May 28

Sen Bilan Onlayn 🍁🪻

2-qism ❤️

"Yurak Jiz Etdi-yu!" 🌚

Yoz — bu nafaqat quyosh, muzqaymoq va dam olish degani. Mening holatimda, yoz — bu issiqda ham itdek o‘qish, oila majburiyatlari, va bir qancha charchoq ustiga charchoq chiqaruvchi ishlar degani... guldek bolalik chog'larimning hazoni desam adashmagan bo'laman. Lekin ishonaman shu hazonlar kelajakda kurtak ochib, bog'u rog'imni gullatishga hizmat qiladi.🌚
(Ahayt, shoir tabiat bo'lib qoldima o'zimni maqtashda!😂)

Eng esda qolgani — tog‘amning o'g'lini to‘yi bo‘ldi. Biz butun oilam bilan to‘yga bordik. To‘yda men... yo‘q, raqsga tushmadim. Raqs degan narsa menga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin men mikrofonni olib, kuyovga hazil gaplar bilan hujum qilganim aniq.🎯

O‘sha kuni tog‘am:
— Yoongi, sen bo‘lmasang to‘yimizni mazasi chiqmasdi! — degandi.😁

Keyin esa yozning qoq chillasida... do‘stlar bilan Aquaparkga bordik. Cho‘milish, sirpanish, suvda yugurish... ya’ni klassik yozgi energiya. Minho u yerda baliqdek suzib yurdi. Jony turli saltolar bilan suvga sakrashga urunsa, Taeoh esa har doimgidek selfilar olish bilan ovora.😂

O‘qish-chi? Ha... 24/7 davom etmoqda. Mening hayotim — darsliklar, testlar, konspektlar va yana testlar. Ba’zida kitoblarni yopib, shiftga tikilib, “Bu hammasi qachon tugaydi?” deb so‘rayman. So‘ng yana darsga qaytaman... Mazgi!😌

Iyul oyining bir kechasi edi. Issiq tun, shahar jimjit. Minho bilan aylanishga chiqdik. Shunchaki ko‘chada yurib, suhbatlashib yurardik.☄️

Biz har qanday mavzuda gaplasha olamiz. Qizlar, o‘qish, kelajak, hatto odamlar nega yurib ketayotgani haqida ham falsafa qilamiz o'zimizcha. Mahalladagi g'iybatchi xotinlar ham bizni oldimizda chikora! Minho doim "G'iybat bo'b qolmasinu" deb gap boshlasa, "G'iybat bo'b qolmasin, deb boshlangan hamma gaplar g'iybatdir do'stim" deb xitob qilib qo'yaman. U esa qotib kuladi. 😂 Minho bilan suhbat — doimo kutilmagan kulgili burilishlarga boy.😁

Ana shunday yurib yurganimizda Minhoga qo‘ng‘iroq keldi. Telefoniga qarab:
— Park Chae Young — singlim! — dedi va video qo‘ng‘iroqni qabul qildi.🍓

Ekranda oppoq yuzli, mayin tabassumli, biroz jingalak sochli bir qiz paydo bo‘ldi. U:
— Akajooon! Qaerda yuribsiz, nega Telegramga qaramayapsiz? O'lib qoldizmi? — deb kuldi.🤔

Minho:
— Hozir ko‘chadaman. Yonimda Yoongi bor - eng yaqin do'stim. Tanishtirib qo‘yaman keyin, — dedi. 🌚

Men esa chetga chiqib, ularga xalal bermaslikka harakat qilardim. Ammo bir narsa... nimadir meni telefon ekraniga qarashga majbur qildi. To‘xtadim. Va qaradim...👀

Qaradimu... yuragimni nimadir bosdi. To‘xtatdi. Soat ham, atrofdagi shovqin ham, Minhoning so‘zlari ham bir zumga to‘xtagandek bo‘ldi. Faqat u... o‘sha qiz... ekran ortida jilmayib turardi...🫠

“Kim u?” degan savol miyamni tilib o‘tdi. Uning ko‘zlari... meni so‘rardi.🫢

Qo‘ng‘iroq tugadi. U telefon ekranidan g'oyib bo'ldi. Men esa go‘yo bir lahzaga boshqa olamga tushib chiqqandek edim.
— Minho, bu qiz kim? — dedim sekin.🌚

U kuldi:
— Bu Park Chae Young. Taeohning Multiolam guruhiga yangi kelgan qiz. Sen chiqib ketganingdan keyin ikki hafta o‘tib qo‘shilgan. Judayam yaxshi qiz.🍃

Men yutindim. So‘ng savol berdim:
— Sen bu qiz bilan munosabat qurmoqchimisan?😳

Minho hayrat bilan menga qaradi:
— Menmi? Yo‘q. Bu qiz Seuldan. U yerda yashaydi. Men Pusandan hech qayoqqa ketmayman ham, boshqa joydan qiz olmayman ham. Yana aytgancha... u men uchun haqiqiy singlimga o‘xshab qolgan. Juda qalinmiz. Ajoyib aka-singil chiqyapti bizdan.🌾

Bir zum o‘ylab turdi-da, davom etdi:
— O‘zing gaplashib ko‘rmaysanmi? Zo‘r qiz. Nafaqat chiroyli, balki aqlli, xushchaqchaq, juda samimiy.🪻

Men kulimsirab, yelkamni qisdim:
— Bilmadim... boshim qotdi. Hozircha sen ko‘z-quloq bo‘lib tur, Minho. Men biroz vaqt o‘tkach bir qarorga kelarman. Hozir sevgi emas, o'qish kerak! 🍁

O‘sha tun... o‘sha video qo‘ng‘iroq... — bu oddiy holatday ko‘ringandi boshida. Lekin yuragim allaqachon nimagadir tayyorlanayotganini seza boshlagandim...🦦

(Tugadi😂 layk bosing!🌚)