March 2, 2022
“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari amalda...
“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joriy yilning 2-mart kuni tuman Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi xodimlari ishtirokida xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha seminar-trening o'tkazildi.
Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida "Umummilliy imtihon" o‘tkazilishi haqida hamda uning o'tkazilish shartlari haqida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga: "Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularga berilayotgan kafolat hamda imtiyozlar" ; "Yolg‘iz onalarga belgilangan imtiyozlar"; "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilish to‘g‘risida" , “Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta'minotsiz ajratish to‘g‘risida”gi qarorlar mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Хodimlarga bugungi kunda yangi qabul qilingan qaror va qonunlar xususida atroflicha tushunchalar berildi shuningdek tashkilot faoliyatida yuzaga kelayotgan huquqiy muammolar bo‘yicha mehnat qonunchiligi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun, davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion xolatlar uchun javobgarlik yuzasidan yangi qabul qilingan normativ huquqiy xujjatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.