April 28, 2022
Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud...
Paxtaobod tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi.
Joriy yilning 27-aprel kuni Paxtaobod tuman 1-sonli umumta'lim maktabida tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan "Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud" mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilariga yuridik xizmat ko'rsatish markazi mas'ul xodimlari tomonidan chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininig 154-1-moddasiga ko'ra, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi atroflicha tushuntirildi.