Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvlar muntazam ravishda o'tkazilib borilmoqda...
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-yanvardagi 6-um son «Adliya organlari va muassasalari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi buyrug‘i 3-ilovaga asosan yoshlar ongida qonunga hurmatni shakllantirish ruhida tarbiyalash, jamiyatda rolini yoshlarda oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik, shakllantirish maqsadida yoshlarning muzey, uy muzeylari, tarixiy obidalar, harbiy qismlarga tashriflarni tashkil etish bo‘yicha tadbirlar otkazish belgilangan.
Shuningdek,mazkur buyruqqa asosan “Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil davomida yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning KALENDAR REJASI” tasdiqlangan.
Buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida kalendar-rejaning 5-bandiga asosan “Moziyga sayohat” dasturi doirasida Paxtaobod tumanida joylashgan "Ma'rifat" hamda "Guliston-pastqishloq" MFY hududlaridagi 45,6,7,8-maktablar hamda 51-DIMI yuqori sinf o'quvchi yoshlarni jalb qilgan holda Andijon shaxrida joylashgan "O'lkashunoslik" muzeyiga sayohat tashkil etildi.
Muzeyning mas’ul xodimlari tomonidan ushbu maskan haqida batafsil tushuntirishlar va yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.