June 16

DIFFERENT WORLD 8 🌎

#Lin_Yui 🪷 & #Bahromiddin 🍃

Wonyoung bir muddat telefon ekranidagi toʻxtovsiz kelayotgan bildirishnomalarga tikilib qoldi.👀

Uning ichida gʻalati bir his bor edi: bir tomondan oʻzidan soʻrashmagani uchun Haorandan hali ham xafa edi; ikkinchi tomondan esa yillar davomida faqat oʻzi va dugonasi bilgan oʻsha qadrdon satrlarini endi minglab odamlar oʻqib unga qoyil qolishayotgandi. 💭

Bu tuygʻu unga butunlay begona edi. ​Haoran qizning yuzidagi oʻzgarishlarni kuzatib sekin unga yaqinlashdi. Uning ovozi endi boyagidek hazilkash emas ancha jiddiy va samimiy edi...🗣

​Haoran : — xoʻsh nima deysan yozuvchi qiz? oʻchirib tashlaymi? agar rostdan ham buni xohlamasang hozirning oʻzidayoq hammasini yoʻq qilaman...😌

​Wonyoung chuqur nafas oldi va Haoranga qaradi yigitning koʻzlarida haqiqatdan ham pushaymonlik bor edi u oʻzini bir oz bosib oldi...🧚🏻‍♀

​Wonyoung : — oʻchirganing bilan foydasi bormikan? Allaqachon hamma joyga tarqalib boʻlibdi-ku. Odamlar skrinshot qilib ulgurishgandir ham keyin... ular davomini kutyapti chindan ham hikoyam ularga shunchalik yoqdimi...?🫢

​Haoran qizning javobidan yengil tin oldi va yuzida yana oʻsha tanish yorqin tabassumi paydo boʻldi...😻

​Haoran :Yoqqanda qandoq, sening bu sirli va qorongʻu olaming odamlarni oʻziga butunlay rom qilib qoʻydi. Hozir hamma keyingi bobda nima boʻlishini bilishni xohlayapti. Agar sen ruxsat bersang va davomini yozsang men buni yana ham yuqori darajaga olib chiqishga yordam beraman...🫠

​Wonyoung biroz oʻylanib qoldi u balkonga qarab koʻzlarini yumdi miyasida SaRang va Youngning yangi sarguzashtlari aylana boshladi u baribir yozishdan toʻxtay olmasligini bilardi va bu safar oʻz isteʼdodini butun dunyoga koʻrsatish imkoniyati borligini his qildi....🙂‍↔️

​Wonyoung : mayli oʻchirma baribir yozayotgan edim lekin senga bitta shartim bor bundan keyin mendan soʻramay bitta ham harfni internetga joylamaysan tushundingmi🙃

​Haoran xuddi harbiydek qoʻlini peshonasiga qoʻyib jilmaydi🫡

​Haoran : Xoʻp boʻladi kapitan kelishdik unda darsingni tugatib chiqishing bilan men seni oʻsha pianino yonida kutaman chunki yangi bob uchun yangi ohanglar kerak...🫠

​Wonyoung sekin uning uyidan chiqib oʻz xonasiga kirdi yuragi haligacha hayajondan tez urayotgandi u stoliga oʻtirib daftarini ochdi oʻquvchilar uning qahramonlarini kutyotgan edi u ruchkasini oldi va yangi satrlarni yozishga kirishdi...✍🏻

Wonyoung stoliga oʻtirib daftarini ochdi. Oʻquvchilar uning qahramonlarini kutyotgan edi u ruchkasini oldi va yangi satrlarni yozishga kirishdi...✍🏻

SARANG
SaRang va Mira universitet darvozasi oldida turishardi. Darslar tugagan hamma talabalar uy-uyiga tarqalayotgan edi. Ikki dugona ham sumkalarini yelkasiga tashlab piyoda ketishga tayyorlanishdi...
Shu payt ularning qarshisida bir hashamatli qora mashina kelib toʻxtadi. Mashinadan oʻsha koʻplab mashhur modellar bilan ishlaydigan katta dizayner Kang Nara xonim tushib keldi u toʻgʻri qizlarning yoniga yurdi.
Nara : hoy qizlar
Mira va SaRang ortiga qarashdi.
Mira : bizni chaqiryapsizmi xonim?
Nara : ha sizlarni shu yerda SaRang degan qizn bilmaysizlarmi?
Mira : Chxve SaRangni aytayapsizmi xonim?
Nara : ha oʻsha qizni...
Mira : mana siz izlayotgan qiz. Qarshingizda.
SaRang Mirani turtib qoʻydi nima boʻlayotganini tushunmay hayron boʻlib turardi.
SaRang : salom xonim. men oʻsha qiz sizga biror yordamim kerakmi sizni tanimadimm?
Nara xonim chiroyli tabassum qildi va SaRangga boshdan-oyoq razm soldi.
Nara : ha albatta meni tanimasligingiz aniq. men koʻp ijtimoiy tarmoqqa chiqmayman men Kang Nara katta dizaynerlardan biriman. Men seni shunchaki izlab kelganim yoʻq universitet maʼmuriyatidan sening ijodiy ishlaringni chizmalaringni koʻrib qoldim va sening iqtidoringga qoyil qoldim. Men seni oʻz shogirdligimga taklif qilmoqchiman jamoamga qoʻshilishingni xohlayman dugonang Mirani ham birga olaman nima deysan...?
SaRang qoʻli bilan ogʻzini yopib oldi u orzu qilar edi bunday tasodiflarni ichida hayajon toʻlqin urardi.
SaRang : tanishganimdan xursandman xonim taklifingiz uchun katta rahmat jon deb rozi boʻlaman...
Ular shu yerning oʻzida suhbatlashib hamma narsani kelishib olishdi. SaRang shunchalik xursand edi hayoti bitta tasodif orqali orzulari amalga oshayotganidan koʻzlari quvonchdan porlardi...
Oradan uch kun oʻtdi ikki dugona Mira va SaRang Nara xonimning dizaynerlari orasiga qoʻshilishdi. U yerda ikkalasi hamma bilan yaxshi kelishib ketdi. SaRangning ishlari Nara xonimga juda yoqdi.
Bir kuni hamma shogirdlar kulishib nonushta qilayotganda eshik taqilladi. Bir bola kirib keldi. Bu oʻsha Young edi. u baland ovozda gapirib Nara xonimning yoniga bordi va quchoqlab oldi shu payt SaRang ham oʻzi uchun kofe olib kelayotgan edi kirdi va Young Nara xonimni quchoqlab turganini koʻrdi.... qoʻlidagi kofe yerga toʻkilib ketdi Nara xonim va Young unga qarashib qoldi
SaRang : Young siz nima qilyapsiz?
Young : onamni koʻrgani keldim
SaRang shokda qoldi.
SaRang : nima oyingiz qaysi kim?
Nara : oyisi menman
SaRang hech nima deya olmay qoldi...
*
Wonyoung hikoyaning shu joyiga kelganda chuqur nafas oldi va ruchkasini stolga qoʻydi...🫳🏻

Uning yuzida ham beixtiyor mayin bir tabassum paydo boʻlgandi u daftarni yopib yana balkonga chiqdi va qoʻshni balkonga qarab qoʻydi.👀

Endi uning hayoti ham xuddi SaRangniki kabi butunlay oʻzgarib ketishini u ich-ichidan his qilib turardi...🙈