July 30

COLD AS ICE ❄️ | #BAHROMIDDIN 🍃

🔸 15-qism: “Yarim yillik sukunat” 🔸

2025-yil 15-may. Bahor sekin yozga yo‘l olayotgan, daraxtlar to‘la barg, shahar ham yana jonlanayotgan chog‘ edi. Ammo ba'zi yuraklarda hali ham kuz... hali ham qish hukm surardi. Inho uchun aynan shunday fasl edi bu — yarim yil ichida hamon isib ulgurmagan, tinim bilmagan savollar va tinmagan sukunatlar bilan yashayotgan Hwang In Ho...🧊

Mia ketganiga olti oydan oshdi. Dastlabki haftalarda yuragidagi og‘riq har tongda ko‘zini ochishdan avval sezilardi. Endi esa — sekin... ammo baribir biroz og'riq bor edi. Go‘yo og‘riq qonga singib ketgandek, shunchaki tananing bir qismiga aylanib qolgan edi xolos. ☔️

U o‘sha kuni universitet kutubxonasining eng chekka burchagidagi deraza yonida joylashgan stulga o‘tirgan, telefonini ushlab, guruh chatidagi yozishmalarni kuzatib o‘tirardi. Guruhda hamma tinch va sokin hayotiga allaqachon ko‘nikkan — yangilari ham o‘zini topib ulgurgandi. Faqat u emas...❄️

Chatda esa... bugun biroz “drama” bor edi. Taeoh va Juri orasida nizo chiqqani ko‘rinib turardi. Avvaliga Jurining yozgan uzun yozuvlarini ko‘rdi Inho: *“Hatto eng kerakli paytda ham jim turganingiz uchun sizni kechirolmayman.”* So‘ngra Taeoh javob yozdi: *“Men o‘shanda nima deyishni bilmaganman. Ammo bu jimlik – befarqlik emasdi. Kechir. Men bunday bo'lishini umuman istamagan edim...”*🍃

Inho chuqur xo‘rsindi. So‘zlar tanish tuyuldi. Juda tanish. Avval Miadan eshitgan so'zlarini hozir Taeohning qo'lidan o'qiyotgandek edi. Keyin esa o‘zining javobsiz qolgan sukunatlari... Uning ko‘z oldida qanchadan-qancha “agarlar” jonlandi. 🌸

Taeoh va Juri esa yozishuvni davom ettirishmasdi. Balki gapdan gap chiqib ketgan, balki fikrlar o‘rtasida jarlik paydo bo‘lgan edi. Yoki balki... ularning “biz” deb ataluvchi tushunchalari ham tugagan edi. 💫

Inho chatga tikilib o‘tirarkan, Juri avatariga bosdi. Uning profili hali o‘sha — sochi shamolda to‘zg‘igancha orqaga qarab kulayotgan rasm. Ammo bu suratdagi Jurining ko‘zlaridagi jiloni Inho bugun chatdagi gaplardan topa olmasdi. U yuragini tutib, unga yozishga qaror qildi. 🌪

— *“Hey. Men aralashishni istamayman, lekin... hozir sening holatingni biroz bo‘lsa ham his qila olaman. Bilaman, bu vaqtlar juda qiyin. Men ham... shunchaki aytmoqchimanki, agar gaplashgining kelsa — men shu yerdaman. Yolg‘iz emassan.”* 🌨

Javob yo‘q edi. Ammo Inho o‘zini hech qachon bunchalik to‘g‘ri va to‘kis his qilmagan edi. Uning harakati, garchi oddiy va ehtimolki samarasiz bo‘lsa-da, ayni paytda Juriga kerak bo‘lgan eng katta narsa edi — ko‘ngil, tinglash, va yurak bilan berilgan dalda. 🌟

Unga hech kim “rahmat” demadi. Ammo yuragi bir zum bo‘lsa-da, yengil tortdi. Chunki endi u faqat “yo‘qotish” emas, birov uchun “suyanch” bo‘lish nima ekanini his qildi. 🪐

Shu ondan boshlab, u Juri uchun hech bo‘lmasa bitta ishonchli inson, hayotda ozgina bo‘lsa ham og‘rini kamaytiradigan mavjudlik edi. 🎋

U kutubxonadan chiqarkan, tashqarida qizg‘ish quyosh botayotgan edi. Qorong‘ilik kelardi. Ammo Inhoning yuragida endi biroz nur yo‘liqayotgandek tuyulardi...✨

🔸 Taqdirni o'zgartirgan zerikish hissi 🔸

Oradan bir necha kun o'tgach, multi olam anchadan beri sokin edi. Go'yo har bir inson o'z yo'lini topib ketgandek. Yuraklar tinch, ammo xotiralar har doimgidek notinch. Yana bir shanba tongi, havo nihoyatda tiniq edi. Quyosh hali uyqudan turgandek osmonda yalpayib turgan, lekin Kim Juri ichidagi tunli holatdan hali to‘liq chiqolmagandi. 💔

