"Soyalar ichidagi malika" 2 qism
Yn hayratdan qotib qoldi. Erkakning so‘zlari uning ongida chaqmoqdek chaqirdi.
— Sen mening qizimsan… — dedi u yana.
Lekin bu qanday bo‘lishi mumkin? Yn butun bolaligini yetimxonada o‘tkazgan, hech qachon oilasi bo‘lmagan. Agar bu odam uning otasi bo‘lsa, nega uni tashlab ketgan?
— Agar sen mening otam bo‘lsang, nega meni yetimxonada tashlab ketding?
Erkak chuqur nafas oldi, ko‘zlarida og‘riq sezildi.
— Bu mening tanlovim emas edi, qizim… Bu seni himoya qilish uchun qilingan edi.
— Meni himoya qilish uchun?! Sen meni yolg‘izlikka tashlading!
— Meni tingla! — Erkakning ovozi jiddiylashdi. — James va men eng yaqin do‘stlar edik. Mafiyada ko‘plab dushmanlarimiz bor edi. Sen tug‘ilganingda, biz allaqachon urush ichida edik. Men seni oilaviy hayotdan mahrum qilishni xohlamadim, lekin seni men bilan qolsang, yo‘q qilinishing aniq edi. James seni yashirish uchun seni o‘z qizi sifatida yetimxonaga joylashtirdi…
— Demak, sen meni tark etib, otalig‘imni boshqa odamga topshirding?
— Bu faqat vaqtinchalik bo‘lishi kerak edi… Ammo James o‘ldirildi, va men seni qaytarib olishning iloji bo‘lmadi. Agar seni olib ketganimda, sen ham uning qismatini takrorlashing mumkin edi.
Yn ichida kurashardi. G‘azab, xafagarchilik va hayrat… Hamma narsa aralashib ketgandi.
— Endi-chi? Endi meni nima kutmoqda?
— Sen mafiyaning qonidan tug‘ilgansan. Endi o‘zing hal qilasan—yo taqdiringni qabul qilasan, yo o‘zing uchun kurashasan.
Xona ichida og‘ir jimlik cho‘kdi. Yn hayoti bo‘ylab ilk bor kimligini o‘zi tanlashi kerak edi
Yn chuqur nafas oldi. Ichidagi g‘azabni yashirishga harakat qilarkan, qarshisida turgan erkakka tik boqdi.
— Men sizga ishonishim kerak ekan, to‘g‘rimi? — dedi u past, lekin keskin ovozda.
— Men sening otangman, — dedi erkak. — Ishonishing kerak emas, faqat haqiqatni tushun. Sen bu olamga tasodifan tushib qolmagansan, qizim. Sen otangning izidan borishing kerak.
Yn o‘zini xotirjam ko‘rsatishga harakat qildi. Ich-ichidan portlashga tayyor vulqondek his qilayotgan bo‘lsa ham, hozir sabr qilish kerakligini tushundi. Agar darrov qasos olishga shoshilsa, yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
— Yaxshi, — dedi u sovuqqina. — Agar bu mening taqdirim bo‘lsa, men uni qabul qilaman. Lekin avval kuchli bo‘lishim kerak. Mafiya olami qoidalariga o‘rganishim kerak.
Qora Burgut ma’qullab bosh irg‘adi.
— Dono qaror qabul qilding. Kuchli bo‘lish uchun vaqt kerak, sabr kerak. Lekin unutmang, bu yo‘lda yurak tosh bo‘lishi kerak.
— Men allaqachon yuragimni yo‘qotganman.
Yn endi oddiy yetim qiz emas edi. U jang san’atlarini o‘rgandi, qurollarni qanday ishlatishni, mafiyaning ichki qonun-qoidalarini tushundi. U o‘z otasi bilan mafiyaning ichida ishlayotgan edi. Ammo bu vaqt ichida yuragidagi qasos olovini hech kim sezmasdi.
Kecha u ilk vazifasini bajardi—dushmanning bir qancha odamlari yo‘q qilindi. Ammo Yn uchun bu shunchaki mashg‘ulot edi. Uning asosiy nishoni hali oldinda edi.
Uning otasini sotgan, Jamesni o‘ldirgan odam—Qora Burgut.
Yn hozircha sabr qilardi. Lekin bir kun kelib, u haqiqiy hukm chiqaradi...