January 18, 2022

Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirokida o‘quv seminar-mashg‘uloti o‘tkazildi.

Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  tomonidan 2021-yilda “E-huquqshunos” dasturi orqali yuridik xizmat ko‘rsatiluvchi tashkilotlar tomonidan yuborilayotgan yuridik tusdagi hujjatlar loyihalari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur hujjatlarni ishlab chiqishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi maʼlum bo‘ldi. Markaz tomonidan kamchiliklarni bartaraf qilish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yuridik xizmat ko‘ratiluvchi tashkilotlarning masʼul shaxslari ishtirokida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Mashg‘ulot davomida markaz xodimlari tomonidan yuridik tusdagi hujjatlarga qo‘yilgan talablar, mehnat munosabatlariga oid hujjatlarni ishlab chiqish va rasmiylashtirish tartiblari tushuntirildi.

Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Shu bilan birga, shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatida yagona amaliyotni joriy etish va loyihalar bir-xilligini ta'minlashga oid taklif va tavsiyalar seminar qatnashchilariga  batafsil tushuntirildi.

Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.

Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

O‘quv-seminar mashg‘uloti yakuniga ko‘ra, 2022-yil davomida har bir tashkilot masʼul xodimlariga yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik uchun yuridik tusdagi hujjatlar loyihalarini rasmiylashtirishda tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari ko‘rsatib o‘tildi.

Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.