U asta multi olamga kirib, klaviaturada faqat bitta so‘zni yozdi:
"Zerikdim." 🙁

Bu so‘z nafaqat vaqtni o‘ldiruvchi holatni anglatardi, balki ichida yig‘ilib qolgan sog‘inch, yetishmovchilik va dardlarni ham qamrab olgandi. Juri bu so‘zni yozgach, chatda bir necha soniya sokinlik hukm surdi. So‘ng esa, aniqligi bilan faqat bitta ismni anglatadigan izoh chiqdi: 🌚

"Kettik." — deb yozdi Inho. ❄️

Bu javob oddiy, qisqa, ammo yurakni junbushga keltiradigan darajada samimiy edi. Juri ekran qarshisida jim bo‘lib qoldi. Ular hali hech qachon real dunyoda uchrashishmagan, faqat multi olamda yuzma-yuz, yurakma-yurak suxbatlashishgan edi. Endi esa... bu birinchi real uchrashuv edi.🌸

❀ ❀ ❀

Kim Juri ota-onasi ishga ketganidan foydalanib, asta yuragini bosib ko‘chaga chiqdi. U ko‘chaga chiqqanida, qarshisida zamonaviy ko‘ylakda, jentlmenlarga xos silliq soch turmakida bir yigit turgan edi. Juri unga qarab turdi. Bu inson haqiqatan ham *o‘sha Inho* edi, lekin u virtual hayotdagi profil rasmidagidek emasdi. Bu undan ham ko‘ra haqiqiy, jozibali va ha, *chinakam erkak* edi. ❄️

Inho mashinasi eshigini ochdi:
— Marhamat, qirolicha. 😅

Jurining lablariga tabassum yugurdi. Yuragida esa go'yo yillik dardlar yengillashganday bo‘ldi. ☺️

❀ ❀ ❀

Yo‘l davomida ular Seuldagi eng sokin kafega borishdi. Derazalari daryoga qaragan, ichida esa yumshoq musiqa yangrab turgan. Kofe hidi, daryo hidi va... suxbatning iliq hidi havoda qorishib ketgandi. 🦋

Inho Juri bilan gaplasharkan, faqat uni emas, balki qalbini ham ko‘rishga urinar edi. Jurining ko‘zlari, jilmayishi, hatto gapirayotganda lablarining harakati ham unga alohida bo‘lib tuyulardi. 💕

— Men... — dedi Juri kofesidan bir ho‘plab, — bazan sizni Taeoh deb eslayapman. Yoki unga o‘xshataman. Meni kechiring. 🥲

Inho jilmaydi.
— Bilaman. Uni qanchalik sevganingni bilaman. Shuning uchun ham seni tushunishga harakat qilaman. 😄

— Har safar sog‘insam endi sizga ishim tushib turadida aka...😊

Inho indamadi. Faqat jurat bilan uning ko‘zlariga qaradi va jilmaydi. Ular ko‘p suxbatlashishdi. Hayot, o‘tmish, multi olam, Taeoh, Mia va kelajak haqida. Juri hatto katta orzulari haqida ham gapirdi — kelajakda u ham o‘qituvchi bo‘lishni istar edi. 🌸

Inho esa unga hayrat va hurmat bilan qarar edi. Chunki Jurining go‘zalligi tashqi emas, ichki go‘zallik edi. Ammo Inho uchun Juri shunaqangi darajada go'zal va farishta kabi ko'rinardi-ki... hayolida "Uning nafaqat ichki dunyosi, balki tashqi ko'rinishi ham qirolichalar kabi ekan" dedi...❤️

❀ ❀ ❀

Kechga yaqin Inho uni uyining oldiga olib keldi.
Mashina to‘xtaganida, Juri Inhoga qaradi.
— Bugun... men ilk bor o‘zimni eshitilgan va tushunilgan his qildim. 🌸

— Chunki sen bunga loyiqsan, — dedi Inho sekin. — Juriga emas, *chinakam yurakka* e’tibor beradigan inson bo‘lishni xohlardim. Qo'ldan kelgancha senga dalda bo'lishga harakat qildim asalim. 🙂

Ular xayrlashdi. Ammo bu xayrlashuv nafaqat bir kunlik edi. Bu endi boshlanish edi. ✨

❀ ❀ ❀

Va hech kim bilmasdi, ammo aynan shu kuni multi olamda ham, real hayotda ham bir eshik ochilgan edi. Inho va Jurining yuragi... asta birlashib borayotgan edi.

Tugadi.