baribir nimadandir ehtiyotkor edi.🦋

Yangi semestr — yangi o‘qituvchilar, yangi fanlar, yangi vaqt tartibi bilan kirib keldi. Har darsda yangi yuzlar, yangi ovozlar, yangi mavzular...
Ammo Taeoh uchun bu yangiliklar hayotning oddiy oqimi edi. U shunchaki o‘z yo‘lidan borar, har bir darsni tinglar, daftarga yozar, va vaqtni qadrlar edi.✍🏻

Har kuni ertalab Suhon bilan birga uyg‘onish, birga ketish, birga qaytish — oddiy ko‘rinadigan, ammo intizomga yaqin bir odatga aylangandi. Darslardan bo‘sh paytlarida, ayniqsa dam olish kunlari, Taeoh zerikmaslik uchun o‘zini shahar ko‘chalariga urdi: konsertlar, ko‘rgazmalar, ochiq havodagi kitob yarmarkalari yokida tadbirlar... Har bir lahza, har bir qadam — uni Suhon bilan doʻstliklarini yaqinlashtirayotgandek edi...🍀

Yakshanba kuni shunday sayrlardan birida, ular kursdosh qizlari — Hurining kvartirasi oldiga borishdi. Hurining uyi ularning kvartirasiga ancha yaqin bo‘lib, Hurining mahallasida aylanib yuradigan odat chiqarishdi.🌊

Bugun ham shunday oddiy, ammo iliq bir kecha edi. So‘zlar dildan oqardi. Suhon kulardi, Taeoh esa bir necha bora yelkasini qisib, shunchaki jilmayardi. Ularni jimgina tinglab oʻtirardi Oyga termulib..🌙

Va aynan shu lahzada, Huri tilidan to‘satdan chiqib ketgan bir jumla, butun olamni to‘xtatgandek bo‘ldi:
— "Ertaga Jisoo kelar ekan..."🍓

Jisoo........✨

Bu ism tilda qanday yengil eshitilsa, yurakda shunchalik og‘ir aks sado berdi. Taeoh bir zum jim qoldi. Nafas oldi... lekin bu oddiy nafas emas edi — bu yurakdagi orzu hidi edi.
U o‘zini qanday quvonayotganini hatto tushunolmadi.🫶🏻

— "Sizlarga buni tushuntirib berolmiman, — dedi u, ko‘zlarida bolalarcha porlash bilan, — lekin juda ham xursand bo‘lib ketyapman. Uni iloji boricha tezroq ko‘rgim kelyapti... birdan sog‘ina boshladim shu ondan. Bu qanchalik to‘satdan bo‘lsa ham, shunchalik rost."🥹😁

Suhon unga bir qaradi. Huri sezdirmay jilmaydi. Bu tuyg‘ular — dard emas edi. Bu tuyg‘ular — yashirin emas edi. Bu tuyg‘ular — insoniy edi.🕊

Shu kech, ular yana bir muddat ochiq havoda sayr qilishdi. Tinchlik... yulduzlar... mashina chiroqlari... va sog‘inch bilan to‘lgan osmonda jimjit yurishdi.
So‘ngra hayrlashib, har kim o‘z uyiga qaytdi🌟.

Bu kecha — oddiy kecha emasdi.🫀

Taeoh yotishga chog‘lanayotganda ham yuragi tinchimadi. Ko‘zlarini yummoqchi bo‘ldi — lekin yuragi uyg‘oq edi.
U yostiqqa bosh qo‘yganida, endi faqat bitta nom yuragida aks sado berardi:
Jisoo................🍓

Va shu tun, u tushida ham uni ko‘rdi.
Yana shu jilmayish. Yana shu sokinlik. Yana shu ko‘zlar.
Taeohning yuragidagi eng chuqur qatlamlardan yana bir nur chiqib keldi.❤️

Sevgi emas edi bu — bu sog‘inch edi.🌤
Sog‘inch emas edi bu — bu kutish edi.🌙
Kutish emas edi bu — bu umid edi.💫

Yurak yana urmoqda.
Va bu safar — biroz boshqacharoq.💞