February 23, 2022

Paxtaobod tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlariga "Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” mavzusida seminar o'tkazildi.

Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan 2022-yil 3-fevral kuni «Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy» tadbiri munosabati bilan Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joriy yilning 23-fevral kuni tuman Tibbiyot birlashmasida xotin-qizlarning huquqiy savodhonligini va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan umummilliy imtihon bo‘yicha o‘quv seminari tashkil qilindi.

Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi

Targ‘ibot tadbiri jarayonida xodimlarga: xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkazilishi va mazkur tadbir shartlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularga berilayotgan kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan, ma’lumotlar taqdim etildi.

Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi
Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi

Tadbir davomida seminar qatnashchilariga oilada ayollar va bolalar huquqlari mavzularida tushuntirishlar berilib, ayollarning huquq va imtiyozlari to‘g’risidagi flaerlar tarqatildi.

Paxtaobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi