July 20, 2022
Konstitutsiyamizga oid isloxotlar radiouzel orqali o'qib eshittirildi.
Paxtaobod tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari tomonidan 2022-yilning 20-iyul kuni Paxtaobod tuman dehqon bozorining radiouzelida "Konstitutsiya islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish bo‘yicha" radio eshittirish amalga oshirildi.
Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘rsida”gi qonuni, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida amalga oshirilayotgan isloxotlar,yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat o'rganlari bilan o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar inson foydasiga talqin qilinishligi va yangilanayotgan Konstitutsiyada “Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi” ekanligi fuqorolarimizga yaratilayotgan bir qator qulayliklar haqida o'qib eshittirildi.
Shu bilan birga Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar referendumda ovoz berish yo'li bilan qabul qilinishi ,referendum fuqarolarning o‘z xohish-irodasini umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildirishi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi etkazildi.
Paxtaobod tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi.