June 22, 2022

Paxtaobod tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Xalq ta'limi bo'limi xodimlariga huquqiy maslahat kurslari tashkil etildi...

Paxtaobod tuman Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi.

Joriy yilning 22-iyun kuni Paxtaobod tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan, Xalq ta'limi bo'limi hodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslari tashkil qilindi.

Paxtaobod tuman Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi.

Tadbir davomida hodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,mehnat qonunchiligi normalari, majburiy mehnat uchun javobgarlik, hodimning mehnat huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchining majburiyatlari, ish vaqti va dam olish vaqti, ta'tillar, qo'shimcha kafolat va imtiyozlar, korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya uchun javobgarlik hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning maznun-mohiyati haqida ma'lumotlar berildi.

Paxtaobod tuman Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga “2022 — 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-sonli Qaror maznun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Paxtaobod tuman Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi.