Paxtaobod tumanidagi davlat ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinika hodimlari ishtirokida seminar o'tkazildi.
Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi.
Joriy yilning 29-aprel kuni Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinika hodimlari ishtirokida seminar o'tkazildi.
Seminarda tumanidagi davlat ko'p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinika mas'ul hodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-173-son qarori mazmun-mohiyati hamda unda nazarda tutilgan maqsad va vazifalar tushuntirildi.
Xususan, Adliya vazirligining 2022- yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanib,yangi qo'shilayotgan davlat organlari va tashkilotlari haqida keng qamrovli tushunchalar berildi.
Shuningdek, “E-huquqshunos” elektron dasturiga ulanish yuzasidan “Unicon-soft” MCHJ bilan shartnoma tuzish tartibi hamda “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi.