March 7, 2022
Xotin-qizlarning huquqlari va ularga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hodimlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularga huquqiy tushuntirish berish, ularga berilayotgan kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan Paxtaobod tuman obodonlashtirish boshqarmasida seminar o‘tkazildi.
Seminarda “Xotin-qizlar huquqlari bo'yisha dolzarb ikki oy” tadbiri yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga asosan xotin-qizlarning huquqlari, ularga berilgan huquq va imtiyozlar va kafolatlar hamda xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha qonunchilikdagi yangiliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Resmpublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida”gi Farmonida ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish; “Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaror mazmun-mohiyati; “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`rovonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.